Biz haqimizda ko proq ma lumot

Biz haqimizda ko proq ma lumot

Ko’ylakni to’liq qurimasidan dazmollagan ma’qul. Yoqasini avval tashqi tarafdan dazmollash kerak. So’ng ichkari tomoni dazmollanadi. Ko’ylak yoqasi buklanib chizig’i bo’ylab dazmollanmaydi.

Erkaklar kiyimlarini tog’ri dazmollashdagi kichik qoidalar

Kiyimni dazmollash oson deb o’ylasangiz, bilingki, hamma ham buning uddasidan chiqavermaydi. Quyida dazmol qilish chog’ida kerakli bo’lgan qoidalar bilan tanishtiramiz.

Yoqali ko’ylak

Yuvilishi. Bilamizki, klassik uslubdagi ko’ylaklar alohida yuviladi. Bunda ko’ylak yoqasi va yenglarini chotka bilan ishqalab tozalash kerak. Bordi-yu ko’ylak ishqalab yuvilsa, yoqa va yeng matosi bukilib ko’rinishini yo’qotadi. Yuvilgan ko’ylak ilgakka ilingan holatda quritilishi kerak.

Ko’ylakni to’liq qurimasidan dazmollagan ma’qul. Yoqasini avval tashqi tarafdan dazmollash kerak. So’ng ichkari tomoni dazmollanadi. Ko’ylak yoqasi buklanib chizig’i bo’ylab dazmollanmaydi.

Ko’ylakning yengi uzun bo’lsa, avval manjetini dazmollash kerak. Huddi yoqasini dazmollagandek avval tashqarisidan so’ng ichkarisidan dazmollanadi. Tugma tikilgan qismi ko’ylak kiyilgandek ko’rinishga keltirilib, ustidan yengil dazmollanadi.

Old qismini. O’ng tarafining pastki qismidan boshlab yuqoriga qarata dazmollang. Bunda matoning qalin yoki yupqaligiga ko’ra tashqari va ichkarisidan dazmol bosiladi. Tugmali joyining orasiga ko’proq ahamiyat qarating. So’ng chap tarafini ham pasdan yuqoriga qarab dazmollang.

Orqa qismi. Ko’ylak orqa qismi keng bichimda bo’lgani bois dazmollash uchun qulay. Bunda ishni chap tarafdagi chok tushirilgan qismidan o’ng taraf bo’ylab harakatlantiriladi. Dazmol harakatini ko’ylak qismlari birlashtirilgan choklar usti bo’ylab yurgizing.

Klassik uslubdagi shim

Yuvilishi. Klassik uslubdagi shimni ivitib yuvish tavsiya etilmaydi. Bunda matoning asl ko’rinishiga zarar yetib, o’z shaklini yo’qotishi mumkin. Chiziq tushirilgan shimlarni namlangan cho’tka yordamida tozalagan ma’qul. Matosining qalin yoki yupqaligiga ahamiyat bering. Chunki yupqa matoda suv dog’lari saqlanib qoladi. Shu bois uni orqa tarafdan tozalash lozim.

Shimni quritish uchun ilgichdan foydalaning. Shimning chizig’ini tekislab ilgichga iling-da, quriting. Matosini ochib kir osadigan arqonga yoymang.

Klassik uslubdagi shimlarga o’ta ehtiyotkorlik bilan dazmol bosish kerak. Ayniqsa yupqa matolisini avval ichki tarafdan dazmollab, so’ng past bosimda usti dazmollanadi.

– Shim chizigini to’g’irlab, dazmol stoliga uzunasiga qo’ying;

– Agar tizza qismida matodan buklamlar bo’lsa, dastlab o’sha qismiga dazmol bosing.

– Dazmolni shimning pastki qismidan boshlab, yuqoriga qarata yurgizing. Avval bir tarafining ust qismini dazmollab,so’ng buklangan ikkinchi tarafini dazmollang. Shu tartibda shimni boshqa tarafga o’girib ishni bajaring.

– O’rtasidagi chizig’i tekis chiqishi uchun orqa tarafdan bilintirmay sovun bilan chiziq chizish mumkin. Chizilgan chiziq bilan avval teskari tarafdan, so’ng old tomonidan dazmollanadi. Dazmollangan shim o’z ko’rinishini yo’qotmasligi uchun ilgichga osing.

Mavsumiy kostyumlar

Tozalash. Iliq suvga chotkani namlab, kostyum matosining ustki qismidan yurgiziladi. Agar biror yerida dog’ bo’lsa, yumshoq rangsiz matoni iliq suvda namlab, dog’ qismi artiladi.

Nam sho’tkada tozalaganingizdan so’ng, albatta, ilgakka ilib ochiq joyda quriting. Tozalagach, darxol kiyim javoniga qo’ysangiz, matosi yaxshi qurimay nam hidi o’rnashib qoladi.

Dazmollash. Kostyum matosi yupqa bo’lsa, uni avval ichki tarafdan dazmollang. Qalin matoli kostyumlar esa osilgan holatda tozalab quritiladi.

-kostyumni o’rta bosimda orqa qismning ichki tarafini dazmollashdan boshlang. Asosiy e’tibor kostyumning pastki sohasiga qaratiladi.

-old qismini dazmollashda ham yuqoridagi usuldan foydalanish mumkin. Bunda oldi qismining yoqasi bilan tutashgan sohasiga diqqat qiling. Aynan mana shu qismida matodan mayda burmalar hosil bo’ladi.

Yenglarini dazmollash uchun mahsus tirgakni yengichiga joylab so’ng dazmol bosing. Shunda matoga chiziq tushurmay tekis dazmollanadi.

Tozalash. Bo’yinbog’ matosida dog’ qolishini hisobgaolib, suvda yuvish tavsiya etilmaydi. Yaxshisi bo’yinbog’ning dog’ tekkanqisminigina namlangan mato bilan artibquritish kerak.

– Agar galstuk matosi g’ijimlangan bo’lsa, bog’lam qismini ichkariga qaratib o’rang va yig’ilgan dumaloq o’ram shakliga keltiring. Shu ko’rinishda 15-20 daqiqa qoldiring.

– Galstukni dazmollashdan avval tagiga qattiqroq qog’ozni qo’yib, ustiga namlangan dokani yoping va dazmollashni boshlashingiz mumkin.

Djinsi shimlar

Tozalash: jinsi matosining ham turli ko’rinishlari mavjud. Ba’zilarining rangi chiqadi, ba’zilariga esa suvning ta’siri bilinmaydi. Jinsi matosidan ishlangan shimlarni yuvishda alohida idishga suv to’ldirib, iliq suvda ivitiladi. Kimdir suvga ozroq tuz solib rangi chiqishidan himoyalansa, yana kimlardir faqatgina cho’tka yordamida ishqalaydi.

Shimni quritish uchun shakliga ta’sir etmaydigan ko’rinishda ilinishiga ahamiyat bering.

Dazmollash. Jinsi matosini dazmollashda shimning teskarisini o’giring.

Dazmol stoliga shimning bir tarafini tekis yoyib choklarini to’g’irlang. Dazmolni shimning pastki qismidan boshlab, yuqoriga qarata yurgizing. Agar tizza qismida matoning tortilishi yoki kengayishi bo’lsa, o’sha qimiga ko’proq dazmol ishlating.

Ikkala tarafini dazmollagach, cho’ntaklarini ichki tarafidan tekislang. Endi shimning o’ngini o’g’irib, ustidan avvalgi harakatlaringizni takrorlang.

Djinsi matosi dag’al bo’lgani bilan dazmol haroratida kuyib, rangi o’zgarishi mumkin. Shu bois haroratni o’rtacha bo’lishiga e’tibor qarating.

Biz haqimizda ko’proq ma’lumot

RIZESPORT.UZ sport tovarlari onlayn-do’koni Toshkent, viloyat va O’zbekistonning boshqa mintaqalarida yetkazib berish bilan birga turli xil mahsulotlarni taklif etadi. Biz chakana xaridorlar va ulgurji xaridorlar bilan ishlaymiz. To’lovlarning xilma-xilligi tovarlarni sotib olish jarayonini ancha soddalashtiradi. Chegirmalarning moslashuvchan tizimi mavjud.

Jamiyatimiz tobora passiv turmush tarzidan faol hayot tarziga o’tmoqda. Bugungi kunda sog’lom, chiroyli va aqlli odamlar moda. Sport u yoki bu darajada har bir inson hayotida mavjud. Kimdir har kuni sport zalida mashq qiladi, kimdir uyda mashq qilishni afzal ko’radi. Biroq, mashg’ulot joyidan qat’i nazar, yuqori sifatli sport mahsulotlarini ishlatmasdan buni amalga oshirish mumkin emas. Professional uskunalar sizning mashqlaringizni sodda va samarali qiladi. RIZESPORT.UZ dunyo bo’ylab taniqli brendlarning turli xil mahsulotlarini taklif etadi.

RIZESPORT.UZ onlayn-sport do’koni tufayli sport uchun tovarlarni topish ancha osonlashdi, chunki eksklyuziv buyumni sotib olish umidida endi turli chakana savdo do’konlarini aylanib o’tishga hojat yo’q. Bu erda siz kerakli narsani aniq topasiz. Mutaxassislar buyurtmani tezda qayta ishlashadi va etkazib berishni eng qisqa vaqt ichida tashkil qilishadi.

Biz kafolat beramiz:
• Arzon narxlar,
• Tezkor yetkazib berish,
• Sifatli xizmat,
• Individual yondashuv.

Onlayn do’konimizda namoyish etilgan sport tovarlari ishonchliligi, qulayligi va yuqori sifati bilan ajralib turadi. Mahsulotlar havaskorlar va professional sportchilar orasida mashhurdir. Biz taklif etayotgan turli xil etkazib berish usullari, joylashuvidan qat’i nazar, auditoriyani sezilarli darajada kengaytirishga imkon beradi.

ЭРКАКЛАР КИЙИМИ МУЖСКАЯ ОДЕЖДА

Группа Тошкент шахриники.
Оптом камида 3 та олиш керак.
Доставкамиз бор. Тошкент ш. ичига 20-25 минг сум
Вилоятларга почта фарго, старекс, актив ёки такси оркали.
+998990027753, +998977400244 ёки @Zilola_ziynat га ёзинг

Телеграм канал ЭРКАКЛАР КИЙИМИ МУЖСКАЯ ОДЕЖДА @mujskoykiyimlarrrr добавлен на наш сайт 18.02.2023
Информация о канале обновлена 18.02.2023.

Пожаловаться на контент
Пожаловаться на контент
Комментарии
Что бы оставить комментарий, пожалуйста, авторизуйтесь.
Другие интересные каналы
ЭРКАКЛАР КИЙИМИ МУЖСКАЯ ОДЕЖДА
Статистика
Подписчики
Посты (30 дней)
Средний охват (сутки)
Средний охват (30 дней)

Рост подписчиков

Публикации

Просмотры

Средний охват + ERR%

Владелец канала не предоставил расширенную статистику, но Вы можете сделать ему запрос на ее получение.
Также Вы можете воспользоваться расширенным поиском и отфильтровать результаты по каналам, которые предоставили расширенную статистику.

Отправить запрос
Владельцу канала придёт уведомление

Также Вы можете воспользоваться расширенным поиском и отфильтровать результаты по каналам, которые предоставили расширенную статистику.

Qiziqarli malumotlar
Biz haqimizda ko proq ma lumot