BIYURGʻUN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BIYURGʻUN haqida malumot bilib oling.

BIYURGʻUN (Anabasis salsa) — shoʻradoshlar oilasiga mansub past boʻyli (5—25 sm), sershox yarim buta. Barglari mayda (2—5 mm), qalin. Asosan, taqir, shoʻr va shoʻrxok choʻllarda oʻsadi, iyudda gullaydi, urugʻi sent. da pishadi. Biyurgʻunda 1,22% cha alkaloid, 7—9% oksalat kislota, 1,38% sirka kislota, ishqor moddalari bor. Kech kuz va qish oylarida tuya, qoʻy, echki va ot uchun yaxshi ozuqa boʻladi.

Ensiklopediya.uz
BIYURGʻUN