BOʻTAKOʻL haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOʻTAKOʻL haqida malumot bilib oling.

BOʻTAKOʻLQoraqalpogʻiston Respublikasidagi koʻl. Qorateren koʻlining gʻarbida, undan 5 km uzoqlikda joylashgan. Boʻtakoʻlning oʻrni pastqamlikdan iborat. Yoshkulgen qumli choʻli bilan oʻralgan. Jan. gʻarbdan shim. sharqqa yoʻnalgan. Uz. 16 km, eni shim. da 800—900 m, jan. da 1,2 km, oʻrtacha chuq. 2—3 m, eng chuqur joyi 4 m. Koʻksuv zovuri va artezian suvlaridan toʻyinadi. Suvning yil davomida turli mikdorda quyilishi tufayli sathi ham barqaror emas. Minerallashuv darajasi 1 l suvda oʻrtacha 12—16 g. Qirgʻoqlar qiya, qirgʻoqqa yaqin joylari qamishzor. Baliqchilikda foydalaniladi.

Ensiklopediya.uz
BOʻTAKOʻL