BLOMBERGEN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BLOMBERGEN haqida malumot bilib oling.

BLOMBERGEN (Blumbergen) (Bloembergen) Nikolas (1920) — amerikalik fizik. Niderlandiyada tugʻilgan. 1949-y. dan AQSHda. Ilmiy ishlari yadroviy magnit va elektron paramagnit rezonansga, nochizigʻiy optikaga, kvant elektronikaga oid. Radiodiapazondagi paramagnit kvant kuchaytirgichni yaratishda 3 sath usulini qoʻllashni tavsiya etdi. Nobel mukofoti laureati (1981, V. Shavlov bilan hamkorliqda).

Ensiklopediya.uz
BLOMBERGEN