Birinchi nikoh kechasi — kelin va kuyovlarga tavsiyalar, birinchi kecha haqida ma’lumot
Birinchi nikoh kechasi nima? Nikoh kechasi — bu nikoh to’yning chiroyli yakuni hisoblanadi va u romantik muhitda o’tishi kerak, bu muloyimlik, mehribonlik va romantika vaqtidir. Shuning uchun bayram paytida kuchni sarflamaslik, aksincha, uni saqlab turish lozim.
Birinchi nikoh kechasi qanday bo’ladi?
Turli xalqlarda birinchi to’y kechasi turlicha o’tadi. Misol uchun, Afrikaning ba’zi qabilalarida ayollarning bokiraligi sharmandalik hisoblanadi. Shu sababli kelinar undan bolalikdayoq mahrum bo’lishadi. Yaxshiyamki, bugungi kunda bunday odatlar o’tmishda qolib ketgan. Musulmon mamlakatlarida esa kelinning bokiraligi bugungacha juda qadrlanadi.
To’yni nishonlash kunida hamma narsa mukammal bo’lishi kerak. Bayramning har qanday qismi muhim, hech narsani e’tibordan chetda qoldirib bo’lmaydi. Kelin-kuyov birinchi kechaga alohida e’tibor berishlari kerak.
Nikoh kechasi o’tkaziladigan joy aniq bo’lgach, stressni yengillashtirishga yordam beradigan narsalar haqida o’ylab ko’rish lozim, masalan xushbo’y shamlar. Shuni esda tutish kerakki, birinchi nikoh kechasi — bu kishi hayotidagi yagona va takrorlanmaydigan vaqt, bunda tongda juftlar birinchi marta shunchaki emas, balki bir umrlik turmush o’rto’gi yonida uyg’onishadi.
Birinchi kechada yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muaommolar
Ba’zan birinchi nikoh kechasida qovusha olmaslik holati uchrab turadi. Buning sabablari turlicha bo’lishi mumkin.
Yigitlardagi sabablar:
- Ayol psixologiyasini tushunmaslik, uning ko’nglini olish uslublaridan mutlaqo bexabarlik;
- Jinsiy muloqotni o’ta murakkab va mushkul ish deb bilish;
- Ruhiy tayyor emaslik: o’zbekona to’y tashvishlaridan charchagach, birinchi kechadagi vaqtincha noqodirlikni mijoz sustligiga yo’yish;
- Ayol jinsiy a’zolarining tuzilishi va o’ziga xos xususiyatlaridan bexabarlik,
har xil patologiyalar natijasida mijozning zaiflashuvi.
Qizlardagi sabablar:
- Jinsiy qovushishga ruhan tayyor emaslik, qo’shilishni faqat kuyovga bog’liq jarayon deb o’ylab, o’z vazifasini anglamaslik;
- Chimildiqda kuyovga me’yoridan ortiq qarshilik ko’rsatish, yigitni itarib yuborish, qo’pol hazillar qilish va hokazolar erkak jinsiy maylini keskin so’ndiruvchi omillardan ekanligini anglamaslik;
- Jinsiy munosabat kelajakda er-xotin o’rtasidagi asosiy bog’lovchi omil ekanini tushunmay, noto’g’ri tarbiya tufayli bu holatni, ya’ni qo’shilishni jirkanch deya o’ylash;
- Vaginizm holati.
Agar visol kechasi kelinda hayz kunlari to’g’ri kelib qolsa, u buni turmush o’rtog’iga yotig’i bilan tushuntirib, yaqinlikni boshqa kunga qoldirishi kerak.
Birinchi nikoh kechasida nimalarni bilish kerak
Oilaviy hayotning taqdiri birinchi kechada hal bo’ladi. Erkaklar birinchi nikoh kechasini qo’pollik bilan boshlamasliklari darkor, aks holda rafiqasida eriga nisbatan nafrat uyg’onadi. Agar erkak rafiqasi bilan ehtiyotkor bo’lishga harakat qilsa, bu ayolni yengil tortishiga, ma’lum bir yopiqlikni bartaraf ettirishga yordam beradi. Psixologik jihatdan sog’lom odamlarda uyatchanlik yoki iymanish tez o’tib ketadi.
Ayollar a’zosining anatomik tuzilishi o’ziga xosliklarga ega. Qizlik pardasi ingichka bo’lishi mumkin, bu birinchi jinsiy yaqinlikdan keyin biroz qon kelishiga olib keladi. Qalinroq qizlik pardasi cho’zilishi mumkin va birinchi jinsiy aloqadayoq defloratsiya sodir bo’lmasligi ham mumkin. Bu haqida yigitlar bilishi muhim, chunki bunday hollarda ko’pchilik o’z rafiqasining bokiraligiga shubha qilishi mumkin. Yigitlar, shuningdek, bokiralik pardasi ancha oldinroq muddatda, qizning bolaligi yoki o’smirligida biron narsa bilan tasodifan jarohatlangani, uzilgani bo’lishi mumkinligini ham hisobga olishi kerak. Nikoh rishtalarini bog’lashda eng asosiysi juftlarning bir-biriga bo’lgan ishonchi, muhabbati va rostgo’yligidir.
Agar yosh yigit jinsiy masalalarda tajribaga ega bo’lmasa, unga faqat jinsiy tajribasi boy bo’lgan kishilar maslahat berishi mumkin. Aks holda, biron narsa noto’g’ri ketsa, yigit psixologik travma olishi mumkin, uni tuzatish esa yetarlicha muammoli bo’ladi.
Ko’pchilik yosh qizlar hech qachon jinsiy tajribaga ega bo’lmagan bo’ladi va qonuniy nikohga kirgunga qadar birinchi kecha haqida o’z dugonalari, yangalari va jurnallar orqali birinchi nikoh kechasining ba’zi bir tafsilotlaridan xabardor bo’ladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, birinchi jinsiy aloqa bu har bir juftlikda o’ziga xos o’tadigan hodisadir, boshqalarda yomon o’tgan bo’lsa, bu sizga ham tegishli degani emas. To’ydan oldin ayollarning qo’rquv va hayajonlari odatiy hisoblanadi, chunki ular sodir bo’lgan barcha narsalar umr bo’yi xotirada qolishiga ishonishadi.
Har ikki tomon uchun tozalik eng muhim jihatlardan biridir. Xushbo’y atirlar sepishda ham me’yorni unutmaslik kerak.
Birinchi turmush kechasida ayolning his-tuyg’ulari tug’iladi. Agar jinsiy aloqada erkak ayolga nisbatan tushunishni, muloyimlikni namoyon qilmasa, unda ayol jinsiy aloqadan butunlay nafratlanishi va unda jinsiy sovuqlik shakllanishiga olib kelishi mumkin. Shundan so’ng, ayol boshqa kim bilan uchrashmasin, buni deyarli tuzatib bo’lmaydi.
Agar to’ydan keyingi birinchi kechada tomonlarning birida jinsiy aloqaga istak bo’lmasa, buning hech qanday ajablanarli tomoni yo’q. So’rovnomalar natijalariga ko’ra, an’anaviy to’ylarning har to’rttadan birigina yosh juftlarning o’zaro yaqinligi bilan tugar ekan. Buning sababi yoshlarning to’y tashvishlari va kun davomida uzoq yurishlari tufayli charchaganligi bo’lishi mumkin. Shu sababli birinchi kechada ko’pchilik shunchaki to’y taassurotlari bilan bo’lishib, uyquga ketadi yoki to’ydan tushgan sovg’alarni ko’zdan kechiradi.
Foydali Maslahatlar
birinchi kecha haqida ma’lumot, Birinchi nikoh kechasi — kelin va kuyovlarga tavsiyalar