Biz islomni bilamizmi

Biz islomni bilamizmi

c) Qur’on o’qish, ta’lim berish

Таҳорат, намоз ва дуолар (кирилл)

Мазкур китобда беш вақт намоз ўқиш тартиби содда услубда, диёримиз мусулмонлари амал қилаётган ҳанафий мазҳаби асосида баён этилган. Шунингдек, китобга кундалик энг зарур дуолар ишонарли манбалардан олиниб илова этилди.

Характеристики
ISBN 978-9943-6721-2-3
Язык На узбекском
Надпись Кириллица
Количество страниц 64
Тип обложки Мягкая
Формат бумаги A5
Год издания 2021

Книги, продукты, мировая литература, узбекская литература, бизнес и психология, на русском языке, современная узбекская литература, детская литература, религиозная литература, наука и учебники, для абитуриентов, лучшие книги, топ-100 бестселлеров, художественная литература (биографическая литература), биография , на английском языке много другое. Быстрая доставка в Узбекистан

Biz islomni bilamizmi?

Izoh: Ayollardan hayz yoki nifos qonining chiqishi, qon chiqmasa-da, farzand ko‘rishi va musulmon kishining o‘limi g‘uslni vojib qiladi. Shahid esa bundan mustasno. Kishi shahid bo‘lib o‘lsa, uni g‘usl qilishning hojati yo‘qdir. Kofir junub paytida musulmon bo‘lsa, bunga ham g‘usl vojib bo‘ladi, ammo u musulmon bo‘lganida junub holida bo‘lmasa, uning g‘usl qilib olishi vojib emas, balki mustahabdir. Zero, kufr ma’naviy najosatdir, Islom kelishi bilan bu najosat poklanadi. Lekin junublik hukmiy najosat bo‘lib, faqat suv bilan, suv yo‘q bo‘lsa, tayammum orqali niyat bilan poklanadi.

G’uslni vojib qilmaydigan narsalar:

1. Maziyning chiqishi bilan g‘usl vojib bo‘lmaydi. Maziy – suyuq, oq suv hisoblanadi, shahvat vaqtida shiddatsiz chiqadi. Maniy esa shiddat bilan otilib chiqadi. Maziy erkaklardan ko‘ra ayollarda ko‘proq uchraydi. Goho uning chiqib qolganligi ham sezilmaydi. Demak, maziy tahoratni buzsa-da, g‘uslni vojib etmaydi.

2. Vadiyning chiqishi bilan ham g‘usl vojib bo‘lmaydi. Vadiy – oq, xiralangan, yopishqoq, hidsiz suyuqlikdir. U bavlning orqasidan keladi.

3. Bir shaxs xoh ayol bo‘lsin, xoh erkak bo‘lsin, uyqusidami yoki xayolidami ehtilom bo‘lib lazzatni sezdi-yu, lekin namlikni ko‘rmadi, shu holatda ham g‘usl vojib bo‘lmaydi.

(«Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

6. Istinshoq nima?

a) G’uslning farzlaridan bo’lib, burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlikdir

b) G’uslning farzlaridan bo’lib, og‘izga suv olib chayqamoqlikdir.

c) G’uslning ruknlaridan biri bo’lib, g’usldan avval tahorat qilmoqdir.

To’g’ri Javob: G’uslning farzlaridan bo’lib, burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlikdir

Izoh: G’uslning farzlari uchtadir:

1. Og‘izga suv olib chayqamoqlik – mazmaza.

2. Burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlik – istinshoq.

3. Badanning hamma yeriga suv yetkazmoqlik. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

7. Quyidagilardan qaysi biri g’uslning sunnatlariga kiradi?

a) Niyatni til bilan qilmoq.

b) Ayollarning o’rilgan sochlarini yechib yuvishlari

To’g’ri Javob: Ishqalashlik.

Izoh: G’uslning sunnatlari:

1. Niyat bilan boshlamoq. Niyat esa qalb bilan qilinadi. Ulamolar qalbning niyatini til bilan nutq qilish orqali tasdiqlashni chiroyli sanashdi. Shuning uchun ham agar avratlari berk bo‘lsa, junublikdan poklanish uchun g‘usl qilmoqlikni niyat qildim, deb aytadi. Albatta til bilan zikr qilish sunnat emas. Balki yuqorida aytganimizdek, ulamolar chiroyli sanashgan amaldir.

2. G’uslning boshida «Bismillah. »ni aytmoq.

3. G’uslni ikki qo‘lni bilagigacha yuvmoqlikdan boshlamoq.

4. Qo‘lni yuvib olgach, farjini yuvmoqlik va g‘uslni boshlashdan oldin badandagi najosatlarni ketkazmoq.

5. G’uslni namozdagidek tahorat olish bilan boshlamoq.

6. Badandan oldin boshni uch marta yuvmoq. Aslida birinchisi farz, ikkinchi va uchinchisi sunnat bo‘ladi.

8. Avval badanni o‘ng tomonidan yuvib, so‘ng chap tomonni yuvmoqlik.

9. Har ikki tomonni ham uch martadan yuvmoq. Va yana tahoratdagi sunnatlarning hammasi g‘uslda ham sunnatdir. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

8. Quyidagi qaysi holatlarda g’usl qilishlik sunnat hisoblanadi?

a) Zavoldan so‘ng Arofat tog‘ida turishlik uchun qilingan g‘usl

b) Arafa kechasida, qadr kechasida g‘usl qilish

c) Ka’bai Muazzamani ziyorat qiladigan kishining g’usl qilishi

To’g’ri Javob: Zavoldan so‘ng Arofat tog‘ida turishlik uchun qilingan g‘usl

Izoh: G’usl qilishlik sunnat bo‘lgan holatlar:

A) Juma va ikki iyd namozlari uchun (kunlari uchun emas, balki juma va iyd namozlari uchun g‘usl qilgan kishi) tahorati sinmay turib, shu g‘usl bilan namozni o‘qishi sunnatdir;

B) Haj yoki umra uchun ehrom bog‘lashdan oldingi g‘usl;

V) Zavoldan so‘ng Arofat tog‘ida turishlik uchun qilingan g‘usllar sunnat hisoblanadi. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

9. Quyidagi holatlarda g’usl qilish qanday amal hisoblanadi?

1. Juma va ikki iyd namozlari uchun qilingan g’usl

2. Musulmon mayyitning g‘usl qildirilishi.

3. Mast kishining mastligi ketsa, g‘usl qilishi

a) 1-sunnat, 2-farz, 3-mustahab

b) 1-sunnat, 2-farz, 3-mandub

c) 1-mustahab, 2-farz, 3-sunnat

To’g’ri Javob: 1-sunnat, 2-farz, 3-mustahab

Izoh: 1. G’usl qilishlik farz bo‘lgan holatlar:

A) Janobatdan poklanish uchun qilingan g‘usl;

B) Hayz va nifos qoni to‘xtagandan so‘ng qilingan g‘usl;

V) Musulmon mayyitning g‘usl qildirilishi.

2. G’usl qilishlik sunnat bo‘lgan holatlar:

A) Juma va ikki iyd namozlari uchun (kunlari uchun emas, balki juma va iyd namozlari uchun g‘usl qilgan kishi) tahorati sinmay turib, shu g‘usl bilan namozni o‘qishi sunnatdir;

B) Haj yoki umra uchun ehrom bog‘lashdan oldingi g‘usl;

V) Zavoldan so‘ng Arofat tog‘ida turishlik uchun qilingan g‘usllar sunnat hisoblanadi.

3. G’usl qilib olishlik mustahab bo‘lgan holatlar:

A) Jinni sog‘ bo‘lsa, hushidan ketgan o‘ziga kelsa, mast kishining mastligi ketsa, g‘usl qilib olish mustahabdir;

B) Sha’bon oyidagi badr kechasida, arafa kechasida, qadr kechasida g‘usl qilib olish ham mandub amaldir;

V) Yana qurbonlik kunining subhida Muzdalifa tog‘ida turgan kishiga, shaytonga tosh otish uchun qurbonlik kunida Mino tog‘iga chiqadigan kishiga, Ka’bai Muazzamani ziyorat qiladigan kishiga, oy yoki quyosh tutilganda va yomg‘ir talab qilinganda o‘qiladigan namozni o‘quvchi kishiga, Madinai Munavvaraga kiradigan kishiga ham g‘usl qilishlik odob hisoblanadi. Yana odamlar jamoasiga kiruvchiga, yangi libosni kiygan kishiga, mayyitni yuvgan g‘assolga, gunohidan tavba qilgan insonga, safardan qaytganga, istihoza qoni to‘xtagan ayolga, musulmon bo‘lganlarga ham g‘usl qilib olish odobdir. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

10. Rasululloh (s.a.v.) ta’kidlariga ko’ra, Allohning har bir mo‘mindagi haqqi sifatida necha kunda g’usl qilish atvsiya etiladi?

To’g’ri Javob: 7 kunda

Izoh:Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: «Allohning har bir mo‘mindagi haqqi yetti kunda bir marta butun a’zosini yuvib, g‘usl qilishligidir». Payg‘ambar alayhissalom mo‘minlarga juma kuni g‘usl qilishni buyurganlar. Amaliy va tibbiy tajribalardan ma’lumki, g‘usl kishilarni turli nopokliklardan tozalabgina qolmay, jimo’ tufayli yo‘qotilgan kuch-quvvatni tiklash va tanani tetiklashtirish uchun ham xizmat qiladi. («Dinda savolim bor»)
11. Junub holida quyidagilardan qaysi biri makruh hisoblanadi?

a) Tirnoq olish, tuklarni qirish

b) Ovqatlanish, saxarlik qilish

c) Qur’on o’qish, ta’lim berish

To’g’ri Javob: Tirnoq olish, tuklarni qirish

Izoh: Junublikda (ya’ni, jinsiy aloqadan so‘ng yoki uyquda bulg‘anib qolganda) kindik osti tuklarini tozalash, tirnoq olish makruhdir, bu ishlarni g‘usldan so‘ng bajarish kerak. Junub kishi tirnoq olishi, tuklarni qirishi, qon oldirishi, kindik osti va qo‘ltig‘ini tozalashi, vujudidan har qanday parchani uzib olishi mumkin emas. Chunki barcha a’zolar qiyomatda tirilganida yuvilmay qolgan yoki shu holatda olib tashlangan har bir narsa junub holda bo‘ladi.

Junub holdagi kishilar avval qo‘llarini, keyin og‘izlarini yuvib ovqatlanishlari, namoz vaqtini o‘tkazmaslikka ko‘zi yetsa, uxlashlari mumkin. Emizikli ayolning bolasi yig‘lasa, g‘uslga fursati bo‘lmasa, ko‘kragini yuvib emizsa bo‘ladi.

Junub bo‘lgan odamning uxlashdan oldin tahorat olishini ba’zilar mustahab, deyishgan («Ayollar fiqhi»).
12. Rasululloh SAV tavsiyalariga ko’ra, g’usl uchun ishlatilishi kerak bo’lgan suv miqdori qancha?

a) 1 so’ (taxminan 4,5 litr)

b) 3 mud (taxminan 3 litr)

c) 2 so’ (taxminan 10 litr)

To’g’ri Javob: 1 so’ (taxminan 4,5 litr)

Izoh: Abu Ja’far aytadilar: «Jobir huzurida bir jamoa kishilar bor edi, ulardan biri g‘usl to‘g‘risida so‘radi. «Senga bir so’ suv kifoya qiladi»,— dedi Jobir. «Menga kifoya qilmaydi»,— dedi u. Shunda Jobir: «Sendan ko‘ra sochi ko‘proq, o‘zi yaxshiroq kishiga (Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga, demoqchi) ham kifoya qilgan edi»,— dedi. Keyin yupun kiyingan holda imomatga o‘tdi». («Sahihul Buxoriy»)
13. Ayollarning soch, tirnoq va lab bo’yoqlari g’uslga monelik qiladimi?

a) soch bo’yoqlari g’uslga monelik qilmaydi, tirnoq va lab bo’yoqlarini g’usldan avval tozalash kerak.

b) xinadan boshqa soch bo’yoqlari sochda qatlam hosil qilganligi uchun g’uslga monelik qiladi, ayollar tirnog‘idagi, lablaridagi bo‘yoqlarni ketkazishlari kerak, aks holda g‘usllari g‘usl hisob qilinmaydi.

c) agar soch, tirnoq va lab bo’yoqlaridan foydalanishdan avval ayol g’usl qilgan bo’lsa, joiz.

To’g’ri Javob: xinadan boshqa soch bo’yoqlari sochda qatlam hosil qilganligi uchun g’uslga monelik qiladi, ayollar tirnog‘idagi, lablaridagi bo‘yoqlarni ketkazishlari kerak, aks holda g‘usllari g‘usl hisob qilinmaydi.

Izoh: Agar bo‘yoq soch tolalari ustida qatlamni tashkil qilsa, g‘uslga mone’ bo‘ladi. Dorishunoslar esa xinadan boshqa barcha bo‘yoqlar qatlam hosil qilishini tasdiqlashgan. Shuning uchun xinadan boshqa sun’iy bo‘yoqlarni soch bo‘yashda ishlatish joiz emas.

Shuningdek, tirnoq ustiga surilgan bo‘yoq ham g‘uslga mone’ hisoblanadi. Ayollar g‘usl qilayotganida tirnog‘idagi, lablaridagi bo‘yoqlarni ketkazishlari kerak, aks holda g‘usllari g‘usl hisob qilinmaydi. («Dinda savolim bor»)

14. Musofir odam oyoq kiyimiga mahs tortib qancha yurishi mumkin?

a) 1 kecha-kunduz

b) 2 kecha-kunduz

c) 3 kecha-kunduz

To’g’ri Javob: 3 kecha-kunduz

Izoh: Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) qilingan rivoyatda Rasululloh (s.a.v.): «Musofir (oyoq kiyimiga) uch kecha-kunduz mash tortadi, muqim esa bir kecha-kunduz», deb aytdilar.

Mo‘‘min kishi sovuq paytda bir kecha-kunduz miqdorida oyog‘iga kiygan etik, maxsini yechmasdan, tahorat olganda mash tortishi ham durust. Ammo musofir bo‘lsa uch kecha-kunduz maxsisini yechmay, mash tortishi mumkin. Zarurat va xavf-xatar tug‘ilgan paytlarda uch kecha-kunduzdan ko‘proq vaqt o‘tsa ham mash tortish joiz. Xavf-xatar tugashi bilan maxsisini yechib, yangidan tahorat olib, oyoqlarini yuvadi. Oyoq-yalang bo‘lganda oyoq yuviladi, masx tortish mumkin emas. («Sof islomiy aqida»)

15. Mash tortishning farzi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

a) Qo‘lning kichik barmoqlaridan uchtasi miqdoricha ikki qadamning ustiga nam qo‘l bilan silash.

b) Oyoq kiyimning kamida to’rtdan biriga nam tegmoqligi.

c) Mash tortish sunnat amal, uning farzlari yo’q.

To’g’ri Javob: Qo‘lning kichik barmoqlaridan uchtasi miqdoricha ikki qadamning ustiga nam qo‘l bilan silash.

Izoh: Qo‘lning kichik barmoqlaridan uchtasi miqdoricha ikki qadamning ustiga nam qo‘l bilan silamoqlik mashning farzidir. Oyoqning ostiga yoki yonlariga mash tortish durust emas.

(Mash tortishlik sunnat amal hisoblansa ham, uning ichida xuddi sunnat namozlarining ichida farzlar bo‘lganga o‘xshagan farzi bor. – tarj.) («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

16. Muqim odam peshinda tahorat qildi va mahsi kiydi. Tahorati asrda sindi va qayta tahorat qilib, mahsisiga mahs tortdi. Endi u qachongacha mahs tortishi mumkin?

a) ertasi kungi bomdodgacha

b) ertasi kungi peshingacha

c) ertasi kungi asrgacha.

To’g’ri Javob: ertasi kungi asrgacha.

Izoh: Muqim uchun mash tortib yurish muddati bir kecha-kunduz, ya’ni yigirma to‘rt soat bo‘lsa, musofir uchun uch-kecha kunduz, ya’ni yetmish ikki soat hisoblanadi. Bu vaqt tahorat singandan boshlab e’tiborga olinadi. Misol uchun bir kishi subhda tahorat oldi-da, mahsini kiydi va shu tahorati peshinda sindi. Demak, bunda u yangi tahorat qiladi, oyog‘iga mash tortadi va keyingi kunning peshin namozigacha oyog‘iga mash torta oladi, agar musofir bo‘lsa, uchinchi kunning peshinigacha mash tortishi mumkin. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)
17. Quyidagi qaysi holatlarda tayammum lozim bo’lmaydi?

a) Yarim soatlik yoki undan ko‘proq yo‘l orasida suvning yo‘qligi; suv bor yerda dushman yoki yirtqich hayvonning xavfi bo‘lsa

b) Suv o‘ta sovuq bo‘lib, isitadigan sharoit bo‘lmasa va shu suv insonga aziyat yetkazib qo‘yadigan darajada bo‘lsa; agar suvda tahorat qilsa-yu, o‘zi yoki sherigi va hatto hayvoni chanqab, halokatga uchrashi xavfi bo‘lsa.

c) Hamma sharoitlar bor-u, lekin tahorat qilib kelguncha juma qazo bo‘lsa.

To’g’ri Javob: Hamma sharoitlar bor-u, lekin tahorat qilib kelguncha juma qazo bo‘lsa.

Izoh: Tayammum qilish lozim bo‘lgan sabablar:

1. Yarim soatlik yoki undan ko‘proq yo‘l orasida suvning yo‘qligi. Bu taxminan ikki chaqirimni tashkil etadi, bir chaqirim to‘qqiz yuz metrdir.

2. Kasallikdan yoki uning ziyoda bo‘lishidan va yo davoning sekinlashidan tashvish bo‘lsa.

3. Suv o‘ta sovuq bo‘lib, isitadigan sharoit bo‘lmasa va shu suv insonga aziyat yetkazib qo‘yadigan darajada bo‘lsa.

4. Agar suvda tahorat qilsa-yu, o‘zi yoki sherigi va hatto hayvoni chanqab, halokatga uchrashi xavfi bo‘lsa.

5. Hamma sharoitlar bor-u, lekin tahorat qilib kelguncha iyd yoki janoza namozlari o‘qib qo‘yilishi ehtimoli bo‘lsa ham, tayammum qilinadi. Chunki bu namozlar qazo bo‘lsa, o‘rniga o‘qiladigan namoz yo‘q. Ammo juma namoziga yeta olmasligini bilsa ham, tahorat qiladi, chunki agar juma qazo bo‘lsa, uning o‘rniga peshin o‘qilishi mumkin. Agar namoz qazo bo‘lishi ehtimoli yuzaga chiqsa, vaqtni ehtirom qilish yuzasidan tayammum bilan o‘qishi joiz. Lekin baribir tahorati yo‘q bo‘lsa, tahorat olib yoki junublik yetgan bo‘lsa, g‘usl qilib qaytadan o‘qiydi. Chunki tayammum qilishga sabab mavjud emas.

(Quduqda suv bor-u, lekin uni chiqarib olishga asbob yo‘q, bu o‘rinda ham tayammum qilinadi. Ammo suvni chiqarishga asbob bo‘lsa, tayammum qilinmaydi, agar jamoat ko‘p bo‘lib, har birlari tahorat olgunlaricha namoz vaqti chiqib ketsa ham. Chunki buholatda ham tayammum qilishga sabab topilmayapti. Suv bor yerda dushman yoki yirtqich hayvonning xavfi bo‘lsa ham, tayammum qilinadi. -tarj.) («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)
18. Quyidagilardan qaysi biri tayammumning sunnatlariga kirmaydi?

b) “Bismillah”ni aytmoq

c) Mashni o‘ng qo‘ldan boshlamoq

To’g’ri Javob: Niyat qilmoq

Izoh: «Bismillah. »ni aytmoq, zarbni kaftning ichi bilan qilmoq, qo‘ldagi changlarni silkitib tashlamoq, tartib bilan qilmoq, ya’ni avval yuzga mash tortib, keyin qo‘lga mash tortmoq, ketma-ket qilmoq, ya’ni niyat qilib tayammumni boshlagach, to tugaguncha boshqa amalni qo‘shmaslik, soqol va barmoqlar orasiga xilol qilmoqlik, keng uzuk bo‘lsa, uni qimirlatib ostiga mash yetkazmoq, ammo uzuk tor bo‘lsa yoki soatga o‘xshash narsalar bo‘lsa, ularni tayammumdan oldin yechib qo‘yish kerak, chunki ularning ostiga mash yetmaydi, mashni o‘ng qo‘ldan boshlamoq, bularning hammasi sunnat hisoblanadi. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)
19. Quyidagilardan qaysi biriga tayammum qilish mumkin emas?

a) pokiza tuproq, qum

b) pokiza ohak, bo’r, tosh

c) pokiza yog’och, yaproq

d) b va c javoblar to’g’ri

To’g’ri Javob: pokiza yog’och, yaproq

Izoh: Yer jinsidan bo‘lgan hamma narsa – toza tuproq, qum, bo‘r, ohak, tosh kabi narsalar bilan tayammum qilish mumkin. Bularning hammasidagi asosiy shart – ular pokiza bo‘lishi kerak. Bular – Imom A’zam va Imom Muhammadning nazdlarida. («Dinda savolim bor»)
20. Suv ham, tayammum uchun pok narsa ham topolmagan kishi namozini qanday ado etadi?

a) to pok bo’lmaguncha namozlarini o’qimaydi.

b) namoz payti kirganida joynamoz ustida huddi namozga o‘tirgandek o‘tiradi. So‘ng suv yoki tayammum uchun pok narsa topilsa, qazo niyati bilan namozini o‘qiydi.

c) namozni o’tkazib yubormaslik uchun niyat qilib, imo-ishora bilan o’qiyveradi. Poklangandan keyin esa boshqatdan o’qib oladi.

To’g’ri Javob: namoz payti kirganida joynamoz ustida huddi namozga o‘tirgandek o‘tiradi. So‘ng suv yoki tayammum uchun pok narsa topilsa, qazo niyati bilan namozini o‘qiydi.

Izoh: Suv ham, tayammum uchun pok narsa ham topolmagan kishi namoz payti kirganida joynamoz ustida huddi namozga o‘tirgandek o‘tiradi. So‘ng suv yoki tayammum uchun pok narsa topilsa, qazo niyati bilan namozini o‘qiydi. («Radd ul-muxtor»)
“Biz Islomni bilamizmi?” tanlovi yakuniy natijalari

Nik nomi To’plagan bali
1. Muslima 955 ball
2. NOZA 950 ball
3. Dilmurod Majidov 915 ball
4. Akbar 905 ball
5. Shoir 905 ball
6. Lolo 855 ball
7. Anisa 845 ball
8. Muhammad Ibrohim 830 ball
9. Abdulloh90 810 ball
10. Isroilov Farhod 805 ball
11. Dilnoza Mirsaidova 770 ball
12. Robiya 630 ball
13. Musannif Adham 615 ball
14. Huzayfa_89 535 ball
15. Muxsina 530 ball
16. Mastura Islom 490 ball
17. Sita 485 ball
18. Sarah Mann 480 ball
19. KWL 435 ball
20. Abdulatif 410 ball
21. Olimxon 375 ball
22. Alisher Abdullayev 350 ball
23. Dilshod ibn Hamid 335 ball
24. Sakina 305 ball
25. Abdurrahmon 290 ball
26. Y_U_R_I_S_T 275 ball
27. Guli Iskandarova 260 ball
28. Ilhom Ahmadjonov 260 ball
29. Kamronbek 260 ball
30. Asadulloh 250 ball
31. Nurulla Mukhamedov 245 ball
32. Muzayyana 230 ball
33. Fazilat 220 ball
34. Maryam Isaboyeva 215 ball
35. Abduxoliq 165 ball
36. Oysha 160 ball
37. Mubashsher 160 ball
38. Ummatiy Muhammadiy 155 ball
39. Nozima G’aniyeva 135 ball
40. Muhammad Murod 120 ball
41. Habibullayev Ulug’bek 105 ball
42. Naimjon 105 ball
43. Ulugbek-Uz 100 ball
44. Baxtiyor Xonkeldiyev 85 ball
45. Mars 85 ball
46. Umid Xalilov 75 ball
47. Salmoni Forsiy 55 ball
48. Halim 50 ball
49. Munira Rozikova 50 ball
50. Azimjon Madrahimov 45 ball
51. Mis_Shoira 35 ball
52. Sherzodjon 35 ball

Biz islomni bilamizmi?” viktorinasi haqida administrator ma’lumoti:
Assalomu alaykum!

Mana, Allohning karami va inoyati ila, “Biz Islomni bilamizmi?” tanlovimizning 1-bosqichi ham o’z nihoyasiga yetdi.

Bu tanlovimiz, 77 kun davom etib, unda 200 ta savol berildi. Tanlovda 52 kishi bevosita ishtirok etdi, yana yuzlab muxlislar savol va javoblarni kuzatib, ilm hosil qilganliklari haqida yozishdi.

“Biz islomni bilamizmi?” viktorinasi ko’p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Turdan turga ishtirokchilarning bilim saviyasi oshib borganini kuzatish mumkin edi.

Hakamlar hay’zati a’zolari – Diydor opa va Munira opa bilan birgalikda savollarni saralash, javoblarni hisoblash va boshqa tashkiliy ishlarni bajardik. O’z navbatida ularga ham muxlislarning tashakkurlarini izhor etmoqchiman.
Viktorinaning har bir turida faol ishtirok etgan Muslima, Noza, Dilmurod Majidov, Akbar, Shoir, Lolo, Muhammad Ibrohim, Abdulloh90, Farhod Isroilov, Dilnoza Mirsaidova, Huzayfa89 ga o’z minnatdorligimizni izhor etamiz. Birinchi turda ishtirok etolmagan bo’lsa-da, Anisa ham javoblari va savollari bilan viktorinada faol ishtirok etdi.
Negadir 5-6 turda judayam faol bo’lgan, uzerlarimiz keyingi turlarda kamnamo bo’lib qoldilar. ularga keyingi bo’ladigan bosqichlarda faollik va yuksak ilm martabasini tilaymiz.
Bizga o’z savollari bilan katta yordam bergan Munira xonim, Diydor, Muslima, Noza, Maryam Isabayeva, KWL, Farhod Isroilov, Dilmurod Majidov, Muhammad Ibrohim, Anisa, Asadulloh, Abdulloh90, Lolo, Sarah Mann, Olimxon, Muxsina, Alisher Abdullayev, Robiyaga ham alohida minnatdorlik bildiramiz.
Hozircha quyidagi ishtirokchilarga sovg’alarni taqdim etmoqchimiz. Inshaalloh, yana imkon bo’lganda boshqa qatnashchilarni ham taqdirlaymiz.
1-o’rinni egallagan Muslima ga diplom (esdaliknoma), Mushaf va kassetalar to’plami (al-Qahtoniy) va Hadis va hayot: Payg’ambarlar qissasi kitobi taqdim etiladi.
2-o’rinni egallagan Noza ga diplom (esdaliknoma), Qur’oni karim tajvidi kassetasi va Hadis va hayot: Nubuvvat xonadoni xonimlari kitobi taqdim etiladi.
3-o’rinni egallagan Dilmurod Majidovga diplom (esdaliknoma), Qur’oni karim tafsiri (Alouddin Mansur) va Saodat asri qissalari (4 ta kitob) taqdim etiladi.
4-o’rinni egallagan Akbarga diplom (esdaliknoma), Saodat asri qissalari va Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat kitobi taqdim etiladi.
5-o’rinni egallagan Shoirga diplom (esdaliknoma), Hadis va hayot: Payg’ambarlar qissasi kitobi taqdim etiladi.
Sovg’alarimiz hozircha shulardan iborat. Kam bo’lsa-da ko’p o’rnida qabul qilasizlar.
Inshaalloh, keyingi bosqich sentabr oyida boshlanadi.

Davronbek Tojialiyev (AbdulAziz)

Ziyo istagan qalblar uchun Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?

Tahajjud namozini qanday o’qish kerak

Tahajjud – bu barcha musulmonlar uchun tavsiya qilingan (lekin shart emas) maxsus Islomiy ibodat. Tahajjud o’qilgandan keyin o’qiladi (tungi farz) va bomdoddan (farz bomdod namozi) oldin. Bu shuni anglatadiki, odam Tahajjud namozini o’qish uchun uyg’onishi kerak. Agar iloji bo’lsa, Tahajjudni bajarish uchun eng ma’qul bo’lgan vaqt yarim tundan Bomdodgacha, tercihen kechaning so’nggi uchdan birida. Tahajjud ixtiyoriy bo’lsa-da, aksariyat dindor musulmonlar buni o’zlarining sodiqliklarining belgisi va Xudodan qutulish va kechirim topish imkoniyati sifatida buni kundalik hayotlarining bir qismiga aylantirishga harakat qilishadi. Payg’ambarimiz Muhammadning ko’rsatmalariga binoan Tahajjudni qanday talaffuz qilishni o’rganish uchun ushbu maqolani o’qing.

Qadamlar

3 qismning 1-qismi: Namozga tayyorgarlik

  • Agar siz uyg’onish va tahajjud qilish uchun bor kuchingizni sarflagan bo’lsangiz, lekin tasodifan tun bo’yi uxlab qolgan bo’lsangiz, o’zingizni ayblamang. Hadislarga binoan, Alloh taolo sizning tahajjudga bo’lgan haqiqiy niyatingizni biladi va sizga rahm-shafqat sifatida uxlaydi.
  • Yuzingizni yuving
  • Qo’llaringizni va qo’llaringizni tirsagingizga qadar yuving
  • Boshingizni arting (niqob)
  • Oyoqlaringizni to’piqgacha yuving
  • Iltimos, unutmangki, ko’plab musulmonlar (shu jumladan Muhammad payg’ambar) Tahajjuddan oldin og’zini va tishlarini yuvishadi.
  • Aniqlik uchun Tahajjud namozini o’qish uchun sizga maxsus joy, masalan, masjid yoki uyingizdagi bejirim bezatilgan xona kerak emas. Faqat Allohning qadr-qimmati uchun toza va munosib joy kerak. Bu hatto sizning xonangiz bo’lishi mumkin.

3-qismning 2-qismi: Tahajjudni talaffuz qilish

  1. Namoz o’qish niyatingizni ayting. Namozni o’qishni boshlashdan oldin, Tahajjudni ado etayotganingiz haqida o’zingizga yakuniy fikr bildiring. Tahajjudni qanday maxsus usulda yakunlashingiz haqida qaror qabul qiling va nima uchun masalan, Allohni ulug’lash yoki Undan kechirim so’rash uchun Tahajjud qilasiz. Ushbu bayonotni baland ovoz bilan qilishingiz shart emas; Alloh nima deb o’ylayotganingizni biladi, sizning niyatingiz siz uchun aniq bo’lsa, unga aniq bo’ladi.
    • Tahajjud odatda namozning bir necha rakaat (tsikllari) ni takrorlash orqali amalga oshiriladi, bu musulmonlar har kungi majburiy namozlarida foydalanadilar. Tahajjud uchun rakatlar odatda juft bo’lib o’qiladi, shuning uchun siz bu safar necha rakat o’qiydiganingizni aniq belgilashingiz kerak. Qo’shimcha ma’lumot olish uchun o’qing.
  2. Ikki rakat o’qing. Tahajjudni boshlash uchun ikki rakaat namoz o’qing. Namoz tik turish va Qur’oni karim oyatlarini o’qish bilan boshlanadi. Keyin namoz, xuddi Xudoning buyrug’ini kutayotgandek, qo’llarini tizzalariga qo’yib, egilib bosh egishni davom ettiradi, peshonasi, burni va kaftlari bilan erga tegadi; shu bilan birga, tirsaklarni ko’tarib, oyoqlarini o’zlari ostiga buklash kerak (namoz tizzasida o’tiradi). Shundan so’ng, siz o’rnidan turib, “Alloh Akbar” deyishingiz kerak. Namozning ushbu tavsifi umumlashtirilgan; agar siz namozni qanday to’g’ri o’qishni bilmasangiz, Tahajjud qilishdan oldin ushbu maqolaning ikkinchi usulini o’rganing.
    • Payg’ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi va sallamning Tahajjud odatlariga amal qilish uchun har bir rakatdan keyin quyidagi suralarni o’qishni o’ylab ko’ring:
      • Fotihning birinchi rakatini o’qigandan so’ng, “Kafirun” surasini o’qing.
      • Fotihning ikkinchi rakatini o’qiganingizdan so’ng, “Al-Ixlos” surasini o’qing.
  3. Rakatni xohlaganingizcha takrorlang. Umuman olganda, to’g’ri tahajjud uchun ikki rakat talab qilinadigan minimal miqdor hisoblanadi. Biroq, ular siz xohlagancha takrorlanishi mumkin. Masalan, hadislarga binoan, Muhammad payg’ambar Tahajjud paytida ko’pincha o’n uch rakaatgacha o’qigan. Aksariyat musulmonlar Tahajjud uchun rakatlarni juft qilib o’qiydilar va sakkiz rak’at ko’p son hisoblanadi. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, aksariyat musulmonlar ikki, to’rt, olti yoki sakkiz rakaat o’qiydilar, garchi undan ko’prog’i harom qilinmasa.
    • Agar imkoningiz bo’lsa, Al-Bakara, An-Nisa yoki Ali-Imron kabi uzoq suralar juda qadrlanadi, hatto ular bilan vaqti-vaqti bilan ishlashingiz mumkin bo’lsa ham.
    • Payg’ambarimiz Muhammadga taqlid qilib, Tahajjud o’qiyotganda tong yaqinlashayotganini sezsangiz, bir rakat Vitr qilib (farz bomdoddan oldin o’qiladigan bomdod namozi) o’qib tugatishingiz mumkin.
  4. Rakatlardan keyin o’zingizning namozingizni qo’shing. Namoz uchun belgilangan rak’atlar sonini to’ldirgandan so’ng, samimiy, ehtiromli va Allohga to’liq sadoqatli bo’lish sharti bilan o’zingiz xohlagan har qanday ibodatni qo’shishingiz mumkin. Siz Allohga qo’shimcha minnatdorchilik va hamdu sanolar aytishingiz, kuch va hidoyat so’rashingiz yoki yordam so’rashingiz mumkin. Masalan, rakatlarni o’qib bo’lgach, siz qiyin kunlarni boshdan kechirayotgan do’stingizga yoki boshqa odamga omad tilashingiz mumkin. Sizning har qanday ibodatlaringiz eshitiladi va Allohning irodasi bilan sizning duoingiz ijobat bo’ladi.
  5. Agar Tahajjudni tugatishdan charchagan bo’lsangiz, yana yotishga boring. Tahajjud odatdagi uyquni to’xtatganligi sababli, ibodat o’qiyotganda charchashingiz mumkin. Agar siz juda charchagan bo’lsangiz, ibodatingizni o’qiyotganingizda aytayotgan so’zlaringizni unutib qo’ysangiz yoki Tahajjud o’rtasida dovdiray boshlasangiz, namozni tugatishga urinmang. Bu holda, hadisga binoan, Xudo Tahajjudni yakunlashga samimiy tayyorligingizni belgilaydi. Siz uyalishingizdan yoki uyalishingizdan qaytmasdan yotishingiz mumkin.

3-qismning 3-qismi: Tahajjudni o’rganish

  1. Muhammadning Tahajjudga rioya qilganligi haqidagi oyatlarni o’qing. Tahajjud namozining o’ziga xos ahamiyatini chuqurroq anglash uchun siz Islomiy kitobdagi ko’plab ibodatlarning har qandayidan maslahat olishingiz mumkin. Xususan, Tahajjud Qur’onda zikr qilingan va hadislarda ko’p muhokama qilingan. Din tarixi davomida islom ulamolari ijodida ham namoz muhokama qilingan.
    • Boshlash uchun Sahih Buxoriydan 21-kitobni (Kecha uchun ibodat) o’qib ko’ring. Ushbu kitobdagi 70 ta hadisda Payg’ambarimiz Tahajjud o’qish paytida urf-odatlari tasvirlangan. Tahajjud haqidagi sharh Qur’onning bir necha qismida, jumladan, 17:79 va 39: 9-suralarida keltirilgan.
  2. Oilangiz bilan Tahajjud qilishni o’ylab ko’ring. Musulmon oilalar Tahajjud namozini bir-birlari bilan birgalikda o’qishlariga da’vat etiladi, chunki Muhammad ham, uning rafiqasi Oysha ham er va xotinlar birgalikda Tahajjud o’qishni tavsiya qiladilar. Oilaviy ravishda Tahajjud qilish, Allohga sadoqat bilan bir-biringizga yaqinlashishga va ibodatlarda birdamlik ko’rsatishga imkon beradi. Agar siz namozni birga o’qishni xohlasangiz, Tahajjudni birga o’qishni rejalashtirgan birinchi kechadan oldin turmush o’rtog’ingiz va / yoki bolalaringizdan sizga qo’shilishlarini so’rang. Keyin, agar kerak bo’lsa, ularni uyg’otib, birgalikda jim ibodat bilan Allohning cheksiz ulug’vorligini nishonlang. O’n yoshdan oshgan bolalarni Tahajjud namoziga diqqat bilan o’rgatish kerak. Agar sizning bolangizga yarim tunda uyg’onish qiyin bo’lsa, buning uchun uni jazolashning hojati yo’q. Asosiysi, bolalar bomdodni tutib, boshqa ibodatlarni o’qiydilar.
    • Odatda Tahajjudni amalga oshiradigan oilalar, uyquni talab qiladigan oila a’zolari uchun istisnolar qilishadi. Bu yosh bolalar, kasallar va qariyalarga tegishli.
  3. Tahajjud namozini o’qishda Muhammaddan o’rnak oling. Barcha musulmonlar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning muhri Muhammadga taqlid qilib yashashga da’vat etiladi. Agar siz tahajjudni qanday talaffuz qilish bo’yicha ko’rsatma izlayotgan bo’lsangiz, siz Muhammadning usullarini o’rganishingiz va kundalik hayotingizda ushbu urf-odatlarga amal qilishga harakat qilishingiz mumkin. Tahajjudda Payg’ambarga taqlid qilib, musulmonlar ularga taqdim etilgan mukammal idealga intilishlari va shu bilan Allohga yaqinlashishlari mumkin.
    • Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, agar siz Muhammadning Tahajjud namozini o’qish usullari haqida ma’lumot qidirsangiz, Sahih Buxoriyning 21-kitobidan boshlang.
  4. Tahajjudni kunlik ishingizga aylantiring. Tahajjud farz namozi bo’lmaganligi sababli, albatta, har bir musulmon uni o’qishni majbur qilmasligi kerak. Biroq, ko’plab musulmonlar Tahajjud bilan muntazam shug’ullanishni afzal ko’rishadi (agar har oqshom bo’lmasa). Tahajjud o’qish ham barcha ibodatlar singari, Allohga yaqinroq bo’lish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, Tahajjud ko’pincha Xudoning mag’firat va gunohni kechirish in’omi bilan bog’liq bo’lib, bu har kuni sodir bo’ladigan kichik muvaffaqiyatsizliklar, gunohlar va yomon ishlar uchun kafforatning ajoyib usuli hisoblanadi. Agar siz Tahajjudni hayotingizning bir qismiga aylantirishga qiziqsangiz, sizni kechasi uyg’otish uchun mudroq signalini o’rnatishga urinib ko’rishingiz mumkin. Zamonaviy telefonlar ushbu ibodatni sizning uyingizda topishi mumkin.

Maslahat

  • Niyatingizni yuragingizda saqlang. Odam qalbida qaror qabul qilish bilan, o’z niyatini amalga oshiradi. Shuning uchun, kimdir niyatni amalga oshirishni xohlasa, uni baland ovoz bilan gapirish buyurilmagan. Aksincha, niyatni baland ovoz bilan aytish Allohning Kitobida ham, Payg’ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) ning sunnatlarida ham bo’lmagan va bu uning biron biridan yuqmagan yangilikdir. Sahaba (Alloh hammalaridan rozi bo’lsin). Qarang: ash-Sharh al-Mumti ‘, 2/283.
  • Siz bilgan bir musulmondan talaffuzda sizga yordam berishini so’rang.
  • Ehtiyot bo’ling, chunki ibodat qilishdan oldin niyatni baland ovoz bilan aytish yangilik (yangilik) hisoblanadi!

Shunga o’xshash maqolalar

  • Qanday qilib musulmon bo’lish kerak
  • Qanday qilib yaxshi musulmon qiziga aylanish mumkin
  • Qanday qilib musulmon pardasida jozibali ko’rinish
  • Qanday qilib musulmon bo’lish kerak?
  • Qanday qilib haqiqiy mo’min musulmon bo’lish mumkin

Qiziqarli malumotlar
Biz islomni bilamizmi