BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI haqida
BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI (BMT) — yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning oʻzaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945-y. da tuzilgan. BMTni barpo etish haqidagi qaror SSSR, AQSH, Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943-y. da, Ustavi esa SanFransisko konferensiyasida 1945-y. da qabul kilindi. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000-y. da esa ular soni 189 ga yetdi. BMTning doimiy ish oʻrni (shtab kvartirasi) — NyuYork. BMT Ustavida koʻrsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huqukdi boʻlishi va oʻz takdirini oʻzi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar oʻrtasida doʻstlik munosabatlarini rivojlantirishni, iktisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar oʻrtasida hamkorlik boʻlishini taʼminlashni koʻzda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uygʻunlashtirib turadigan markaz hisoblanadi. 2000-y. 6—8 sent. da BMTning 55-sessiyasi doirasida «Ming yillik sammiti» boʻlib oʻtdi. Unda 155 dan ortiq mamlakatning davlat va hukumat boshliqlari ishtirok etdi. Mazkur anjumanda umumbashariy ahamiyatga ega boʻlgan ijtimoiyiktisodiy, ekologiya va xavfsizlikka doyr muammolar muhokama qilinib, yangi yuz yillikning dastlabki yillarida amalga oshirilishi moʻljallanayotgan tadbirlar belgilandi. Sammit ishtirokchilari yakdillik bilan kabul qilgan deklaratsiyada 2015-y. gacha oʻta qashshoqlikda yashayotgan odamlar sonini yarmiga kamaytirish, orttirilgan immunitet taqchilligi sindromi — OITS (SPID) kasalligining tarkalishini toʻxtatish, barcha bolalar uchun boshlangʻich taʼlim ni taʼminlash majburiyatini oʻz zimmalariga oldilar. tengligiga asoslanadi. BMT davlatlarning ichki ishlariga aralashmaydi. Uning Ustavida qayd etilgan barcha majburiyatlarni zimmasiga oladigan davlatlar BMTga aʼzo boʻla oladi. Yangi aʼzolar BMT Xavfsizlik Kengashi tavsiyasiga muvofiq, BMT Bosh Assambleyasi qarori b-n qabul qilinadi. BMT aʼzolari xalqaro nizolarni tinch yoʻl bilan hal etishlari lozim. Ustav qoidalarini doimo buzib turadigan davlat, Xavfsizlik Kengashining tavsiyasiga muvofiq, Bosh Assambleya karori bilan asosiy organlari: Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi, Iktisodiy va ijtimoiy kengash (EKOSOS), Vasiylik kengashi, BMT huzuridagi Xalqaro sud va BMT Kotibiyati — Bosh kotib va b. xodimlardan iborat. BMT Bosh kotiblari: Tryugve Li (Norvegiya, 1946—53), Dag Xammarsheld (Shvetsiya, 1953—61), U Tan (Birma, 1961—71), Kurt Valdxaym (Avstriya, 1972—81), Xavyer Peres de Kuelyar (Peru, 1982—91), Butros Butros Gʻoli (Misr, 1992—97), Kofi Anan (Gana, 1998-y. dan). Bosh kotibni Xavfsizlik Kengashi tavsiyasiga muvofiq Bosh Assambleya 5 yil muddatga tayinlaydi. Bosh kotib har yili BMT ishi hakida Bosh Assambleyaga hisobot berib turadi, kotibiyat xodimlarini tayinlaydi. BMT va uning organlari barqaror ishlashini taʼminlashda, Bosh Assambleya va amalda bajarilishida yordam beradi. Kotibiyat quyidagi departamentlar va boshqarmalarga boʻlinadi: Siyosiy masalalar va Xavfsizlik Kengashi ishlari departamenti, Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti, Vasiylik va oʻz-oʻzini boshqarmaydigan hududlar departamenti, Nazorat boshqarmasi, Xodimlar boshqarmasi, Bosh kotibning maʼmuriy idorasi, Ijtimoiy axborot boshqarmasi, Konferensiyalarga xizmat qilish boshqarmasi, Umumiy xizmat boshqarmasi, BMTning Jeneva boʻlimi. BMT sessiyasi yidda bir marta chaqiriladi. Xavfsizlik Kengashining yoki BMT aʼzolari koʻpchiligining talabi bilan har qanday masala yuzasidan maxsus sessiyalar chaqirilishi mumkin. fransuz, rus, ispan va xitoy tillari boʻlib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi. Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan keyin koʻp oʻtmay—1992-y. 2-martda BMTga aʼzo boʻddi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida OʻzRning Davlat bayrogʻi koʻtarildi. ochildi (1993.24.8). BMTda Oʻzbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti — YUNESKOga ham aʼzo boʻldi. Oʻzbekiston oʻz ovozi va mavqeiga ega boʻlgan aʼzo sifatida BMT oldiga muhim va dolzarb masalalarni qoʻyyapti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning BMT Bosh Assambleyasi 48-sessiyasida (1993-y. sent.), BMT tashkil etilganining 50 yilligiga bagʻishlangan sessiyada (1995-y. okt.), BMT Bosh Assambleyasining «Ming yillik sammiti» (2000-y. sent.) da soʻzlagan nutqlari dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uygʻotdi. Xususan, ushbu xalqaro tashkilotning 20-a. soʻnggidagi eng yirik anjumanida Oʻzbekiston rahbari xalqaro terrorizm va narkobiznes bilan bogʻliq muammolarni hal etish; mintaqaviy xavfsizlik, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash; jahon xavfsizligi tizimini takomillashtirish, BMT faoliyati va tarkibiy tizimini isloh qilishga taalluqli takliflar bilan chikdi. Oʻzbekiston Respublikasi BMTning teng huquqli aʼzosi sifatida bu eng nufuzli xalkaro tashkilotning maqsad va qoidalariga qatʼiy amal qilmoqda.BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI haqida
DO`STLARGA ULASHING:
BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI haqida