Birinchi hakim quyosh nuri ( 21-qism ) haqida malumot
Uning mutaxassisligi gelioterapiya deyiladi. Har bir o‘simlik bargi, uzum donasi,daraxt, gul, sabzavot va meva quyosh energiyasidan o‘ziga hayot oladi. Yerda yashayotgan barcha narsalar quyosh energiyasiga, uning faolligiga bog‘liq. Agarda quyoshning sehrli nurlari yerga tushmaganda yerimiz doimiy muzlik bilan qoplangan, xayotsiz sovuq joy bo‘lardi. Lekin quyosh bizga nafaqat yorug‘lik beradi, balki quyosh energiyasi inson energiyasiga aylanadi. Inson quyosh nuri asosida o‘z sog‘ligini o‘nglab olishi va umrini uzaytirishi mumkin. O‘zini quyoshga toblamagan kishilar oppoq ko‘rinadilar. Bizning terimiz quyosh nurida yengil qoraygan bo‘lishi lozim. Ko‘pchilik kasalliklarning paydo bo‘lishiga sabab ham bizning quyoshda kam bo‘lganimizdandir. Quyosh nuri — kuchli bakteriya qiruvchidir. Teri quyosh energiyasini qanchalik ko‘p yutsa, shunchalik ko‘prok bakteritsid energiyani zaxiraga olgan bo‘ladi.
Meva va sabzavotlarni yeganimizda biz o‘simliklarning qonini o‘zlashtiramiz. Yashil o‘simliklar singuvchan xlorofill shaklidagi quyosh energiyasi bilan to‘yingan. Xlorofill — tana uchun zarur va boy ozuqa bo‘lib, o‘simliklarda joylashgan quyosh energiyasining bir bo‘lagidir. Yashil o‘simliklar quyosh energiyasini to‘plash va insonlarga — tirik jonzotlarga uzatish xususiyatiga egadirlar. Agarda siz tanangizga quyosh nurining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishiga va ovqatingizning 60 foizini sabzavot va mevalardan bo‘lishiga erishsangiz, sizda hech qanday gap-so‘zsiz a’lo darajadagi sog‘liq bo‘ladi. Lekin bu hayotiy dorilar organizm tamonidan oldin oz-oz miqdorda qabul qilinishi lozim, chunki quyosh nuriga tashnalikdagi organizm birdaniga katta miqdordagisini qabul qila olmaydi.
Agarda siz quyosh vannasi olishga kirishsangiz, oz-ozdan olishdan boshlang va asta-sekin ko‘paytirib borishni rejalashtiring. Erta tong — quyosh vannasini olish uchun eng yaxshi vaqt. (o‘zbeklarda: “Ertalabki quyoshga qizingni, kechgisiga keliningni tobla”,- degan naql bor — tarj. X.E.) Toblanishni besh daqiqadan o‘n daqiqagacha davomiylikdan boshlagan ma’qul. To‘g‘ri, quyosh vannasini tushdan keyin olsa ham bo‘ladi. Lekin eng foydalisi soat 11 bilan 15 oralig‘idagi quyosh nuri bo‘lib, unda ko‘p miqdorda quyosh radiatsiyasi bo‘ladi.
Xom meva va sabzavotlar iste’mol qilishga o‘tishda ham sekin-astalik bilan ko‘paytirib borishga rioya qilgan ma’qul. Qaynatilgan ovqatga o‘rganib qolgan kishi darrov ko‘p miqdordagi xom sabzavot va mevalarni yesa noqulay ahvolga tushib qolishi mumkin. Odatdagi parhezga oz-ozdan quyosh parhezini qo‘shib borish maqsadga muvofiqdir. Meyoridan ortiq olingan quyosh energiyasi yomon ta’sir qiladi. Bunda albatta, asta-sekinlik qoidasiga rioya qilmoq zarur. Shu o‘rinda o‘z hayotiy tajribam bilan o‘rtoqlashaman. Men 16 yoshimda sil kasalidan tamom bo‘lgan edim. AQSH ning vrachlari menga “ilojsiz” “bedavo” deyishdi. Lekin men o‘sha vaqtda gelioterapiya (quyosh bilan davolash) bo‘yicha buyuk hakim bo‘lgan lozannalik Avgust Rollye qo‘liga tushib qoldim. Xakim Yamlye baland Alp tog‘larining yuqorisida mening zaif tanamga shifobaxsh quyosh nuri bilan ta’sir o‘tkazdi va quyosh ozuqalaridan parhez tayinladi.
Ikki yil davomidagi davolanishdan keyin men o‘limga mahkum etilgan insondan, quvnoq va kuchli kishiga aylandim. Xozir, mana shu satrlarni yoza turib ham sog‘lom va kuchliman. Mana shu o‘tgan davrda men doimiy ravishda quyosh nurini olishga erishib kelmoqdaman. Quyosh nuri hayotimni saqlab qoldi. Mana shuning uchun xam quyosh men uchun ilohiy kuch va shuning uchun ham men unga ta’zim qilaman. Ana, nima uchun men mamlakatning eng serquyosh Kaliforniya shtatida yashayman.
Mening baland Santa-Monika tog‘ining tepasida kulbam bor. O‘sha yerda tog‘ quyoshi nuridan foydalanaman. Men cho‘milishga juda ishqibozman. Yoz va qishda ko‘p vaqtlarimni, Gavaya, Florida, Fransiyadagi Kann, Egey dengizi orollarida Krit va Kiprdagi cho‘miladigan joylarda o‘tkazaman.
© Pol Bregg
«Ochlik mo‘jizasi» kitobi.
Ziyouz.uz
Kasalliklar
Birinchi hakim quyosh nuri ( 21-qism )