BOBINA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOBINA haqida malumot bilib oling.

BOBINA (frans. bobine — gʻaltak) — 1) toʻqimachilikda ip, tola oʻralgan gardishsiz gʻaltak; silindr yoki konus shaklida boʻladi;

2) ichki yonuv dvigateli va b. qurilmalar uchun akkumulyatorlar batareyasidan oʻt oldirish gʻaltagi. Akkumulyatorning past (6—12 V) kuchlanishli oʻzgarmas tokini yuqori (10— 30 kV) kuchlanishli tokka aylantirib beradi. U oʻzak hamda birlamchi va ikkilamchi chulgʻamlardan iborat. Induksion gʻaltak deb ham ataladi; 3) hisoblash texnikasida, tovush yozib olish qurilmalarida — magnit lenta oʻraladigan gʻaltak;

4) kinoapparatlarda — kinolenta oʻraladigan gʻaltak.

Ensiklopediya.uz
BOBINA