Biologiya fanini oʻqitish metodikasi
3. Parasimpatik nerv sistemasining tuzilishi va funksiyalarini tushuntiring.
Shum bolaning sarguzashtlari kechgan qishloq, bozor, mahalla, daryo bugun qanday nomlanadi? – Etnograflar uchun noyob qo‘llanma
Umuman, “Shum bola” etnograflar uchun noyob qo‘llanma. Unda XX asr boshlarida Toshkent va uning atroflarida mavjud shahar-u qishloqlardagi madaniy hayot, ismlar, joy nomlari, bolalar o‘yinlari, maishiy turmush tarzi haqida jonli hikoyalarni o‘qiysiz.
“ Yoshlar kundaligi ” hech kim qo‘l urmagan mavzu yuzasidan tadqiqot o‘tkazdi.
Quyida yetimlikda, xor-u zorlikda yoz oylarida shahar atroflarini kezib yurgan shum bola – Qoravoy va uning do‘sti Omon bugungi Toshkent viloyati hududining qayerlarida bo‘lganini havola qilamiz.
1. Shum bolaning do‘sti Omon bilan Ko‘kterakdagi bozordagi hangomalari, sheshening o‘tovidagi o‘g‘ri kissavur Sultonalining va uning sheriklari bilan dasturxon ustidagi muloqot voqealari bo‘lib o‘tadi.
Ko‘kterak – hozirgi Toshkent tumanidagi katta qishloqlardan biri.
2. Toshkent, Chimkent va Sayram muzofotlarining chorakam bir ka’basi, deya ta’riflangan Eshonbozor shahri bo‘ldi. Bu – hozirgi mashhur “Bek baraka” bozori yaqinidagi “Eshonguzar” mavzesi deb taxmin qilinadi.
Bu joy bugungi kunda Zangiota tumani hududida hisoblanadi.
3. Eshonguzardan haydalgan Qoravoyning Kalas daryosini kechib o‘tishi hikoya qilinadi. Aynan shu yerda birorta ulovli yo‘lovchini kutib, oldidan katta daryo chiqib qolgan mashhur sayyohlarning ashulasini suvning sharqiroq oqinlariga qarab kuylanadi.
Daryo toshqin, suvlar to‘lqin,
Otim oriq, manzil uzoq,
Otginamni oriq qilgan
Shu mayda tosh-a, yor-yor.
Ranginamni sariq qilgan
U qalamqosh-a, yor-yor.
Shu orada oriq baytalga mingan uzumchi chol bolani narigi tomonga o‘tkazib qo‘yishga majbur bo‘ladi. Otaxon bu joylar haqida aytib beradi. Ma’lum bo‘lishicha, daryoning nomi Kalas, unga nisbatan esa Quri Kalas qishlog‘i deb nomlangan ekan.
Adabiyotlarda bu haqida – Qozog‘iston viloyati va Toshkent viloyatidagi daryo bo‘lib, hududdagi Qoplonbek qishlog‘idan quyiroqda juda sayozlanib qoladi. Hozir uning havzasi past tog‘larda bo‘lganidan u qadar sersuv emas, daryoning tekislikka chiqish joyida mavsumiga o‘zgaruvchan bo‘ladi.
O‘z nomiga monand xalq tilidagi Keles ayni paytda Toshkent tumani markazi hisoblanadi.
4. Asarda Shum bola bilan yana bir hangomasi shu yerlik Sariboy bo‘lis mulkida sodir bo‘ladi. U haqida bola “Xo‘jayinlarimning ichida eng xudo urgan badbaxti, ziqnasi” deya ta’rif bergan.
Sariboy Chuvalachidagi Yusuf kontor bilan qimor o‘ynab, uning mevazorlari ichki-tashqi qo‘rg‘onchasi, butun dov-dastgohining hammasini yutib oldi. Bu joy Sebzor dahasidagi qadimgi mahalla. “Toshkent” ensiklopediyasida keltirilishicha, Teshikqopqa, Chigitboshi, Kaduvot, Hasanboy mahallalari bilan chegaradosh. O‘sha paytlarda bu yerda 100 dan ortiq xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, ko‘pchiligi hunarmandchilik, dehqonchilik va bog‘dorchilik (shahar tashqarisidagi yerlarida), savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. XX asr boshlari Chuvalachida tegirmon, bir necha baqqollik do‘konlari, choyxona, masjid bo‘lgan. Hozir Chuvalachi hududida bir qavatli turar joy binolari saqlangan. Chuvalachi ko‘chasi mavjud.
Ayni paytda Chuvalachi Toshkent tumanidagi mahallalardan biri hisoblanadi.
5. Mazkur asarda, shuningdek, Ko‘kterak bozorida toshkentlik boyning qo‘ylarini haydab borgan Qoravoy va Omon ikkalasi shu yerdan ham qochishadi. Ikki do‘st o‘rtasidagi janjaldan so‘ng qahramonimiz tag‘in shaharga qaytadi. Uning Hoji bobo uyidagi sarxush ko‘knorli chilim chekuvchi giyohvandlar bilan bo‘lgan hayotiy voqealari orqali adib bolalarning og‘ir turmush sharoitini mohirlik bilan tasvirlagan.
Toshkent tumanida joylashgan Ko‘kterakdagi mol bozor hozir ham bor, biroq ilgarigidek Toshkent atroflaridagi eng katta hayvon bozori emas.
6. Qoravoy uyidan qochib Sag‘bonga ammasinikiga boradi. U yerda pochchasining qarchig‘aylariga qatiq ichiraverib, ovchi qushlarini o‘ldirib qo‘yadi. Faqat qumri qoladi. Shunda u yerdan ham qochib ketadi. Pochchasi onasining oldiga borib, o‘g‘lini qidirayotgan onaizorga qarab, Qoravoy Qoplonbekdagi amakilarining oldiga ketganini aytadi.
Qoplonbek hozirgi Toshkent tumanida joylashgan qishloqlardan biri.
7. “Shum bola” filmini ko‘rganda Omon va Qoravoy mol bozorida ariq bo‘yida o‘tirib, oshamlab-oshamlab, sopol kosani boshidan ko‘tarib uvra oshi yegan joyini yaxshi bilishadi. Bu Zolariq (hozirgi nomi Zaxariq) bo‘lib, Ko‘kterakdagi mashhur mol bozoridan oqib o‘tgan.
Hozirgi kunda asarda keltirilgan Zaxariq bo‘ylari M.Pozilov agrofirmasi hududi hisoblanadi.
8. Sulton kissavur bozorda bir Abdurayim ismli bo‘sh-bayov yigitning pulini o‘marib, aldaydi. Muttahamlik qilib, uning o‘zini o‘g‘riga chiqaradi. O‘sha Abdurayim yigit “To‘qli jallob” mahallasidan ekanligini aytadi.
Bu mahallaning bir qismi hozir Zangiota tumani hududiga to‘g‘ri keladi, bir qismi esa poytaxt hududi hisoblanadi. Mahalla Toshkentning Ko‘kcha mavzesiga qaragan, asosan mol savdosi (jalloblik) bilan shug‘ullangan.
9. Bozordan chiqib, Yaxshiqiz kampirning uyida tunab qolishadi. Shu yerda Shum bola “Daryo toshqin”ni kuylagan joy. Yarim tunda Sulton kissavur domlaning bor pulini olib qo‘yadi. Erta tongda domla Omon bilan Qoravoyni uyg‘otib, kissavurlardan qochish kerakligini aytadi. Ular Qing‘iroq tepa degan joyga qarab qochmoqchi bo‘lishadi.
Qing‘iroq tepa Toshkent tumani hududidagi qishloq, shu nomdagi kanal ham oqib o‘tadi.
Umuman olganda, G‘afur G‘ulom Shum bolaning sarguzashtlari orqali biz uchun yaqin va oddiy odamlar o‘z hayoti bilan andarmon bo‘ladigan manzillarda xalq hayotining, inson ichki olami turfa manzaralarini ng guvohi bo‘lamiz. Endilikda ushbu adabiy asar orqali Toshkent viloyatining bu joylari haqida geografik va tarixiy ma’lumotlardan farqli o‘laroq bir bola nigohi bilan o‘sha davr nafasini his qilgandek bo‘lamiz.
Shu o‘rinda bir taklifni bildirmoqchi edik . Ukrainaning Odessa shahrida “12 stul” va “Oltin buzoq” romanlari qahramoni Ostan Benderga haykal o‘rnatilgan. Umuman, mashhur adabiy qahramonlarga qo‘yilgan haykallar va monumentlar ko‘p. Chirchiqda Rasul Hamzatovning “Turnalar” she’riga monument qo‘yilgan.
Asar voqealari Ko‘kterak va uning atroflarida, Keles, Chuvalachi singari hududlarda bo‘ladigan “Shum bola” qissasi va uning qahramonlari uchun Toshkent tumanida xiyobon yoki yodgorlik tashkil qilinsa, yoshlarning sevimli maskani bo‘lar edi.
Bu ishning tarbiyaviy ahamiyati ham katta. Chunki 100 yillar burun bolalar och-nahor, o‘g‘irlik oddiy ish, shumlik ham shunga yarasha, yurt egasiz, kissavur ko‘p, boylarda insof yo‘q bir kunlar o‘tgan. Bugunning bolalari shum qadam, shum taqdir emas, ular xush qadam, xush taqdir bolalar.
Ammo o‘tmishni unutmaslik, yod etib turish ham kerak-da.
Abdulaziz MUSA Y EV,
“Yoshlar kundaligi” muxbiri
“Biologiya fanini oʻqitish metodikasi”
Markaziy nerv sistemasining kasalliklari va Periferik nerv sistemasi kasalliklarini o’rganish va ularning o’ziga xos xususiyatlari.
O`quv – tarbiya jarayonining mazmun mohiyati
Markaziy nerv sistemasining kasalliklari va Periferik nerv sistemasi kasalliklarini o’rganish orqali o’quvchilarga biologik va ekologik tarbiya hosil qilishdan iborat
Dars jarayonini amalga oshirish usullari, texnologiyasi
Metod: “Sinf bilan ishlash”, “Og`zaki bayon qilish”, suhbat
Usul: savol – javoblar
Shakl: ma’ruza, jamoada ishlash
Vosita: 8-sinf “Odam va uning salomatligi” darsligi, savollar, rasmlar, elektron darslik, komp’yuter
Nazorat: og`zaki, o`z-o`zini nazorat qilish.
Baholash: rag`batlantirish, balli sistema asosida
O`qituvchi: “Nerv sistema kasalliklari” mavzusini yoritishda qisqa vaqt ichida o`zlashtirishga erishadi. O`quvchilar faolligini oshiradi. O`quvchilarning darsga, fanga qiziqishi ortadi. Bir qancha o`quvchilarni baholaydi. Maqsadga erishadi.
O`quvchi: yangi bilimlarni egallaydi. Yakka tartibda ishlash ko`nikmasi ortadi, nutqi rivojlanadi – ravonlashadi, o`z-o`zini nazorat qilishni o`rganadi.
O`qituvchi: o`quvchilarni biologiya faniga qiziqtirish yo`llarini, mavzuning hayotga fan, tibbiyot bilan bog`lanishini boyitish.
O`quvchi: Markaziy nerv sistemasining kasalliklari va Periferik nerv sistemasi kasalliklarini farqlay oladi hamda, qo`shimcha adabiyotlar bilan ishlaydi, o`z fikrini ravon bayon qila oladi, mustaqil fikrlaydi.
Maqsad: a) ta’limiy maqsad – Markaziy nerv sistemasining kasalliklari va Periferik nerv sistemasi kasalliklarini o’rganish va ularning o’ziga xos xususiyatlari haqida tushuntirish;
b) tarbiyaviy maqsad – mavzu asosida sog’lom tumush tarziga o’rgatish;
s) rivojlantiruvchi maqsad – markaziy va Periferik nerv sistemasi kasalliklariga oid tarqatmalardan foydalanish.
Dars turi: yangi tushuncha bilimlarini shakllantiruvchi, BKMni rivojlantirish.
Dars usuli: an’anaviy, zamonaviy.
Jihozlar: Ko`rgazmali plakatlar, tarqatma materiallar, elektron darslik, darslik.
Salomlashuv. Darsda qatnashuvchi o`quvchilar davomati, o`quv qurollari shayligini ko`rish, darsga muhit tayyorlash
O`qituvchi ishtirokida o`tilgan mavzuni takrorlash, sinf jamoasi bilan ishlash
Jamoa bilan ishlash, og`zaki topshiriq va taqdirlash.
Yangi mavzuni bayoni
Mavzu bo`yicha o`quvchilarni savol-javob orqali bilimlarini so`rash hamda mavzu mazmunini ko`rgazmali ma’ruzasi – jamoaviy. Elektron darslikni namoyish etish.
Og`zaki bayon, tushuntirish, savol-javob, darslik bilan ishlash, rasmlar bilan tanishish
Mavzu bo`yicha o`quvchilarning bilimlarini savol-javob orqali aniqlash, past o`zlashtiruvchi o`quvchilarga e`tibor berish.
Savol-javob, o`z-o`zini baholash
Darsni yakuni, baholash, uyga vazifa berish
Darsda faol ishtirok etgan va savollarga javob bergan o`quvchilarni rag`batlantirish (baholash va siylov), darsni yakunlash, uy vazifasini berish (uyga vazifa qanday bajarilishi va nima qilinishi tushuntiriladi).
I.Taskiliy qism: a) Salomlashish
s) o`quv – qurollar shayligini ko`rish
d) muhit tayyorlash.
II. O`tilgan mavzuni takrorlash: savol – javob, o`quvchilar tomonidan so`zlash.
Savollar: 1. Vegetativ nerv sistemasi qaysi organlarning ishini boshqaradi?
2. Simpatik nerv sistemasining tuzilishi va funksiyalarini ayting.
3. Parasimpatik nerv sistemasining tuzilishi va funksiyalarini tushuntiring.
III. Yangi mavzuning bayoni:
- Markaziy nerv sistemasining kasalliklari.
- Periferik nerv sistemasi kasalliklari.
- Bahodir Aminov, Turob Tilavov, Ochil Mavlonov “Odam va uning salomatligi 8- sinf uchun darslik” T.:”O’qituvchi” NMIU, 2010.
- E. Qodirov “Odam anatomiyasi” Toshkent “Universitet” 2007.
8 sinf odam va uning salomatligi audio
@Yazdanov_Mahmud ning shaxsiy telegram kanali
About
Blog
Apps
Platform
962 subscribers
Forwarded from INVEST IN EDUCATION
Forwarded from INVEST IN EDUCATION
INVEST IN EDUCATION oʻquv markazining shu davrgacha boʻlgan kirish imtihonidan 140 dan ziyod ball olgan talabalar titul varoqlari.
Bu hali hammasi emas bizni kuzatishda davom eting
⚡️Biz sizni oʻqishga olib kirib qoʻymaymiz. BIZ BILAN BUNGA OʻZINGIZ ERISHASIZ.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Instagram | Facebook | Telegram
Forwarded from INVEST IN EDUCATION
INVEST IN EDUCATION oʻquv markazining shu davrgacha boʻlgan kirish imtihonidan 140 dan ziyod ball olgan talabalar titul varoqlari.
Bu hali hammasi emas bizni kuzatishda davom eting
⚡️Biz sizni oʻqishga olib kirib qoʻymaymiz. BIZ BILAN BUNGA OʻZINGIZ ERISHASIZ.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Instagram | Facebook | Telegram
Forwarded from INVEST IN EDUCATION
Forwarded from INVEST IN EDUCATION
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Videoni koʻrib xulosa qildingizmi?
Farzandini oʻqitish uchun mashinasidan vos kechdi. 20 yildan soʻng esa qizi vos kechgan mashinani yangisini sovgʻa qildi. Naqadar baxt.
Mashinani sotmasligi ham mumkin edi lekin 20 yildan soʻng u mashina eskiradi. Bilim esa hech qachon eskirmaydi!
Siz pulingizga turli narsalar olishingiz mumkin vaqti kelib esa ularning narxi tushadi, pulingizni ilm olish uchun sarflasangiz faqatgina sizga foyda olib keladi.
Bilim olishga kiritilgan investitsiya eng katta daromad olib keladi. (Benjamin Franklin)
Siz ham farzandlaringizni eng yaxshi taʼlim dargohida oʻqishini xoxlaysizmi? Unda hoziroq bizga murojaat qiling.
☎️ +998994597788
+998888156565
@invest_education_admin
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Instagram | Facebook | Telegram
⚡️ Invest In Education oʻquv markazining O’zbekistonda birinchi marta sifatli to’liq dastur asosida tuzilgan onlayn kurs tashkil etdi
♂Imtixonda biologiya fanidan 100% natija olishni istaysizmi?
Onlayn kursimizda qatnashib oʻz muvaffaqiyatlaringizga erishing.
✅ individual yondashuv
✅ har bir darsni mukammal oʻrganish
✅ audio va video darslar
✅ 60 dan ziyod testlar (har bir dars uchun)
✅ qulay va qisqa konspektlar va jadvallar
O’z imkoniyatingizni boy bermang‼️
8 sinf odam va uning salomatligi audio
1938-yil 4-oktabr kuni o‘zbek ziyolilari – jadidlar sovet tuzumi tomonidan otib tashlandi. Ularga hatto sud hukmi ham chiqarilmagan edi. Otilmay, surgunga hukm qilinganlar esa butun umr qo’rquv bilan yashadi.
8-sinf labaratoriya ishi
Mis oksid bilan oltingugurt kislota o’rtasidagi almashuv reksiyasi
8-sinf labaratoriya ishi
Kuchli asoso va kuchsiz kislotadan tashkil topgan tuzlarning gidrolizi
8-sinf labaratoriya ishi
Labaratoriya ishi
8-sinf labaratoriya ishi
Vodorod peroksidining katalitik parchalanishi
8-sinf labaratoriya ishi
8-sinf labaratoriya ishi
Osh tuzini tozalash
8-sinf labaratoriya ishi
Sublimatlanish
8-sinf labaratoriya ishi
Sulfat va sulfit ionini aniqlash
8-sinf labaratoriya ishi
Kuchli asos va kuchsiz kislotadan tashkil topgan tuzlarning gidrolizi
Elektron axborot-ta’lim resurslar
TEENS ENGLISH 7
7 sinflar uchun “TEENS ENGLISH 7” darsligi asosida yaratilgan
“Bon voyage 7”
7 sinflar uchun “Bon voyage 7” darsligi asosida yaratilgan
Assalom Deutsch! 7
7 sinflar uchun “Assalom Deutsch! 7” darsligi asosida yaratilgan
Н. А. Некрасов. «Я лиру посвятил народу своему». Отрывок из поэмы “Мороз Красный нос”.
7-sinflar uchun Literatura fanidan “ Н. А. Некрасов. «Я лиру посвятил народу своему». Отрывок из поэмы “Мороз Красный нос”” mavzusidagi taqdimot o‘zbek tilida tayyorlangan.
Sonni EKUB va EKUK ni topish
Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi 12-maktab o‘qituvchisi G.Sodiqova tomonidan yaratilgan matematika fanidan sonni “EKUB, EKUK ni topish” mavzusidagi elektron rusursi
Kompyuter texnikasi vositalаri
Navoiy viloyati Uchquduq tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi Nurullayeva Zumrad Quvondiqovnaning 8-sinflar uchun informatika fanidan “Kompyuter texnikasi vositalаri” mavzusidagi elektron axborot-ta’lim resursi
“Алгебраическая дробь для 9 класса” mavzusidagi elektron test
Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 263-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika va informatika o‘qituvchisi Tomilova J.V. tomonidan “Алгебраическая дробь для 9 класса” mavzusidagi elektron test rus tilida tayyorlangan
“Sulfat kislota” mavzusida yaratgan elektron axborot-ta’lim resursi
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi 8-davlat ixtisoslashtirilgan o‘rta ta’lim maktab – internatining kimyo fani o‘qituvchisi Kadira Qahhorovaning “Sulfat kislota” mavzusida yaratgan elektron axborot-ta’lim resursi
Videodarslar
O‘zbekning asr fojiasi: mash’um 4-oktabr qatag’oniga 83 yil to’ldi
1938-yil 4-oktabr kuni o‘zbek ziyolilari – jadidlar sovet tuzumi tomonidan otib tashlandi. Ularga hatto sud hukmi ham chiqarilmagan edi. Otilmay, surgunga hukm qilinganlar esa butun umr qo’rquv bilan yashadi.
Musiqaning inson organizmi va sog’ligiga bo’lgan ta’siri
Musiqa ko’pincha inson kayfiyatini o’zida aks ettiradi. Shu asnoda, misol uchun, rulda haydayotgan kishiga eng yaxshi musiqa bo’lib, elektron musiqa hisoblanadi, xomilador ayollarga esa olimlar klassik musiqani eshitishni tavsiya qilishadi, axir aynan shunaqa musiqa dunyoga keladigan bolakayning kelajakdagi musiqiy didini tarbiyalashga xizmat qiladi.
Shuningdek aytishlaricha, musiqa ijodiy shaxslar sog’ligi va organizmiga ko’proq ta’sir qiladi, ko’pincha ular musiqadan yo ilhomlanishadi yoki musiqa ularni aksincha zeriktiradi. Musiqa fon sifatida ko’pincha bizga sezilmaydi. Savdo markazlari, restoranlar, kiyim do’konlarida u chindan ham juda foydalidir, chunki u o’ziga xos muhitni yaratadi. Ko’pincha musiqa turiga qarab biz muassasa nufuzini aniqlay olamiz.
Musiqa hayot tarzi sifatida
Hozirgi hayotda har bir inson o’z hayot tarziga ega bo’lishni xohlaydi. Bu hayot tarsi kiyimda yoki aksessuarlarda emas, fikrlash va tasavvur qilishda aks etadi. Har birimiz ichimizda chiroyli narsalarni, atrof-muhitni, hayotni yaratishni astoydil xohlaydigan yaratguchi bor, va bu niyatlarimiz aynan bizga ma’qul musiqa sababli junbushga keladi. Bu qanday ishlaydi?
Inson hayoti ikki qismga bo’linadi: atrofdagi hayot va inson qalbidagi o’ziga xos olami. Har birimiz o’ylaymiz, tasavvur qilamiz va orzu qilamiz, va insoniyat bilan parallel ravishda rivojlanadigan musiqa bizning fikrlarimizni yaxlitlaydi va, o’z ichiga pozitivlik, o’yinqaroqlik, qo’pollik yoki agressiv holatlarni oladigan tomonga yo’naltiradi. Asrlar davomida, qanday musiqani xush ko’rishlariga qarab, insonning xarakterini ham aniqlay olish mumkin edi. Avvallari musiqiy uslublarni tushunish, hamda xorijiy va milliy kompozitsiyalarni o’ynay olish, inson yashaydigan muhitni aniqlash mumkin edi. Endi esa insonning qanday musiqani afzal ko’rishiga asosan uning suhbatlashish doirasini, uning hayot tarzini va qiziqishlarini aniqlash, odamlarni submadaniyatlarga aniq ajratish mumkin.
Musiqa shifo tariqasida
Musiqaning shifobaxs xususiyatlari insonni nafaqat tushkun holatdan chiqaradi, balki jismoniy og’riqlardan xalos ettiradi. O’zini-o’zi davolash har qanday dori-darmonlardan muhimroq, va har birimiz mushkul holatlarda aynan unga umid qiladi. Kayfiyatni ko’taradigan musiqa insonni yashashga, xursandchilik qilishga va yaxshilikka ishonishga undaydi. U dunyoga yorug’likni singdiradi, va uni tinglash esa sayyorada yshovchi insonlar yarmining sevimli mashg’uloti sanaladi.
Dunyoning yarmidan ko’pi yaxshi va sifatli musiqa uchun pul to’laydi, va bu odamlarning atigi bir qismi uni o’zlari yaratishadi va misli ko’rinmas mashhurlikka erishishadi. Jahon estradasining ijrochilari konsertlar tashkil qilishadi, va millionlab odamlar ularga tashrif buyurishadi. Musiqa insoniyatni birlashtiradi, uni yaxlitlikka olib keladi. Xohlagan tovush bizda ma’lum bir hissiyotni uyg’otadi, ba’zida biz qayg’uga ko’milishni, ba’zida esa to’xtalmas quvonchga erishishni xohlaymiz. Biz har kuni boshdan kechiradigan ko’pgina hissiyot va tuyg’ular hayotda to’qnash keladigan voqealar bilangina emas, balki radio va tv eshittiriladigan qo’shiqlar bilan ham paydo bo’ladi. Shunday qilib, tezkor ovqatlanish restoranlariga kirganda, fondagi musiqa bizni tezroq yeyishga, do’konlardagi zamonaviy va pozitiv musiqa esa boshimizda yangi obrazlar paydo bo’lishiga undaydi.
Musiqa doimo bizning xotiralarimiz bilan parallel harakatlanadi, va har bir insonda uning bolaligi bilan bog’liq qo’shiqlar bor. Shunga misol qilib, buyuk fir’avn Ramzesning o’g’li Moisey o’z bolaligidan musiqani eshitib, o’zining haqiqiy kelib chiqishini esladi. Siz esa shunday holatni his qilganmisiz? Shubhasiz, ha. Har birimizda shunday payt bo’lganki, bolaligimizdan qo’shiqni eshitganimizda, biz baxtiyor va g’amsiz vaqtlarimizni batafsil eslaganmiz. Musiqa – kuchli assotsiativ omildir, chunki qo’shiqni bir marta eshitgandayoq, uni butun umrga eslab qolish mumkin, va uni kelgusi bor eshitishganga, taxminan qanday davom etishini bilamiz. Bunday kuchli ta’sirni hatto suratdan ham ololmaymiz, birorta surat bilan to’qnash kelganimizda, kelgusi safar u bilan yuzma-yuz kelganda, katta gumon borki, u bizga boshqacha ko’rinadi.
“Komil musiqa qalbni shunaqa larzaga keltiradiki, bu hissiyotni sevimli mavjudotdan bahra olayotgan kabi holatda bo’lgandek his etasiz, ya’ni musiqa, so’zsiz, dunyoda bor bo’lgan eng yorqin baxtni ato etadi.” Stendal yaxshi musiqaga juda to’g’ri tasvirni bergan. Kimdir bu bilan rozi bo’lishi, kimdir esa bo’lmasligi mumkin, ammo bir narsa aniqki: Musiqa insonni yashashga va harakatlanishga undaydi, va so’zsiz ning bizga bo’lgan ta’siri juda juda katta.
Qiziqarli malumotlar
Biologiya fanini oʻqitish metodikasi