Biologiya fanidan tadbir ssenariysi
Biologiya fanidan tadbir ssenariysi. 1-boshlovchi: Yana bog’da bodom gulladi oppoq, Qarang keldi bahor, keldi gulbahor. Kuylab jon baxsh etar taronalarga, Lola, boychekaklar taratar ifor. 2-boshlovchi: Porloq egnida hur yashil libosda, Barchadov-daraxtlar, qirlar-u tog’lar, Uyg’onish fasli- bu go’zal fasl-bu. 1-b: Assalom-u alaykum qalbida hamisha yurt ishqi bilan yashovchi, hayot zavqini, ham tashvishli lahzalarida Suyuvchi, chinakam sursrni shirin diydor deb bilgan aziz yurtdoshlar. Assalom-u alaykum bizga bilim berishdan charchamaydigan qalbi qaynoq ustozlar va bilimga chanqoq o’uvchilar. Mana bugun biz “GULLAR VA QUSHLAR” bayramiga atab kichik bir tadbir uyushtirganmiz. 1-b: Mana shu tadbirimizni ochib berish uchun davraga biologiya fani o’qituvchisi va ilmiy bo’lim mudiri Nishonova Lazokat opaga so’zni beramiz. Marhamat. 2-b: Uning tarixini esa bizning buyuk bobolarimiz, olimlarimiz barpo etganlar. Datavval, bu ulug’ fanni yuksak darajaga olib chiqishda o’z mehnatlari bilan bu fanga hissa qo’shgan olimlarimiz haqida qisqacha ma’lumot berib o’tamiz. Marhamat. 1-b: Gul yaprog’i kular emish, Qizlar xirom aylaganda. Quyosh nurin sochar emish, Qizlar xirom aylaganda. 2-b: Endigi navbatni iqtidorli o’quvchilarimizdan biriga beramiz. Marhamat. 2-b: Ya’ni bunday gullar va qushlar O’ZB. RES. “QIZIL KITOB”iga kiritilgan. Hozir navbatni “QIZIL KITOB”haqidagi ma’lumotlarga beramiz. 2-b: Darhaqiqat, bunday go’zalliklarinsonni o’ziga jalb etadi. Ular qanday xususiyatga egaligi, yanaqanday mo’jizakor ekanligi bilan qiziqamiz va hozir mana shu qiziqqan savollarimizga javob olamiz. Navbatni “GULLAR VA QUSHLAR” haqidagi ma’lumotlarga beramiz. 2-b: Demak, hozir navbatni yosh ijodkorlarimizdan biri, ana shunday fazilatga ega bo’lib borayotgan o’quvchimizga navbatni beramiz. Ular barchani ko’nglini o’z ijodlari bilan bahramand etadilar. O’zi bilan u birga rizq-u ro’z olib keldi. Doshqozonda sumalak pishiradi momolar, Yaxshi niyat qilishar yoshi ulug’ bobolar. 2-b: Biz yoshlarning qalbida orzularimiz bisyor, Yurtboshimizishonchin oqlamoqqa biz tayyor. Navro’z muborak bo’lsin, yurtdoshlarim sizlarga. Dunyo nazari bugun qaragandir. O’ZB. RES.KONS.da ham atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, uni ko’z qorachig’day asrab-avaylash to’g’risidagi qonunlar ham belgilab qo’yilgan. 1-b: Hozir mana shu O’ZB. RES. KONS.ning moddalariga navbatni beramiz. 2-b: Mana shu qimmatli vaqtingizni ayamay tadbirimizni e’tibor bilan kuzatganingizdan bag’oyat xursandmiz. 1-b: O’qish va ishlaringizda, hayot faoliyatingizda doimo sizlarga omad tilagan holda “Yurtimiz jamoliga ko’z tegmasin”- deya tadbirimizni yakunlaymiz. E’tiboringiz uchun tashakkur. Biologiya fanidan tadbir ssenariysi
DO`STLARGA ULASHING:
Biologiya fanidan tadbir ssenariysi