BOBOYEV Qurbonali Latipovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOBOYEV Qurbonali Latipovich haqida malumot bilib oling.

BOBOYEV Qurbonali Latipovich (1910.26.12, Oqmoʻla sh.2000.5,8, Toshkent) — geolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1974). geol.

mineralogiya fanlari d-ri (1962), prof. (1963). Oʻrta Osiyo industrial intni tugatgach (1936), geol. ixtisosidagi turli muassasalarda foydali qazilmalarni qidirish ishlariga rahbarlik qilgan. Urush qatnashchisi (1942—43). 1944-y. dan «Uzbekoltinkamyobmet» trestida bosh geolog, direktor oʻrinbosari. Uzbekiston FA Geologiya in-ti direktori oʻrinbosari va direktori (1947—56) Oʻrta Osiyo Geol. va mineral xom ashyo ilmiy tadqiqot in-ti direktori (1956— 66). 1967-y. dan Mineral resurslar ilmiy tadqiqot in-tida katta ilmiy xodim. Geologik jarayonlar xarakteristikasi prinsiplarini ishlab chiqib, Oʻrta Osiyoni geologikstrukturaviy rayonlashtirish sxemasini va shu asosda metallogenik va prognoz qilish sxematik xaritalarini tuzgan. 1983-y. dan Ruda konlari genezisi boʻyicha Xalqaro assotsiatsiya (AQSH) haqiqiy aʼzosi.

Ensiklopediya.uz
BOBOYEV Qurbonali Latipovich