BOʻYIMODARON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOʻYIMODARON haqida malumot bilib oling.

BOʻYIMODARON (Ahillea millefolium L.) — qoqidoshlar oilasining dastarbosh turkumiga mansub patsimon bargli koʻp yillik oʻt. Ildiz boʻgʻzidan boʻgʻiz barglari va poyalar oʻsib chiqadi. Poyasi bir nechta, yuqori qismi shoxlangan boʻlib, qalqonsimon toʻpgullar bilan tugallangan. Iyunda gullay boshlaydi; mevasi mayda, yassi pistacha, avg. da yetiladi. Oʻzbekistonda Boʻyimodaron turkumining 5 turi uchraydi. Boʻyimodaron adir va qirlar, yoʻl yoqalari va oʻrmon chekkalarida oʻsadi. Tarkibida karotin, K va S vitamin, achchiq moddalar bor. Ekstrakti va damlamasi meʼdaichak yarasi kasalliklarini davolash, ishtaha ochish hamda qon toʻxtatish uchun ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
BOʻYIMODARON