
BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING OZIQOVQAT VA QISHLOQ XOʻJALIGI TASHKILOTI haqida malumot bilib oling.
BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING OZIQOVQAT VA QISHLOQ XOʻJALIGI TASHKILOTI (FAO) — xukumatlararo jahon tashkiloti, BMTning ixtisoslashgan muassasasi. 1945-y. tuzilgan. Vazifasi: ovqatlanish, oziq-ovqat, q. x. masalalari boʻyicha maʼlumotlar yigish va ularni oʻrganish, oziq-ovqat mahsulotlari va b. ni ishlab chiqarish va sotishni yaxshilashga yordam berishdan iborat. Markaziy idorasi Rimda. 1999-y. oxirida tashkilotga 180 dan ortiq mamlakat aʼzo boʻldi. Rimda jahon boʻyicha q. x. va oziqovqat mahsulotlari yetishtirish, ishlab chiqarish va b. ga oid statistik toʻplamlar nashr etadi.
Ensiklopediya.uz
BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING OZIQOVQAT VA QISHLOQ XOʻJALIGI TASHKILOTI