BOʻD haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOʻD haqida malumot bilib oling.

BOʻD (arab. — oraliq, masofa, chaqirim; koʻpligi abʼod) — bir yoki turli vaqtda eshitilayotgan ikki tovush, nagʻma, pardaning oʻzaro balandpastlik munosabatlari. Yevropa musiqasidagi interval tushunchasiga qisman moye. B. Oʻrta va Yaqin Sharq musiqa nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri boʻlib, dastlab Forobiy, keyinchalik Ibn Sino, Ibn Zayla, Zaynulobiddin, Urmaviy, Jomiy va b. olimlarning asarlarida mat. qoidalar asosida taʼriflangan. Boʻdlar ochiq (butun) torga nisbatan torning maʼlum boʻlagidan hosil etilgan va nisbiy sonlar bilan ifodalangan. Maye, ochiqtordagi tovush asosiy (mutlaq) parda deb faraz etilsa, torning 1/2 boʻlagida — zulkull (lot. oktava), 2/3 boʻlagida — zulxams ( kvinta), 3/4 boʻlagida — zularbaʼ (kvarta), 8/9 boʻlagida — taniniy (katta sekunda), 243/256 boʻlagida — baqiya (90 sentli kichik sekunda) kabi Boʻdlar hosil qilinadi. Nazariy jihatdan Boʻd larning soni chegaralanmagan boʻlsada, musiqa amaliyotida asosan 9 tasi qoʻllanilgan. Ular muloyim (yoqimli, lot. konsonans) va mutanofir (yoqimsiz, dissonans) turlarga ajratilgan. Muloyimlar — zulkull marratayn (kvintdetsima), zulkull valxame (duodetsima), zulkull valarbaʼ (undetsima), zulkull, zulxams, zularbaʼlar; qolganlari mutanofirdir.

Ad.: Abduraxman Djami , Traktat o muzыke (per. A. Boldыreva), T., 1960; Raj a b o v I., Maqomlar masalasiga doyr, T., 1963.

Ensiklopediya.uz
BOʻD