BISMARK haqida malumot bilib oling.
BISMARK (Bismarck) Otto Eduard Leopold fon Shyonxauzen (1815.1.4, Shyonxauzen—1898.30.7, Fridrixsru) — Germaniya davlat arbobi, diplomat, knyaz, Germaniya imperiyasining 1reyxskansleri (1871—90). B. Germaniyani prus militarizmi asosida birlashtirdi; mamlakatda yunkerburjua bloki hukmronligini mustahkamladi, diniy oppozitsiya («Kulturkampf»)ga qarshi kurash olib bordi, sotsialistlarga qarshi favqulodda qonun joriy qildi, ayrim ijtimoiy islohotlar oʻtkazdi. Bismark Fransiya va Rossiyaga qarshi qaratilgan Uchlar ittifoqi (1882) tashkilotchilaridan biri.
Poznan va Sileziyadagi polyak aholisini nemislashtirish siyosatini tutgan. Parij kommunasiga qarshi uyushtirilgan qurolli intervensiya tashkilotchilaridan biri boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
BISMARK