BOʻKA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOʻKA haqida malumot bilib oling.

BOʻKA (turkiycha — zoʻr, kuchli) — tarixda turli anʼanaviy bayram va tantanali marosimlar chogʻida oʻtkaziladigan pahlavonlar musobaqasida qatnashuvchi kurashchi, polvon. Boʻka larning xalq orasidagi obroʻsi juda baland boʻlgan. Sugʻdda eng kuchli Boʻka sharafiga yiliga bir marta nishonlanadigan bayram kuni boʻlgan. Boʻka uchun nozneʼmatlar bilan bezatilgan maxsus dasturxon tayyorlangan. Yozilgan dasturxonga Boʻkadan boshqa kishi yaqinlashmagan. Boʻkalar musobaqasi tinchlik vaqtlarida, shuningdek harbiy safar va yurishlar paytida ham oʻtkazilib turilgan (yana q. Polvon tovoq).

Ensiklopediya.uz
BOʻKA