BOB haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOB haqida malumot bilib oling.

BOB (taxallusi; asl ismi Sayid Ali Muxammad) (1819. 20.10, Sheroz 1850, 9.7, Tabriz) — bobiylik asoschisi, bobiylar qoʻzgʻoloni rahbari. Sayid Ali Muhammad 1844-y. da oʻzini Bob (arab tilidagi eshik, darvoza soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, «haqiqat va adolat yoʻliga olib boruvchi eshik» degan maʼnoda talqin qilingan) deb ataydi. Mahdiyning xohishirodasi, yoʻlyoʻriqlari xalqqa «men orqali boradi», deb eʼlon qildi. U xaloskor — maxdiyning kelishi yaqinlashganligi gʻoyasini targʻib qildi. Bob 1847-y. da qamoqqa olindi, u yerda «Bayon» (arab. — tushuntirish, yoritib berish, taʼriflash) asarini yezdi. «Bayon»da bobiylar harakatining asoslari yoritilgan. Bob bobiylar qoʻzgʻoloni vaqtida Eron shohi farmoni bilan katl etildi.

Ensiklopediya.uz
BOB