Bir kunda qancha soch to‘kiladi? to’liq malumot oling

Bir kunda qancha soch to‘kiladi? to’liq malumot oling

Bu maqolada turli hil kasalliklar sababli soch toʻkilishi haqida maʼlumot bermaymiz, aksincha odam sochi va unga bogʻliq boʻlgan qiziqarli faktlar bilan oʻrtoqlashamiz:

— Har bir odamning boshida 90 000 tadan 150 000 tagacha soch tolasi bor.
— Soch oʻrta hisobda kuniga 0,33 mm, yiliga esa 12 sm, oʻrtacha umr davomida esa 7,6 metr oʻsadi.
— Sogʻlom insonda bir kunda 30 tadan 120, boshqa manbalarga koʻrsa esa 300 tagacha soch toʻkilishi mumkin.
— Soch 15–30 yoshlar oraligʻida tez oʻsadi. 50 yoshdan keyin oʻsish sekinlashadi.
— Yozda soch qishdagidan koʻra tezroq oʻsadi.
— Soch tolasining mustahkamligini alyuminiyga qiyoslash mumkin. Har bir tola oʻrtacha 100–200 gramm yukni koʻtara oladi.
— Soch nam tortish, suyuqlikni shimib olish xususiyatiga ega.
— Eng baquvvat soch qora tanlilarda. Ularning sochi, odatda, oq tanlilarnikidan 3 barobar yoʻgʻon boʻladi.
— Boladagi dastlabki soch tolalari ona qornida 4–5 oylik boʻlgandayoq paydo boʻladi.
— Soch asosan oqsillardan tashkil topgan.
— Ayollarning sochi erkaklarnikidan kam toʻkiladi, chunki ularning soch ildizi erkaklarnikidan 2 mm chuqurroqda joylashgan.
— Sochni oʻranuvchi fan “trixologiya” deb ataladi. Trixologlar esa soch va bosh kasalliklarini davolovchi shifokorlardir.
— Dunyoning atigi 4% aholisi malla rang sochi bilan gʻurulanishlari mumkin.
— Hoʻl soch qurugʻidan koʻra 3 barobar ogʻirroq va 25-30 foizga uzunroq boʻladi.
— Burun ichidagi soch inson organizmga xavfli viruslar kirish ehtimolini kamaytiradi.
— Ayollar sochida erkaklarnikidan koʻproq oltin moddasi bor.

Maqola oriftolib.uz saytidan olindi. Original maqola → Bir kunda qancha soch toʻkiladi?
Muqova surat: Kasia Serbin / unsplash.com

Boshqa mavzular
Bir kunda qancha soch to‘kiladi?