Bobo va Buvi haqida sherlar to‘plami to’liq malumot oling

Bobo va Buvi haqida sherlar to‘plami to’liq malumot oling

Bobojonim va Buvijonim

Boshimizga toj bo‘ling,

Yonimizda bor bo‘ling.

Mehribon bobojonim,

Jonajon buvijonim.

Duo qiling har doim,

Bizlarga oq yo‘l tilang.

Mehribon bobojonim,

Jonajon buvijonim.

Diana Toshtemirova,

Samarqand vil., Tayloq tum.

Buvijon

bobo va buvi haqida sherlar toplami 2

Buvijonim, mehribonim,

Mening jon-u jahonim

Roʻzgʻorimiz sarishtasi,

Uyimizning farishtasi.

Soʻzlaringizda sehr bor,

Koʻzlaringizda mehr bor.

Duolar qilasiz doim,

Uzoq yashang siz iloyim.

Diyora SAYDULLAYEVA.

Buvijonim

bobo va buvi haqida sherlar toplami 3

Sochingiz paxtadek oq,

Mehri daryo qalbi pok.

So’zlari bol-u qaymoq,

Mehribonim buvijon!

Uyimizning sarishtasi,

Duogo’y-u farishtasi.

Onaginamning onasi,

Shirin zabonim buvijon!

Mexnatdan qo’llari qadoq,

Ko’ngli toza qalbi qaynoq,

Baxtimizga yashang uzoq,

Mehri daryo buvijon!

Buvijonim keldilar

Biznikiga mehmonga

Buvijonim keldilar.

Menga juda-juda ko’p

Sovg’a olib keldilar.

Rahmat sizga buvijon,

Sizni yaxshi ko’raman.

Sizni qattiq quchoqlab,

Birga mazza qilaman.

Bobojonim

bobo va buvi haqida sherlar toplami 4

Mening nuroniy bobom,

Juda-juda mehribon.

Bilar ishning ko‘zini,

Hikmat bezar so‘zini.

Yigitlar kabi chaqqon,

Ham dehqon-u ham bog‘bon.

Hammaga berar yordam,

Ezgu ishga bosh har on.

Bobomizni barchamiz,

Bobom har gal safardan

Olib kelar kitoblar.

“Bilimli bo‘linglar”, deb,

Bizga qilar xitoblar.

Bilganlarin o‘rgatar,

Unga mehrimiz ortar.

Dono va doim ziyrak.

Bobom barchaga kerak.

Bobojonim bor meni

bobo va buvi haqida sherlar toplami 5

Bobojonim bor meni,

Juda yaxshi ko’raman.

Har kuni ertalab,

Men salom beraman.

Xursand bo’lib bobom,

Balli bolam deydilar,

Yuzlari nurga to’lib,

Doim duo qilarlar.

Islomova Mukambar.

Bobo va bolalar

bobo va buvi haqida sherlar toplami 6

Oʼtirishar oʼtloqda,

Bobo bilan bolalar.

Baxor edi, xar yoqda,

Ochilgandi lolalar.

Chayqalardi teraklar,

Sira tinim bilmayin.

Аtrof goʼzal shunchalar,

Uni taʼriflash qiyin.

-«Bobojon! — der bir bola,

Qancha Sizni yoshingiz?».

Ikkinchisi der:-«Nega,

Oppoq sochu-qoshingiz!».

-«Bolalarim!» — der bobo,

Yoshda sizga yetganman!,

Boʼlish uchun qorbobo,

Soch-qoshim boʼyatganman!

Abdulla Pulatov.

Bobojonim sog’indim sizni

bobo va buvi haqida sherlar toplami 7

Mexringizdan shodon o’ynadim,

Nomingizni tildan qo’ymadim,

Sizdek zotni xali ko’rmadim,

Bobojonim sog’indim sizni,

Siymoyingiz dilimda doim,

So’zlaringiz edi muloyim,

Jannatlarda yuring iloyim,

Bobojonim sog’indim sizni,

Sizni ko’rsam kulardi yuzim,

Bag’ringizga otardim o’zim,

Axtarganda topolmas ko’zim,

Bobojonim sog’indim sizni,

Qancha dovonlardan o’tdingiz,

Nabiram deb qo’lim tutdingiz,

Endi maxshar tomon ketdingiz,

Bobojonim sog’indim sizni,

Chiroyligim edingiz xoksor,

Bugun sizga sher bitdim izxor,

Yana so’zim aytaman takror,

Bobojonim sog’indim sizni.

Boshqa mavzular
Bobo va Buvi haqida sherlar to‘plami