BOBSLEY haqida malumot bilib oling.
BOBSLEY (ing. bobsleigh) — sport turi; yaxlit metalldan yasalgan chanalarda tepalikdan maxsus muzlatilgan trassalar boʻylab uchish. Chanalarning oʻzi ham Bobsley deb ataladi. Chanalar 2 va 4 oʻrinli boʻlib, faqat erkaklar musobaqalashadilar. 2 oʻrinli chananing uz. 2,7 m, ogʻirligi 165 kg, ekipajning vazni 200 kg dan oshmasligi kerak. 4 oʻrinli chanada bu koʻrsatkichlar tegishlicha 3,8 m, 230 kg, 400 kg dir.
Bobsley sport turi sifatida 19-a. ning oxirida Shveysariyada paydo boʻlgan. Xalqaro Bobsley va toboggan federatsiyasi (FIBT; 1924-y. asos solingan)ga 32 mamlakataʼzo (1991). 1924-y. dan kishki olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan, shu yildan jahon chempionatlari oʻtkaziladi. AQSH, Shveysariya, Germaniya, Italiya sportchilari Bobsleyda eng koʻp muvaffaqiyatga erishganlar.
Ensiklopediya.uz
BOBSLEY