BOʻZ haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOʻZ haqida malumot bilib oling.

BOʻZAndijon viloyatidagi shaharcha (1983-y. dan). Boʻz tumaninnt markazi. Aholisi 11,7 ming kishi (1999). Boʻz qadimgi qishloqlardan boʻlib, 1950-y. gacha Nasriddinbek deb atalgan. Boʻzda 2 sanoat korxonasi (paxta tozalash z-di va «Zafar» aksiyadorlik jamiyati), avtokorxona, avtokolonna, elektr va pochta aloqasi korxonalari, 3 mexanizatsiyalashgan koʻchma kolonna, 2 kurilishtaʼmirlash va yoʻl taʼmirlash boʻlimi faoliyat koʻrsatadi. Ped. va tibbiyot bilim yurtlari, hunar litseyi, madaniyat saroyi, bolalar kutubxonasi, stadion, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, 365 oʻrinli kasalxona, poliklinika bor.

Ensiklopediya.uz
BOʻZ