BOʻZA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOʻZA haqida malumot bilib oling.

BOʻZA — tariq, oqshoq, arpa, suli va bugʻdoy kabi donlardan tayyorlanadigan, kayf beradigan ichimlik. Oʻrta Osiyo xalqlari juda qadim zamonlardan buyon Boʻza tayyorlagan. Maye, tarikdan quyidagi usudda Boʻza tayyorlangan: tariq ivitilib, xaltaga solinadi va issiq joyga (koʻpincha kepakka koʻmib) qoʻyiladi. Tariq dimlanib yetilgach, maysalagach, oʻgʻirda yanchiladi, keyin xumga solib achitiladi va dokadan oʻtkazilib boshqa idishga solinadi, tingach, ichishga tayyor boʻladi. Toʻyimli va foydali chanqovbosar ichimlik hisoblanadi. Tarkibida 4—6% etil spirta, oqsil, yogʻ, vitaminlar, mineral moddalar bor. Bolqon mamlakatlari, Kavkaz, Turkmaniston, Qirgʻizistonda sanoat usulida ishlab chiqariladi va koʻp isteʼmol qilinadi.

Ensiklopediya.uz
BOʻZA