
BOʻR haqida malumot bilib oling.
BOʻR — boʻsh sementlangan choʻkindi togʻ jinsi. Boʻr boʻr davri iliq dengiz havzalarining 30—500 m va undan chuqurroq joylarida kokkolitoforid (70 — 90%) va foraminifera (20% gacha) mikroorganizmlari qoldiqlaridan hosil boʻlgan. Rangi oq. Gil va qum qoʻshimchalari Boʻrga sargʻish yoki kulrang tuye beradi. Boʻrda kremniy, pirit va fosforit gʻuddalari uchraydi. Kamdankam Boʻrda mollyuskalar chigʻanoqlari, mshanka, dengiz tipratikanlari, marjon va b. skeletlari uchraydi.
Boʻr mezozoy erasi boʻr davri jinslarida koʻp uchraydi. Ukraina (Donesk havzasi), RF (Kursk, Voronej viloyatlari), Qozogʻistonda (Mangʻishloq) koʻp.
Ensiklopediya.uz
BOʻR