BOʻRIYEV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOʻRIYEV haqida malumot bilib oling.

BOʻRIYEV Tojiboy (1938.12.5, Toshkent viloyati Parkent tumani Zarkent qishlogʻi) — mexanik va matematik olim, Oʻzbekiston FA akad. (2000), fizikamat, fanlari d-ri (1974), prof. (1976). ToshDUni tugatgan (1961). Oʻzbekiston FA Mexanika in-tida (1964—66) ishlagan. Kibernetika intida (hoz. «Kibernetika» IIIB) da (1966-y. dan) ishlaydi. Ilmiy ishlari qattiq jism mexanikasiga oid masalalarni algoritmlashga, statik va dinamik yuk taʼsiridagi bir oʻlchovli va koʻp oʻlchovli konstruksiyalarning aniq hisoblariga, elastiklik nazariyasining dinamik va statik masalalariga doyr. Boʻriyev seysmik (8 — 9 balli) va noseysmik (5—7 balli) mintaqalar va qorlishamolli hududlar uchun fazoviy sterjenli konstruksiyalarni teng mustahkamlik, barqarorlik va min i mal ogʻirlik mezonlari asosida ishlab chikdi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1971).

Ensiklopediya.uz
BOʻRIYEV