«Bobur va Humoyun (Pirimqul Qodirov)» mavzusida ochiq dars ishlanma to’liq malumot oling
Mavzu: Bobur va Humoyun (Pirimqul Qodirov)
Darsning maqsadi:
Ta`limiy maqsad: «Bobur va Humoyun» hikoyasi bilan tanishtirish, ravon va ifodali o`qishga, matn ustida ishlashga o`rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarni ijodiy fikrlash qobiliyatlarini, bog`lanishli nutqini rivojlantirish.
Darsning uslubi: savol-javob, tushuntirish, ko’rsatmalilik, muammoli vaziyatlar hosil qilish,.
Darsning jihozi: darslik, ko’rgazma, tarqatma materiallar, sahna, testlar, boshqotirmalar, rasmlar. slaydlar.
Darsning borishi.
№ |
Darsning bosqichi |
Vaqti |
1 |
Tashkiliy qism. |
2 daqiqa |
2 |
O`tgan mavzuni mustahkamlash. |
14 daqiqa |
3 |
Yangi mavzuni bayoni |
18 daqiqa |
4 |
Yangi mavzuni mustahkamlash. |
8 daqiqa |
5 |
Dars yakuni |
3 daqiqa |
Tashkiliy davr:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O’quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning «Oltin qoida»larini eslatib o’tish.
Intizom. 2. Ahillik. 3. O’zaro hurmat.
Faollik. 5. Aniqlik. 6. «0’ng qo’l» qoidasi.
Bolalar biz qanday davlatda yashaymiz?
Mustaqil O`zbеkistonda.
O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti kim?
Sh. M. Mirziyoyev.
O`zbеkiston qachon mustaqil bo`lgan?
1991 yil 31 avgustda mustaqil dеb e’lon qilingan.
Bu yil qanday yil dеb e’lon qilingan?
Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
Vatan nima?
Vatan bu biz tug`ilib o`sgan joy, makondir.
Sizning Vataningiz qayеr?
O`zbеkiston.
Bolalar darsimiz – o`qish.
Shiorimiz: A’lo o`qish – bizning burchimiz.
Maqsadimiz: Vatanga loyiq farzand bo`lish.
-O’qituvchi: Aziz bolajonlar, biz I.A.Karimovning «Yuksak maniaviyat — yengilmas kuch» asari bilan tanishib kelmoqdamiz. Biz odatda maniaviyat haqida uning ma`no-mazmunini, hayotimizdagi o`rni va ahamiyati haqida ko’p gapiramiz. Lekin negadir aksariyat hollarda ko’pchilik «Maniaviyat o’zi nima?», degan savolga aniq va lo’nda javob berishga qiynaladi.
Hozir sizlar bilan birgalikda « Sirli raqamlar o`yinini» o`ynaymiz. Buning uchun sizlarni 3 ta guruhga ajrataman va sizlarni bahor gullari bo`lmish «Boychechak», «Binafsha», «Lolaqizg`aldoq» nomlari bilan atayman. Har bir guruhga raqamlar aytaman. Siz bu raqamlarni biz uchun qanday tarixiy ahamiyatga ega ekanligini aytib berasiz.
Otilgan mavzuni so`rash
Hamkorlikda hikoya qilish mashqidan foydalanish orqali so`raladi.
Buning uchun o`quvchilar belgilangan qismgacha hikoyani ifodali o`qib , og`zaki bayon qiladilar.
Tez top o`yini o`tkaziladi (Savollar o`tilgan mavzu yuzasidan bo`lib « Hikmat» daraxtiga ilib qo`yiladi.
1.Ota-onani hurmatlash haqida qaysi asarda yozilgan ? ( Qobusnomada )
«Qobusnoma» asarining muallifi kim? ( Kaykovus)
«Qobusnoma» qaysi asrda yozilgan? (11-asrda )
4.Bir kishi Rasulullohdan — Men yaxshiligimni kimga qilsam bo`ladi ? deb 4-bor so`raganlarida Rasululloh qanday javob qildilar? ( otangga va boshqa yaqin bo`lgan qarindoshlaringga deb javob qildilar.)
5.Maqolni davom ettiring. Jannat onalar … (oyog`i ostidadir.)
6.To`maris kim? (Massagetlar malikasi va fors podshohi.)
Boshqa ota – ona qaramog`iga farzandlikka olib tarbiya qilish ( Asrandi )
Farzandning ota-ona onalari oldidagi burchlari qaysi qonunda ko`rsatilgan (O`z. Res.kons. 64-modda )
Boychechak guruhi ota-onalar haqida hikmatli so`zlar va maqollar aytadilar.
Davomini top o`yini Binafsha guruhiga tarqatmalar tarqatiladi.
Ota – onang …( Davlating)
Ota –bola bir … (bog`)
Biri — … (gul ), biri – Bog`bon
3.Bola aziz, odobi undan … (aziz)
Otalar so`zi, aqlning … ( ko`zi.)
Ota rozi, xudo rozi.
Osmondagi oftobday …..
Tarmoqlash texnologiyasi lolaqizg`aldoq guruhiga topshiriladi.
1.Oqituvchi: -Ekranda nimani ko`ryapsiz?
O`quvchilar: -O’zbekiston xaritaisni.
O`qituvchi: Mana shu go`zal, jannat makon o`lka O`zbekiston.
Agar jannat ko`kda bo`lsa,ostidadir O`zbekiston.
Agar jannat yerda bo`lsa, ustidadir O`zbekiston.
-Biz kimmiz? O`quvchilar: -Buyuk yurt farzandlarimiz.
-Yurtimizni buyukligi qayerda ko`rinadi? O`quvchi: -Ushbu yurtda tug`ilgan buyuk avlodlarlarimizda ko`rinadi. (Ekranda rasmlar namoyish qilinadi )
O`qituvchi: -Avlodlarimizdan kimlarni bilasiz? -Muso al Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur, Mirzo Ulug`bek, Zahiriddin Muhammad Bobur.
— Suhbatimizni ana shu oxirda keltirgan siymo , qalam va qilich sohibi, Yevropada «Baber», aslida «Bobur» ya`ni («Yo`lbars ) nomi bilan tarixga kirgan , Amir Temur naslining to`rtinchi avlodi, aniqroq qilib aytganda Amir Temur bobomiz o`g`li Mironshohning chevarasi bo`lmish Andijon hukmdori Umar Shayxning o`g`li shoh Zahiriddin Muhammad Bobur haqida fikr yuritamiz.
Bobur bobosi Amir Temur kabi buyuk saltanat bunyod etdi. Bobur tufayli Hindistonda 300 yil hukmronlik qilgan sulola tomirlarida ulug` amir qoni gupurib turardi.Buyuk boburiylardan ko`pchiligi ajoyib hukmdorlar bo`lib tarixga kirdilar.Masalan Boburning nabirasi Buyuk Akbar saltanat sarhadlarini ancha kengaytirishga muvaffaq bo`ldi. Boburning evarasi bo`lmish Shoh Jahon yer yuzidagi barcha mamlakatlar va zamonlar odamlariga tuhfa bo`lgan – sevikli rafiqasi xotirasiga oppoq marmardan bunyod etilgan hashamatli maqbara –Toj Mahalni hadya etdi. (Dunyoning yetti mo`jizasi ekranda namoyish qilinadi.) Buyuk boburiylar ya`ni temuriylar san`at va adabiyotni sevar,o`zlari ham yaxshigina ijod qilishar edi.Bunga misol tariqasida Boburning o`lmas asari «Boburnoma» asaridir. ( Ekranda namoyish etiladi.) O`zbek adabiyoti namoyondalaridan Pirimqul Qodirov qalamiga mansub bo`lgan «Yulduzli Tunlar» romani hamda ushbu roman davomi «Avlodlar dovoni» (Ekranda namoyish qilinadi.) Bobur va uning o`g`li Humoyun haqidadir. Darslikning 163-164-sahifalarida romandan parcha keltirilgan
Yangi mavzuni o`tish
Bugungi mavzu « Bobur va Humoyun» deb ataladi.O`tiladigan mavzudan siz shoh Bobur Mirzoning qanday go`zal insoniy fazilat egasi ekanligini bilib olasiz.
Bobur va Humoyn
Bobur dovyurak, epchil ,kuchli,o`ta idrokli inson bo`lgan.U ona yurti Andijonni, oilasini qadrlagan, farzandlarini sevgan.Farzandi uchun o`z jonini berishga tayyor turgan otadir.
Bir kuni Humoyun betob bo`lib qoldi.U tuni bo`yi alahlab behush yotdi.
Saroy tabiblari bu og`ir dardga hech bir davo topolmadilar.Humoyunning onasi Mohimbegim yum-yum yig`laydi. Bobur o`rtanadi. Og`ir paytlarda Boburdan yordam olishga o`rgangan odamlar hozir ham biron chora topishni undan kutadilar. Lekin Boburning o`zi ham chorasizlikdan qiynalardi. Bobur o`ziga umid bilan qarab turgan odamlarning orasidan o`tib, Humoyunning to`shagi yoniga keldi.
–Humoyun, jigarbandim. Sening shu ogir dardingni xudo sendan olib menga bersin… Gulbadanbegimning yozishicha, o`sha kuniyoq Humoyunning ahvoli yaxshilana boshlabdi. Boburning esa mazasi qochib, yotib qolibdi.
Lug`at ishi: Humoyun – Hukmdor- Alahlab-
Evara- Chevara- Betob-
1.Savol – javob o`yini.
Test savollar
1.Bobur va Humoyun hikoyasi muallifi kim?
Habib Rahmat b) Safo Ochil d) Pirimqul Qodirov
2.Boburning ona yurtini aniqlang.
a) Samarqand b) Afg`oniston d) Andijon
3.Boburning qaysi farzandi betob bo`lib qoldi?
a) Akbarshoh b) Humoyun d) Mohimbegim
4.Boburning otasi berilgan qatorni ko`rsating.
a) Umar Shayx b) Mironshoh d) Shohjahon
Boburiylar tomonidan Hindistonda qaysi maqbara bunyod etilgan?
a) Registon b) Shohi Zinda c) Toj Mahal
Boburiylar Hindistonda necha yil hukmdorlik qilganlar?
a)500 yil b)200 yil d) 300 yil
O`qituvchi — Biz kimmiz? O`quvchilar — Buyuk yurt farzandlarimiz.
Yurtimiz buyukligi qayerda ko`rinadi? – ushbu yurtda asrlar osha moziydan darak beruvchi obidalardan (Ekranda tarixiy obidalar namoyish qilinadi.)
Dam olish daqiqasi. Tez aytishlar mehnat haqida
1.Daraxt yaprog`i bilan ko`rkam,… (odam mehnati bilan)
Halol mehnat – yaxshi odat … ( Berur senga saodat )
Daryo suvini bahor toshirar ,… (Odam qadrini mehnat oshirar)
O`yla izla top
Quyidagi tariflar qaysi faslga tegishli?
Dov –daraxtlar mizg`igan, Daraxt bargi tilla rang
Izg`irin yel izg`igan Mevalardan tomar bol
Ko`chalar yaraqlaydi Dalalarga bir qarang
Yulduzlar charaqlaydi Oq gullardan chamanzor
Tong nurida cho`milib,
Kulib chiqar boychechak
Olqishlarga ko`milib.
«Boshqotirma» O`quvchilar ushbu rasmlardagi kasb egalarini topadilar .Boshqotirmadagi kalit so`zini aniqlaydilar. ( Sahna ) so`zi kelib chiqadi.
Rassom
Sartarosh
Muhandis
Bog`bon
Duradgor
«Yosh aktyor» o`yini o`quvchilar tomonidan ijro etiladi.
O`qituvchi: Hozir siz-u biz texnika taraqqiyoti davrida yashayapmiz.Kompyutersiz taraqqiyotimizni tasavvur qila olmaymiz. Internet so`zlari turmushimizgacha kirib keldi. Shuning uchun undan to`g`ri, keragida foydalanishingiz tarafdoriman. Har doim ota – onangiz nasihatlariga itoat qiling eng go`zal fazilatlaringiz bilan hammaga o`rnak bo`ling. Yoshlikdan Ilm olish, hunar o`rganishga har doim shay turing. Dono xalqimizda shunday ibratli maqol bor.
Vaqting ketdi , naqding ketdi. (U. Rahmatullayevning qo`shig`i eshitiriladi )
Faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
Uy ishi: 1. (Yozish uchun ) Lug`atdagi so`zlarga gap yozish
2.Hikoyani o`qib ,og`zaki aytib berishga tayyorgarlik ko`rish.
TOSHKENT SHAHAR
SHAYXONTOHUR TUMANI 59-SONLI DIUM
BOSHLANG`ICH TA`LIM O`QITUVCHISI
KARIMOVA SANOBARNING
2017-O`QUV YILIDA O`QISH FANIDAN
«BOBUR VA HUMOYUN» MAVZUSIDA
YOZGAN OCHIQ DARS ISHLANMASI
Darsliklar
«Bobur va Humoyun (Pirimqul Qodirov)» mavzusida ochiq dars ishlanma