BLASTULA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BLASTULA haqida malumot bilib oling.

BLASTULA (yun. blastos — murtak, maisa) — koʻp xujayrali hayvonlar embrional rivojlanishi — ontogenezi davrida hosil boʻladigan murtagi. Odatda erta, oʻrta va kechki Blastula boʻladi. Blastulaning tuzilishi tuxum hujayraning tuzilishi va maydalanish xususiyatlariga boglik. Tuxum xujayra toʻliq maydalanganida, odatda, seloblastula, baʼzan sterroblastula yoki yassi B. — plakula (blastomerlar ikkita parallel yuza boʻylab joylashganida) hosil boʻladi. Diskoidal chala maydalangan tuxum hujayralardan diskoblastula, tuxum hujayra sirti boʻlinganida epiblastula paydo boʻladi. Stomoblastula ham oʻziga xos Blastula hisoblanadi. Ayrim embriologlar morulani ham Blastulaning bir xili deb hisoblashadi. Blastula ontogenezning bir davri sifatida koʻp hujayrali hayvonlar kelib chiqishining umumiyligini va ular evolyutsiyasidagi parallelizmni koʻrsatuvchi dalil xisoblanadi.

Ensiklopediya.uz
BLASTULA