BOʻGʻIMDUMLAR haqida malumot bilib oling.
BOʻGʻIMDUMLAR (Cordylidae) kaltakesaklar oilasi. 4 urugʻ, 24 turi bor. Jan. va tropik Afrikada tarqalgan. Turlarining bir qismi asl kaltakesaklarga, boshqalari ilonlarga oʻxshaydi, lekin hammasi kaltakesaklardek yashaydi va tez harakat qiladi. Oilaning tipik vakili boʻgʻimdum (Zonurus cordylus) agamalarga oʻxshaydi. Rangi oʻzgaruvchan, lekin koʻpincha dum va orqa tomoni xira qovoq rangda, boshi va oyoqlari och sariq, qorni oq boʻladi. Boʻgʻimdumlar togʻlarda, serqoya qaltis yerlarda yuradi. Dushmandan qoyalar orasiga yashirinib, toshlarning gʻadirbudur qirralariga yopishib olgan Boʻgʻimdumlarni butunlicha ajratib olish qiyin. Turli umurtqasizlar, yirik vakillari esa mayda umurtqali jonivorlar bilan oziklanadi. Koʻp turlari tuxum qoʻyib koʻpayadi, faqat ilonga oʻxshash Boʻgʻimdumlar tirik tugʻadi.
Ensiklopediya.uz
BOʻGʻIMDUMLAR