BOʻRITAROQ haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOʻRITAROQ haqida malumot bilib oling.

BOʻRITAROQ, gʻoʻzarak (Hibicsus trionum L.) — gulxayridoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi tik oʻsadi, boʻyi 10—70 sm, sershox. Barglari uch boʻlakli, choʻziq, tubigacha patsimon boʻlakchalarga ajralgan. Gullari sariq, uzun gulbandlarda yakkayakka joylashgan. Asosida qirmizi rangli dogʻlari bor. Mevasi koʻsakcha. Issiq va namsevar oʻsimlik. Nihollari mart — mayda koʻkaradi. Iyun — avg. da gullaydi, iyuldan okt. gacha mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Bir tupi 15 ming urugʻ beradi. Urugʻlar tuproqning 6—8 sm chuqurligida 57 yilga qadar yashovchanligini saqdab qoladi, harorat 5—6°da unib chiqadi. Oʻrta Osiyoda sugʻorma dehqonchilik r-nlarida koʻp tarqalgan. Boʻritaroq paxta maydonlari, chopiq qilinadigan ekinlar orasida, shuningdek yoʻl, ariq yoqalari, tashlandiq yerlar va bogʻlarda uchraydi.

Kurash choralari: ekish oldidan urugʻni tozalash, yerni boronalash, qator oralariga ishlov berish, maysa koʻkarmasdan gerbitsidlar sepish va b.

Ensiklopediya.uz
BOʻRITAROQ