BOʻSh VAQT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOʻSh VAQT haqida malumot bilib oling.

BOʻSh VAQT — kishining majburiy ijtimoiy mehnati va b. majburiy mashgʻulotlardan tashqari vaqtining bir qismi; oʻz xohishiga koʻra maʼnaviy va jismoniy rivojlanish, dam olish uchun sarflanadigan vaqt. Ijtimoiy hayotda kishilarning umumiy vaktini 2 qismga — ish vaqti va ishdan tashqari vaqtga boʻlish mumkin. Ishdan tashqari vaqt asosan uy ishlariga, oʻziga qarash, uxlash va ovqatlanish uchun sarflanadigan vaqg hamda Boʻsh vaqtga boʻlinadi. Boʻsh vaqt shaxsning har tomonlama kamoloti, qobiliyatlarini rivojlantirishi, bilim darajasi ni oshirishi, dam olishi va sh. k. uchun kerak boʻladigan ishdan tashqari vaktdir. Boʻsh vaqt shaxsning erkin faoliyati va kamoloti uchun zarur boʻlgan haqiqiy boyligi hisoblanadi. Boʻsh vaqt jamiyat maʼnaviy kuchining, kengaytirilgan takror i. ch. ning zarur sharti. U individual xarakterga ega boʻlib qolmay, ijtimoiy zaruriy vaqg hamdir. Chunki ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish, ilmiy texnika ravnaqi uchun Boʻsh vaqt juda zarur. Oʻz navbatida ular Boʻsh vaqt meʼyori va mazmuniga taʼsir qiladi. Jamiyatning tarixiy tarakxiyoti davomida Boʻsh vaqtning mikdori va ahamiyati tobora ortib boradi. Bu, birinchidan, mehnat unumdorligining ortishi, ilmiytexnika ravnaqi va jamiyatning barcha aʼzolari oʻrtasida mehnatning teng taqsimlanishi hisobiga boʻlsa, ikkinchidan, ishga boribkelishdagi ortiqcha harakatlarni, uy mehnatiga ketadigan vaqtni qisqartiriщ hisobiga yuz beradi. Ijodiy mehnat qilish, oʻz malakasini, maʼlumoti va ilmiymadaniy saviyasini oshirish, ijtimoiysiyosiy faoliyatini kengaytirish, sanʼat va sport bilan shugʻullanish va boshqalar Boʻsh vaqtning mazmundor oʻtishini taʼminlaydi. Maye, jahondagi rivojlangan mamlakatlarda, shuningdek Oʻzbekistonda ham 2 kunlik dam olish va 5 kunlik ish haftasiga oʻtish Boʻsh vaqtni koʻpaytirish yoʻlidagi tadbirlardandir. Boʻsh vaqt mikdori ni koʻpaytirish va undan unumli foydalanish uchun yetarli sharoit yaratish zarur. Bunga mamlakat i. ch. kuchlarini rivojlantirish, i. ch. jarayonlarini mexanizatsiyalash, i. ch. ga zamonaviy texnika va ilgʻor texnologiyani joriy etish orqali mehnat samaradorligini oshirish va vaktni tejash, ommaning umumiy madaniy saviyasini oshirish va b. orqali erishiladi. Boʻsh vaqtdan samarali foydalanish turmushning mazmundor boʻlishiga yordam beradi.

Sodir Salimov.

Ensiklopediya.uz
BOʻSh VAQT