BIZNES haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BIZNES haqida malumot bilib oling.

BIZNES (ing. business) — daromad keltiradigan yoki boshqa naf beradigan xoʻjalik faoliyati (kasbkor, mashgʻulot); fonda olish maqsadlari koʻzlangan va qonunlarga xilof boʻlmagan har qanday tashkiliy faoliyat. Milliy (davlat) qonunlar va xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinadi; B. xoʻjalik yuritish koʻlamiga qarab, yirik, oʻrta va kichik turlarga boʻlinadi. Yirik Biznes ishlab chiqarishda 500 dan ortiq kishi band boʻlgan, oʻrta Biznes esa 20 — 500 kishi band boʻlgan korxona (firma)lar, kichik Biznes 10 — 20 va undan kam kishi ishlaydigan korxonalarni kamraydi. Yirik va oʻrta Biznesga, asosan, yirik i. ch., koʻp sonli tovarlar chiqaradigan, mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashgan sohalar kiradi. Kichik Biznes qishloq xoʻjaligi, aholiga xizmat koʻrsatish sohalarida keng tarqalgan. Kichik Biznes sharoitga tez moslasha olishi b-n boshqalaridan farklanadi va shu bois u keng tarqalgan.

Ensiklopediya.uz
BIZNES