Biznes reja tuzayotganda bularga eʼtibor bering to’liq malumot oling
Har bir ishni boshlashdan oldin, u xoh biznes boʼlsin, xoh boshqa bir yumush, uni puxta rejalashtirish kerakligini hammamiz bilamiz. Biznes boshlashdan oldin reja tuzish sizni kelajakda kelib chiqishi mumkin boʼlgan koʼplab boshogʼriqlarni oldindan koʼra bilish va oʼylagan ishingizda yanada muvaffaqiyatli boʼlishingizda sizga yordam beradi.
Mundarija
скрыть
Shunday ekan, bugun biznes reja yozayotganda eʼtibor berishingiz kerak boʼlgan asosiy jihatlar haqida gapirib oʼtmoqchimiz.
1. Biznes reja yozishdan maqsad nima ekanligini aniqlab oling
Biznes reja nima maqsadda yozilayotganiga qarab turli shaklda boʼlishi mumkin. Biznes rejalar odatda quyidagi maqsadlarda yoziladi:
Boshlangʼich sarmoyani taxminan hisoblab chiqish
Biznes loyihaning umuman olganda foydali yoki zararli ekanligini bilish
Mahsulot yoki xizmatingizni, mijozlaringizni va raqiblaringizni aniqlashtirish
Biznes modelingiz, maqsadlaringiz, va bu maqsadga erishish uchun kerakli strategiyalarni belgilash;
Biznes loyihangizni boshqalarga (bank, sarmoyadorlar, hamkorlar va h.k.) tushuntirib berish
2. Nima haqida yozishingizni oʼylab reja tuzib oling
Rejangizning asosiy boʼlimlari roʼyxatini tuzib oling, yoki diagrammalar yordamida muhim fikrlaringizni qisqa qilib qogʼozga tushiring. Аsosiysi bular oʼzingiz uchun tushunarli boʼlsa biznes rejangizni yozish jarayoni oʼzingizga osonlashadi.
3. Oʼzingiz haqingizda maʼlumot bering.
Kim siz, oʼylagan biznesingizni amalga oshirish uchun sizda qanday imkoniyatlar bor, taʼlim va malakangiz haqida bildiring.
4.Mahsulot yoki xizmatingiz nima ekanligini taʼriflab, tushuntirib bering
Mijozlaringizga sizning mahsulot yoki xizmatingizdan nima foyda borligi, mahsulot/xizmatingizning oʼziga hos jihatlari, ishlab chiqarish jarayoni va hokazolar.
5.Haridor/ mijozingiz kimligini belgilab bering
Nimaga aynan shu turdagi mijozlar bozorini tanlaganingizni tushuntiring. Keltirgan sabablaringizni oʼz shaxsiy tajribangiz yoki qilingan izlanishlar va tadqiqot natijalari bilan dastaklang.
6.Mahsulotingizning oʼziga xos va boshqalardan ajralib turuvchi jihatlari
Nimaga mijozlaringiz boshqa raqobatchilaringizning emas sizning mahsulot yoki xizmatingizni sotib olishi kerakligi haqida yozing. Sizning narhlaringiz boshqalardan arzonroqmi, yo sifat jihatdan ajralib turasizmi? Balki sizning joyingiz mijozlar uchun qulaydir, yoki vaqtdan yutish imkonini berarsiz?
7.Haridorlaringiz mahsulotingiz uchun taxminan qancha pul sarflashini aniqlang
Mijozlaringizni sizning mahsulot yo xizmatlaringizga qancha pul toʼlashga tayyor ekanliklari, bir yilda oʼrtacha necha martta shu mahsulot/xizmatni sotib olishlarini hisoblab yozing. Аlbatta bu yerda quruq taxminlar emas yana izlanish va tadqiqotlar natijasidan kelib chiqib yozishingiz kerak.
8.Bir yilda oʼrtacha qancha mahsulot ishlab chiqara olishingiz haqida yozing
Ishchi kuchi yoki uskunalaringizning qobiliyatidan kelib chiqib bir yilda shu mahsulotdan eng kop qancha ishlab chiqara olishingizni yoki xizmatingizni necha marta bera olishingizni hisoblab yozing. Yana dalillarga asoslanib yozish kerak.
9.Har bir mahsulotning tan narhi qancha boʼlishini hisoblang
Mahshulot ishlab chiqarish uchun ketadigan materiallar narhidan tortib ishchilarga beriladigan oylik, doʼkon yoki uskuna arenda xarajati, soliq, elektr, telefon internetdan tortib barcha xarajatlarni hisobga olgan holda har bir mahsulotingizning tan narhi qanchaga tushishini hisoblab chiqing.
10.Qancha boshlangʼich sarmoya kerak boʼlishini yozing
Ishni muvaffaqiyatli boshlab olish uchun qancha boshlangʼich sarmoya kerak boʼlishini va bu sarmoya nimalarga ishlatilishini tushuntiring.
11.Umuman olganda sizning biznesingiz nimaga foyda keltiradigan boʼlishini va qancha vaqtda foyda olib kelishni boshlashini dalillar bilan yozing
Buning uchun bozorni yaxshilab oʼrganib, hisob kitoblarni toʼgʼri va ishonarli qilishingiz kerak.
12.Biznes rejangizdagi asosiy boʼlimlarining qisqa mazmunini sanab oʼting.
Buni biznes rejangizning boshiga joylang. Koʼpincha sarmoyadorlarning biznes rejani toʼliq oʼqib chiqishga vaqtlari va xohishlari boʼlmaydi. Shuning uchun ular rejangizning barcha muhim va eʼtiborga loyiq jihatlarini shu qisqa mazmunni yoritgan yozuvdan oqib, ularda qiziqish uygʼotsagina keyin detallarni bilish uchun asosiy qismni oʼqishga kirishishlari mumkin. Shuning uchun bu boʼlim qisqa va eʼtiborni tortadigan boʼlishi kerak.
Аlbatta biznes reja yozish jiddiy va koʼp vaqt oladigan mashq. Yuqorida sanab oʼtilgan jihatlardan boshqa yana eʼtibor berilishi kerak boʼlgan koʼplab boshqa muhim jihatlar ham bor. Siz ham biznes reja tuzgan boʼlsangiz, yoki bu borada siz bilgan va biz aytib oʼtmagan boshqa jihatlar boʼlsa quyida ‘fikr qoldirishʼ qismida bildirib oʼting.
Biznes Tavsiyalar
Biznes reja tuzayotganda bularga eʼtibor bering