Bir tonna yog‘och og‘irmi, bir tonna temir og‘irmi?

Bir tonna yog‘och og‘irmi, bir tonna temir og‘irmi?

Bir tonna yog‘och og‘irmi, bir tonna temir og‘irmi?

Bir tonna yog‘och og‘irmi, bir tonna temir og‘irmi? — degan hazilakam savol hammaga ma’lum. Odatda o‘ylamasdan turib, bir tonna temir og‘ir degan javobni beradilar, bu qaltis javobdan o‘tirganlar o‘rtasida qahqaha ko‘tariladi. Agar bir tonna temirdan ko‘ra bir tonna yog‘och og‘ir degan javob berilsa, hazilkashlar yana ham qattiqroq kulgi ko‘tarishsa kerak. Bunday deyish kelishmagandek ko‘rinadi, lekin qat’iy aytganda — shu to‘g‘ri javob!

Masala shundaki, Arximed qonuni faqat suyuqliklar uchungina emas, balki gazlar uchun ham to‘g‘ridir. har bir jism havoda o‘zi siqib chiqargan havoning og‘irligicha o‘z og‘irligidan «yo‘qotadi». Temir ham, yog‘och ham o‘z og‘irligini, albatta qisman yo‘qotadi. Ularning asl og‘irligini topish uchun yo‘qotilgan og‘irlikni qo‘shish kerak. Binobarin, bizning misolimizda yog‘ochning asl og‘irligi = 1 tonna + yog‘och hajmidagi havoning og‘irligi; temirnnng asl og‘irligi = 1 tonna + temir hajmidagi havoning og‘irligi. Ammo bir tonna yog‘och bir tonna temirga qaraganda ancha (deyarli 5 marta) katta hajmni ishg‘ol qiladi, shuning uchun bir tonna yog‘ochimnzning asl og‘irligi bir tonna temirning asl og‘irligidan ko‘proq! Aniqroq qilib aytmoqchi boo‘lsak, shunday deyishimiz kerak edi: havoda bir tonna keladigan yog‘ochning asl og‘irligi havoda bir tonna keladigan temirning asl og‘irligidan ko‘proq

Bir tonna temir 1/8 kub metr, bir tonna yog‘och esa 2.5 kub metr joyni ishg‘ol qilganidan ular siqib chiqargan havoning og‘irligi o‘rtasidagi ayirma 2.5 kg ga yaqin bo‘lishi kerak. Bir tonna yog‘och bir tonna temirdan haqiqatda mana shuncha og‘ir!!!

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Qiziqarli fizika
bir tonna temir og‘irmi?, Bir tonna yog‘och og‘irmi

Manba:orbita.uz