
BLOK haqida malumot bilib oling.
BLOK, siyosiy blok — davlatlar, partiyalar, guruhlar oʻrtasida doimiy va vaqtincha tuziladigan bitim (ittifoq). Birgalikda harakat qilish yoʻli bilan umumiy siyosiy maqsadlarga erishish uchun tuziladi. Blok oʻz tarkibiga kiruvchi davlat, partiya va guruhlarning bevosita aholiga murojaat etishi, saylovlarda bir nomzodni kursatishi, yagona siyosiy yoʻlni ishlab chsqishi, koalitsiyey hukumat tuzishi kabi shakllarda uchraydi.
Ensiklopediya.uz
BLOK