BOʻSTONLIQ XAZINASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOʻSTONLIQ XAZINASI haqida malumot bilib oling.

BOʻSTONLIQ XAZINASI (mil. Na. 1-yarmi) moddiy madaniyat yodgorligi. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanining Sijjak qishlogʻidagi Koʻkyongʻoq mavzeida, Piskom daryosining oʻng sohilida boʻlgan. 1965-y. da choʻpon Q. Ermatov topib Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyiga topshirgan. Boʻstonliq xazinasi har birining ogʻirligi 200 g li 8 ta burama bilaguzuk, 8 ta tumor saqlanadigan quticha, 27 ta qoʻngʻiroqcha, 1 ta buloqi (burunduq) va boʻyinga taqiladigan bir qancha zanjirdan iborat; hammasi kumush. Bilaguzuklar oʻyma, chizma va bosma usulda ishlangan boʻlib, ikki uchi ilon boshi koʻrinishida, sirti turli geometrik shakl, naqsh va sugʻdcha yozuvlar bilan bezatilgan. Bu yerda olib borilgan arxeologik qazishlar jarayonida xumdonlar va kumush buyumlar yasaladigan ustaxonalar qoldigʻi, tangalar, sirlangan sopol idishlar boʻlagi ham topilgan. Boʻstonliq xazinasi Toshkent vohasining qad. aholisi madaniyatini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.

Ensiklopediya.uz
BOʻSTONLIQ XAZINASI