BIROBIJAN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BIROBIJAN haqida malumot bilib oling.

BIROBIJAN — RFdagi shahar (1937-y. dan), Yahudiylar muxtor viloyatining markazi. Amur daryosining Bira irmogʻi soxdlida. T. y. tuguni. Aholisi 86,7 ming kishi (1992). Asosan yengil (tikuvchilik, trikotaj, poyabzal va b. fkalar), oziq-ovqat va yogʻochsozlik sanoati katta oʻrin tutadi. «Dalselmash» q. x. mashinasozligi, kuchlanish transformatorlari z-dlari, tibbiyot va ped. hamda madaniymaorif bilim yurtlari, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi bor.

Ensiklopediya.uz
BIROBIJAN