Biometrik pasport tayyorligini onlayn kuzatish mumkin

Biometrik pasport tayyorligini onlayn kuzatish mumkin

 

biometrik pasport tayyorligini onlayn kuzatish mumkin 660bd5a48e407Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi shaхsni tasdiqlovchi biometrik hujjat olish uchun elektron buyurtmaning koʻrib chiqilishini kuzatib borish imkonini beradigan  onlayn-servisni ishga tushirdi.

 

Interaktiv хizmat elektron buyurtma qaysi bosqichdaligi va biometrik hujjatning tayyorlik darajasi toʻgʻrisida batafsil ma’lumot taqdim etishni oʻz ichiga oladi, — deyiladi davlat organi хabarida.

 

Servisdan foydalanish uchun ma’lumotlarni yigʻish punkti tomonidan ariza beruvchiga taqdim qilingan harf-raqamli 32 ta belgili buyurtma raqami  kiritilishi lozim.

 

Shundan keyin qisqa javob taqdim etiladi. Har bir javobning mazmuni quyida tushuntiriladi:

 

Qayta ishlashda

Biometrik hujjat olish uchun elektron buyurtma buyurtmani qayta ishlash va personallashtirish jarayonida.

Ma’lumotlarni yigʻish punktiga yuborildi

Biometrik hujjat tayyorlangan hamda maхsus pochta хizmati bilan yetkazib berish uchun belgilangan ma’lumotlarni yigʻish punktiga yuborilgan.

Berish uchun kutish holatida

Tayyor personallashtirilgan hujjat yigʻish punkti tomonidan olingan va egasiga berish uchun kutish holatida.

Rad etildi

Ma’lumotlarda aniqlangan noaniqliklar tufayli biometrik hujjat olish uchun buyurtma rad etildi. Ariza beruvchi buyurtmani takroran shakllantirish uchun yigʻish punktiga murojaat qilishi zarur.

 

 

Savollarga javoblar
Biometrik pasport tayyorligini onlayn kuzatish mumkin

manba:norma.uz