Birinchi yordam aptechkalari haqida malumot

Birinchi yordam aptechkalari haqida malumot

Birinchi yordam aptechkalari korxonalar, dala va uy sharoitida, turli jarohatlanishlarda birinchi yordam berish uchun juda muhimdir. Shu sababdan ham tegishli tashkilotlar doimo birinchi tibbiy yordam aptechkasini talab qilishadi. Lekin bu talabni hamma ham bajaravermaydi.

Xo‘sh, aslida birinchi tibbiy yordam aptechkasi qanday bo‘lishi lozim, u nimalardan tashkil topgan bo‘lishi kerak. Uy aptechkasi, transport aptechkasi, sayyohlar aptechkasi individual tanlangan bo‘lishi lozim. Umumiy jihatdan bu to‘plamda, bakteritsid plastir (terining shilingan, tilingan joylarini yopishtirish uchun), steril va nostril bintlar (bog‘lov uchun), yopishqoq plastir (bog‘lovni mahkamlash uchun), steril paxta, steril doka, salfetkalar, brilliant yashilining eritmasi(yara atrofidagi teriga surtish uchun), yodning 5% li spirtdagi eritmasi, ammiakning 10 %li eritmasi, pinset va ignalarni solib qo‘yish tavsiya etiladi.

Odamning individual holatidan kelib chiqib, turli dori vositalarini ham solib qo‘yish mumkin. Masalan, oshqozon og‘riqlari uchun, nafas yo‘llari kasalliklari uchun, arterial qon bosimini me’yorlashtirish uchun va hokazolar.

vtomobil aptechkasi doimo avtomobilning yaqqol ko‘rinadigan joyida bo‘lishi lozim!

Ushbu maqolani ham o‘qing: Turnikka tortilish​ afzalliklari

 

Kasalliklar
Birinchi yordam aptechkalari