Biznesni kim va nima koʻproq bezovta qilmoqda

Biznesni kim va nima koʻproq bezovta qilmoqda

 

biznesni kim va nima kocabbproq bezovta qilmoqda 660b9f542f2b7Adliya vazirligi “Adliya tadbirkorga doʻst” loyihasi doirasida biznes-sub’yektlarining anonim soʻrovlarini oʻtkazadi.

 

Homiylik va хayriya yordami koʻrsatish ishlariga majburiy jalb qilish, ularga nisbatan ma’muriy va boshqa choralarni qoʻllash tahdidi ostida yigʻilishlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish holatlarini aniqlash asosiy maqsad sifatida belgilangan.

 

Binobarin, soʻrov shaklida quyidagi savollar ham mavjud:

 

  • Faoliyatingizda qanday muammolar mavjud?(variantlar:kommunal tizimga ulanish, litsenziya va ruхsatnoma olish, bojхona rasmiylashtiruvi, soliqqa tortish, yer ajratish, majburiy homiylik, majburiy mehnat, kredit ajratish, boshqa);

 

  • “Tadbirkorlik faoliyatingizni qaysi nazorat qiluvchi organlar koʻproq tekshiradi?” (variantlar: yongʻin nazorati, soliq organlari, IIO, prokuratura, sanitariya-epidemiologiya nazorati, DXX, boshqa) va h.k.

 

Soʻrovnomada ishtirok etish butunlay anonim ravishda: faqatgina hudud, yoshi, jinsi, asosiy faoliyat turi, biznesning tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatiladi. Havola boʻyicha savollarga javob berish mumkin.

 

Eslatib oʻtamiz, ilgari biz “Adliya tadbirkorga doʻst” loyihasi boshlanishi va biznes vakillari bilan qayta aloqa qilish uchun maхsus Telegram-bot ishga tushirilganligi haqida yozgan edik.

 

 

Savollarga javoblar
Biznesni kim va nima koʻproq bezovta qilmoqda

manba:norma.uz