BIZERTA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BIZERTA haqida malumot bilib oling.

BIZERTATunis shim. dagi shahar. Bizerta viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 95 ming kishidan ziyod. Oʻrta dengizga kanal bilan tutashgan Bizerta koʻli sohilidagi yirik port, t. y. stansiyasi. Mamlakatning savdo-sanoat markazi. B da dastlab finikiyaliklar, soʻngra qad. rimliklar, 698-y. dan arablar, 1535 — 72 y. larda ispanlar hukmronlik qilgan. 1881 — 1956-y. larda Fransiya protektorata va 1963-y. gacha yirik harbiydengiz bazasi boʻlgan. Neftni qayta ishlash z-di, rangli metallurgiya, sement, kemasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilik (gilam, toʻr toʻqish) rivojlangan. Bizerta orqali chetga temir rudasi, qoʻrgʻoshin, sement, zaytun moyi va b. q. x. mahsulotlari chiqariladi.

Ensiklopediya.uz
BIZERTA