Biologiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish
1)Tuyaqush tuxumining og’irligi 100 grammdan 1.5 kg gacha keladi.1 ta 30 talik feykaning 3/1 qismiga 100 gli, 3/1 qismiga 1 kg li, qolgan qismiga 1.5 kg li tuyaqush tuxumlari joylashtirilgan bo’lsa, fleykadagi jami tuyaqush tuxumlarining og’irligi qancha?
Vitamenlar haqida
Darsning maqsadi:
1. Darsning ta’limiy maqsadi: Oquvchilarga vitaminlar, ularning turlari, vazifalari, meva va sabzavotlarda uchraydigan vitaminlar,ularning yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar haqida tushuncha berish.
2. Darsning tarbiyaviy maqsadi: Darsdan olgan bilimlarini kundalik hayotga qo’llay bilish malakasiga erishish,ekologik va gigiyenik ta’lim-tarbiya berish.
3. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Ovqat tarkibidagi vitaminlarning miqdori, odam organizmining vitaminlarga bo’lgan ehtiyojini o’rganish orqali salomatlik haqidagi bilim va malakalarini yanada rivojlantirish.
4. shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar: Tk-1, Tk-2, Tk-3, Tk-4, Tk-5, Tk-6, Fk-1, Fk-3
Dars turi: Nazariy, yangi bilimlarini o’zlashtirish darsi.
Darsning uslubi: Guruhlarda ishlash, KVN darsi, BBB texnologiyasi, “Matbuot anjumani” metodi
Darsning jihozi: Turli xil meva va sabzavotlarning asli, rasmlari, garuhlar uchun topshiriqlar,darslik, vitamin dori preparatlari : pikovit, duovit va h.o.
Dars jarayonini tashkil etish
I. Tashkiliy qism ( 2 daqiqa )
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash (5 daqiqa )
III. Yangi mavzuni tushuntirish ( 20 daqiqa )
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash ( 13 daqiqa )
V. O’quvchilarni baholash ( 3 daqiqa )
VI. Uyga vazifa berish ( 2 daqiqa )
Darsning shiori: Sog’ tanda sog’lom aql. Sog’liging – boyliging
Tashkiliy qism :
a)Salomlashish, davomatni aniqlash, o‘quvchilar tashqi ko‘rinishiga e’tibor berish;
b) Sinf o’quvchilarini guruhlarga bo’lish, oquvchilar mevalar rasmi tushirilgan varaqchalarni olib 4 guruhga bo’linadilar
1-guruh – Olma
2-guruh – O‘rik
3-guruh – Shaftoli
4-guruh – Uzum
Oqituvchining kirish so’zi : Vitaminlar biologik aktiv moddalar bo’lib, organizmda moddalar almashinuvida muhim ro’l o’ynaydi. Rus olimi N.I. Lunin 1880-yil himoya qilgan do’ktorlik disertatsiyasida vitaminlar organizm uchun muhim modda ekanligini birinchi bo’lib isbotladi. U ovqat tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, tuzlar va suvdan tashqari, alohida moddalar ham bo’ladi, bularsiz organizm yashashi mumkin emas, degan xulosaga keldi. Bu noma’lum muhim moddalar 1912-yilda K. Funk tomonidan Vitaminlar deb nomlandi. Vita – hayot degan ma’noni bildiradi.
Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo’lib, har biri odam organizmida muhim fiziologik vazifani bajaradi. Shunday ekan bugungi darsimiz vitaminlarda bag’ishlangan KVN darsi
Oqutuvchi guruhlar uchun topshiriqlarni e’lon qiladi.
1- topshiriq guruhga nom tanlash va uni asoslab berish
1-guruh – Olma- ra’noguldoshlar oilasiga mansub mevali daraxt. Xushbo‘y, shirin va nordon olmalar, yurakni quvvatli qiladi. Xalq tabobatida surinkali bod, tovush bo‘g ‘ilishi, kamqonlik, oshqozon – ichak yo‘lining yallig ‘lanishi kabi kasalliklar davolangan .
Sanoatda olmadan murabbo, djem, kompot, sharbatlar tayyorlanadi. Uy sharoitida olmadan, yoki dejimidan tayyorlan piroklar juda mazali va to‘yimli bo‘lib ishtahani ochadi. Olmani o‘zidan tayyorlangan pirok gijjalarda va dizenteriyada foyda qiladi. Uning tarkibida inson salomatligi uchun zarur maddalar, temir moddasi bor.
2-guruh – O‘rik – Mevasi yangiligida iste’mol qilinadi. Sanoatda ham oilada ham undan djem, sharbat, murabbo, kampot tayyorlanadi.O‘riklar asosan quritiladi Xalq tabobatida yurak og‘riganda, xafaqon kasalligida o‘rik mag‘zidan choy ichish tavsiya qilinadi. Ivitilgan turshak isitmalarga foyda qiladi va qabiziyat oldi olinadi.O‘rik mevasi tarkibida qandlar, pektin moddalar, organik kislotalar, karotin, C, PP vitaminlari bor.
3-guruh – Shaftoli – pishgan shaftoli me’da uchun yaxshi bo‘lib, ovqatga ishtaha tugdirish xusisiyati bor. Shaftolini ovqatning ustiga eyish yaramaydi, ovqatni ham buzadi o‘zi ham buziladi. Shuning uchun ovqatdan ilgari eyish zarur. Uning yog‘i bosh yarmining og‘rishida, issiqdan va sovuqdan paydo bo‘lgan quloq og‘riqlarida foyda qiladi. Shaftoli mevasi tajribada 15 % gacha qand, эfir moyi, pektin, karatinoidlar, organik kislotalar (olma, uzum, hin va limon) C,B vitaminlari, kaliy magniy va organizm uchun zarur bo‘lgan foydali moddalari bor.
4-guruh – Uzum – tokdoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik chirmashib o‘sadigan o‘simlik. Uzilgandan keyin ikki yoki uch kun saqlangan uzum o‘sha kuni uzulganidan yaxshidir.Yangi uzulgan uzum (ichni) dam qiladi. Asrab osib qo‘yilgan yaxshi oziqli bo‘lib badanni quvvatli qiladi. Mayiz jigar va me’daning do‘stidir. Uzum va mayiz birgalikda ichak og‘riqlariga, yaxshi mayiz эsa buyrak va qovuqqa foyda qiladi.
Mevasi tarkibida 30% gacha, oqsil, pektin, B1, B2, B6, B, C, P, PP vitaminlari, karotin va mineral tuzlar bor. Tok barglarida ham organik kislotalar, C, P vitaminlari va 2% gacha qand bor.Xalq tabobatida tok mevasi buyrak, qovuq, me’da, yurak, ichak-jigar kasalliklarini davolashda keng foydalaniladi. Ilmiy
medisinada uzumdan kamqonlik, surunkali bronxit kabi kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
2- topshiriq Uy vazifasi deb nomladik ”Moddalar va energiya almashinuvi” mavzusi yuzasidan topshiriqlar berish.
1-guruh – Olma – Organizmda oqsillar almashinuvi haqida ma’lumot berish.
2-guruh – O‘rik –Organizmda uglevodlar almashinuvi haqida ma’lumot berish
3-guruh – Shaftoli Organizmda suv va mineral tuzlar almashinuvi haqida ma’lumot berish
4-guruh – Uzum- Assimiliyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari va organizmda yog’lar almashinuvi haqida ma’lumot berish
3- topshiriq BBB jadvalini toldirish. Oquvshilarga yangi mavzuni o’rganishdan oldin savollar beriladi. O`quvchilar guruhda maslahatlashib bilgan savollarini yoniga bilaman ustuniga belgi qo`yib chiqadilar.Bilmaydiganlarini to`g’risiga bilmoqchiman ustuniga belgi qo`yadilar.
1.Vitamin so’zining ma’nosi
2.Vitaminlarning qancha turi bor.
6. Yog’da eruvchi vitaminlar
7. Suvda eruvchi vitaminlar
8. Organizmning vitaminlarga bo’lgan sutkalik ehtiyoji.
9. A vitamini ahamiyati
10 A vitamini qaysi mahsulotlarda ushraydi
11. D vitamini ahamiyati
12. D vitamini qaysi mahsulotlarda ushraydi
13. C vitamin ahamiyati
14. C vitamini qaysi mahsulotlarda ushraydi
15. B guruh vitaminlari ahamiyati
16. B guruh vitaminlari qaysi mahsulotlarda ushraydi
17. PP vitamin ahamiyati
18.PP vitamini qaysi mahsulotlarda ushraydi
O’qituvchi jadvalni yig’ib olib jadvaldagi ba’zi savollarga javob beradi
Avitaminoz – odam organizmida biron vitaminning mutloqa yo’qolishi.
Gipovitaminoz- odam organizmida biron vitaminning miqdorini kamayib ketishi.
Gipervitaminoz – odam organizmida biron vitaminning me’yoridan ortib ketishi.
Vitaminlar yog’da va suvda eruvchilarda bo’ladi.
Yog’da eruvchi vitaminlar – A va B vitaminlari.
Suvda eruvchi vitaminlar – B gruppa, K, C, PP vitaminlari. Organizmning vitaminlarga bo’lgan sutkalik ehtiyoji haqidagi jadval bilan tanishtiradi.
Yangi mavzuni mustaqil o’rganish uchun topshiriq beradi.
4- topshiriq Vitaminlar bilan tanishish “Matbuot anjumani” metodidan foydalanamiz. Bunda faol o’quvchilardan 5 tasi “Shifokorlar” rolini o’ynab beradilar o’quvchilar vitaminllar to’g’risida to’plagan ma’lumotlarini do’stlariga so’zlab berishadi.
VITAMIN C YOKI ASKORBIN KISLOTA
Vitamin C vazifasi
Vitamin C — allergik holatlarni kuchini kamaytiradi, qon tomirlarini baquvvatlashtiradi, organizmning qarshilik kuchini oshiradi, birlashtiruvchi to‘qimalarning holatini yaxshilaydi. Askorbin kislota (C vitamin) — moddalar almashinuvida, biriktiruvchi to‘qimalarning o‘zlashtirilishida, bu to‘qimalarning normal holatda tutib turilishi va tiklanishida muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga terining silliqligini ta’minlagan holda, uning tez qarishidan asraydi. Undan tashqari askorbin kislotasi qonning quyulishida ishtirok etadi va ayrim gormonlarning ishlab chiqarilishida ham ishtirok etadi. C vitamini virus va bakterial infeksiyalardan himoya qilish xususiyatiga egadir. C vitamini terida pigmentning to‘g‘ri taqsimlanishida ko‘maklashadi.
C vitamini yetishmasa…
Uning yetishmovchiligi terini rangsiz qilib, inson tez charchaydigan bo‘lib qoladi. Organizmda C vitamin yetishmasa, tog‘ay va suyak to‘qimalari tuzilishi buziladi, lavsha (singa) kasalligi ro‘y beradi. Organizmda askorbin kislota hosil bo‘lmaydi va to‘planmaydi.
Askorbin kislotasining tabiiy manbalari
Vitamin C organizmni kasallikka qarshi kurashish qobiliyatini ko‘taradi. Qon tomiri tizimi va terida dog‘ paydo bo‘lmasligi uchun zarur. Bu vitamin barcha sitrus mevalarda, qulupnoy, malina, karam, petrushka, ukrop, qizil qalampir va baqlajonda ko‘p bo‘ladi. C vitamini barcha mevalarda va yam-yashil ko‘katlarda mavjuddir. Shipovnik, qora smorodina, oblepixa, shirin bulg‘or qalampiri, ukrop, petrushka, gulkaram va karamda, apelsin, qulupnay, olmalar, gilos, shavel, shpinat, kartoshka va boshqa mahsulotlarda mavjuddir. Uning miqdori ayniqsa, petrushka, na’matak, oblepixa, qora smorodinalarda ko‘pdir.
Ushbu vitamindagi insonning kunlik ehtiyoji 60-100 mg.ni tashkil qiladi.
VITAMIN A YOKI RETINOL
Vitamin A (Retinol) 1909 yilda ochilgan va 1933 yilda sintezlangan. Ikki xil formada bo‘ladi: retinol va karotin.
Vitamin A (retinol) — ushbu vitamin o‘sish jarayoni hamda ko‘zlarga o‘z ijobiy ta’sirini o‘tkazadi. Retinol (A vitamin) tabiatda keng tarqalgan. O‘simlik to‘qimalarida A provitamin (organizmda retinolga aylanadigan karotinoid pigmentlar) holida uchraydi. Ko‘rish pigmentlari hosil bo‘lishida qatnashib, organizmning normal o‘sishini, ko‘zning turli darajadagi yorug‘likka moslashishini ta’minlaydi.
Shuni ham aytib o‘tish joizki, A vitamini uzoq vaqt davomidagi yorug‘lik nuri, kislorod yoki yuqori harorat ostida nobud bo‘ladi. Sifatsiz yog‘lar ham vitamin Ani nobud qiladilar.
A vitamini manbalari
Uning ozuqaviy manbalari bu — baliq va jonivorlarning jigari, sariyog‘, qaymoq, pishloq, tuxum sarig‘i, baliq yog‘idir. O‘simlik mahsulotlarida uning provitamin ko‘rinishi, ya’ni karotin ko‘rinishida mavjuddir. A provitamini (beta-karotin) mavjud mahsulotlar odatda sabzi rang bo‘lib, qizil yoki sariq ham bo‘lishi mumkin. Demak bular, sabzi, pomidor, qovoq, o‘rik, ryabina, oblepixa, na’matakdir. Bu mahsulotlar organizmning A vitaminiga bo‘lgan talabining uchdan bir qismini qondiradi. Karotin esa o‘simlik yog‘lar tarkibida bo‘ladi. Bundan tashqari sabzi, pomidor, ko‘kat va sariq rangli sabzavotlar, mevalar va reza mevalarda ham mavjud. Karotin yog‘da yaxshi eriydi, shuning uchun bu mahsulotlarni yog‘, qaymoq yoki smetana bilan iste’mol qilgan ma’qul.
A vitaminining foydalari
- Ko‘rish organlari bilan bog‘liq ko‘pgina kasalliklarni davolashda yordam beradi.
- Uning boshqa nomi – Immunitet vitamini. Chunki u tananing infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatini orttiradi.
- Teri va sochni go‘zal, sog‘lom holatda saqlaydi.
- Bola bo‘yining o‘sishida yordam beradi, suyaklarni mustahkamlaydi, tish va tish milklarini sog‘lomlashtiradi.
- Qalqonsimon bezlar faoliyatini yaxshilaydi.
VITAMIN D
Vitamin D (Kalsiyferollar yoki raxitga qarshi faol moddalar) bo‘lib, kimyoviy tabiati jihatidan sterinlar(xolesterin)ning hosilasidir, 1916 yilda o‘rganilgan va 1931 yilda sun’iy hosil qilingan. Kalsiferollar ichida eng muhimlari xolekalsiferol (Vitamin D3), ergokalsiyferol (Vitamin D2) hamda digidroergokalsiferol (Vitamin D4) lardir. Vitamin D (kalsiyferol) — organizmdagi kalsiy va fosforni muvozanatga keltirib turadi. Kalsiferol (D vitamin) moddalarning mineral almashinuviga, suyak hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. U yosh bolalar skeletining jadal o‘sishi va suyaklanishi davrida ayniqsa zarur. D vitaminning foydalari Suyak va tishlarni mustahkamlovchi kalsiy va fosfor moddalarining organizmga so‘rilishiga yordam beradi. A va C vitaminlari bilan birgalikda qabul qilinsa, shamollash kasalliklarida ham foydali. A vitaminining o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
Ko‘z jildi, shilliq pardasining yallig‘lanishini davolashda yordam beradi. Vitamin D manbalari Manbalari bo‘lib baliq va baliq mahsulotlari, sariyog‘, tuxum sarig‘i hisoblanadi. U baliq yog‘ida, ikrasida, tovuq tuxumlarida, kam miqdorda qaymoq va smetanada mavjuddir. Tunes, treska va b. baliqlar moyi kalsiferol manbai hisoblanadi. Lekin, organizmlarda ularning provitaminlari — xolesterol, ergosterollar uchraydi, ular quyosh nuri ta’sirida tegishli vitaminlar shakliga aylanishadi. D vitamini yetishmasa… Organizmda D vitamin yetishmasa raxit kasalligi paydo bo‘ladi. Tishlar yemirilishi va suyaklarni yumshoqlashishi oqibatida bola suyaklarining nomutanosib rivojlanishi. Raxitning oldini olishning eng yaxshi yo‘li – kunduzi sayr qilish va tent ostida quyosh vannasi qabul qilish. Vitamin B1 yoki tiamin (Tiamin), 1912 yilda K.Funk tomonidan o‘rganilgan, uning nomi tiamin grekcha “tion-oltingugurt” atamasidan olingan. Tiamin— ko‘pgina oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kiradi. U asosan donning murtagi va qobig‘i (kepagi)da bo‘ladi. Tiamin organizmda uglevodlar almashinuvida muhim ahamiyatga ega; ovqat uglevodlarga serob bo‘lsa, ularni o‘zlashtirish uchun tiamin ko‘proq talab qilinadi. Tiamin bo‘lmasa, polinevrit kasalligi ro‘y beradi. Organizmda bu vitamin bo‘lmasa yoki yetishmasa, nerv sistemasining og‘ir kasalligi — beri-beri paydo bo‘ladi, shuningdek ichak peristaltikasi susayadi, qabziyat, muskullar bo‘shashishi, jismoniy va ruhiy ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi. Vitamin B1 vazifasi Vitamin B1 (tiamin) organizmning oqsil va uglevodorod almashinuvini muvozanatga keltiradi. Bu vitamin uglevodlar almashinuvini mo‘tadillashtiradi, asab tizimi, hujayralar va oshqozon-ichak trakti faoliyati uchun zarur. Ular odam va hayvon organizmlarida tiaminpirofosfatga aylanib, pirouzum kislotasini dekarboksillanish reaksiyasining maxsus biokatalizatori vazifasini bajaradi, kuchli zaharli modda-pirouzum kislotasini yo‘qotib, asab tizimining qo‘zg‘alishini me’yorlashtiradi. Tiamin gipo- va avitaminozi Uning yetishmovchiligi eng avvalo nerv tizimi faoliyatining o‘zgarishiga olib keladi, xotiraning susayishi, undan tashqari oshqozon-ichak va qon tomirlar tizimining yaxshi faoliyat ko‘rsatmasligiga olib keladi. Avitaminoz B1 da beri-beri kasalligi (polinevrit, periferik nerv tolalarining yallig‘lanishi) tufayli falajlik kasalligi kuzatiladi. Shu bilan birga, suvning almashinuvini buzilishi, yurak-qon tomirlari tizimi funksiyalarining buzilishi kuzatiladi. Vitamin B1 yiringli infeksiyalarga qarshi immunitetni ishlab chiqaradi, u ayniqsa: husnbuzarlar, teri qichishishi davolashda zarurdir. Aqliy va jismoniy faoliyat bilan ko‘p shug‘ullanuvchilar bu vitaminni shifokor maslahatiga asoslanib, ko‘proq iste’mol qilishi kerak. Soch ko‘p to‘kilishi va oqarishi shu vitamin yetishmasligidan dalolat beradi. B1 vitaminining tabiiy manbalari Bu suvda eruvchi vitamin hisoblanib, shu sababli bunday mahsulotlar qaynatib pishirilganda uning suvi ham ana shu vitaminga boy bo‘ladi. Ushbu vitamin soda ta’siri ostida nobud bo‘ladi. Ushbu vitamindagi bir sutkalik talab 1-2 mg.ni tashkil etadi. Ushbu vitamin qaysi mahsulotlarda mavjuddir: bular — dag‘al maydalangan undan tayyorlangan nonlar, yormalar (grechka, suli, sok), no‘xat, soya, pivo drojjilari, jigar, mol go‘shtidir. Uning tabiiy manba’lari achitqi, ayniqsa pivo achitqisi, non achitqisi(xamirturush), don, yorma, non(ayniqsa, qora non), sabzavotlardir.
VITAMIN PP YOKI NIKOTIN KISLOTASI V i t a m i n PP (Nikotin kislotasi) 1911 yilda K.Funk tomonidan ajratib olingan va kaptarlarda beri-beri kasalligini davolashda samara bermasligi aniqlangan. Keyinchalik Goldoyerger degan olim tomonidan pellagra kasalligini davolashini aniqlagach, uni vitaminlar qatoriga qo‘shganlar. Pellagra atamasi italyancha pela agra — g‘adir — budir teri ma’nosini bildiradi, unda dermatit, diareya ( ich ketish ), xattoki, demensiya (aqlning zaiflanish) kasalliklari kelib chiqadi. Vitamin PP vazifasi Vitamin PP — teridagi suv almashinuviga javob beradi, qon tomirlarini kengaytiradi. Nikotinamid, nikotin kislota (PP vitamin) hujayralarning nafas olishida, oqsillar almashinuvida qatnashadi, organizmda o‘simlik oqsillarining hazm bo‘lishini tezlashtiradi, me’daning sekret va harakat faoliyatini normallashtiradi, me’da osti bezi ishlab chiqaradigan sekret va shira tarkibini yaxshilab, jigar ishini barqarorlashtiradi. Ushbu vitamin husnbuzarlarni, nevrozlarni davolashda qo‘llaniladi. Nikotin kislota yetishmasa… Organizmda nikotin kislota yetishmasa pellagra kasalligi ro‘y beradi. Bundan tashqari aqliy o‘sishdan qolish, depressiya, ich ketishi, tez charchash, uyqusizlik, qonda qand miqdori kamayi, kam quvvatlik kuzatiladi. Vitamin PP manbalari Nikotin kislota uy parrandasi, mol go‘shti, jigari, buyragida, achitqi, guruch kepagi, bug‘doy murtagida ko‘p bo‘ladi. PP vitamini na’matak, zveroboy, shalfey, bug‘doy kepagi, sabzi, qo‘ziqorin, brusnika va chernikalarda ham mavjuddir. Sutkalik talabi kattalar uchun 20 mg atrofida, og‘ir mehnat qiluvchilarga 25 mg atrofida, bolalarga 6 oydan 1 yoshgacha — 6 mg; 1 yoshdan 1,5 yoshgacha — 9 mg; 1,5 yoshdan 2 yoshgacha — 10 mg; 3 yoshdan 4 yoshgacha — 12 mg; 5 yoshdan 6 yoshgacha — 13 mg; 7 yoshdan 10 yoshgacha — 15 mg; 11 yoshdan 13 yoshgacha — 19 mg; O‘spirin bolalar 14-17 yoshgacha — 21 mg; O‘spirin qizlar 14-17 yoshgacha — 18 mg.
Darsni mustahkamlash: BBB jadvalini toldirishni davom ettirish . Endi oquvchilar dars davomida bilib olgan savollarining to’g’risiga belgi qo’yib chiqishadi. Darsni yakunlash: baholash guruhlarning toplagan ballarini hisoblash, sardorlarga so’z beriladi . guruhida qatnashgan o’quvshilarning bilimini baholab berishadi
Uyga vazifa : Mavzuni o’qib kelish, har bir o’quvchi biron bir meva va sabzavotlarning ahamiyati, hosiyatlari haqida ma’lumotlar toplab kelish.
Biologiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish
Bobonorova Zulayxo Qudratovnaning ish tajribasidan.Biologiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish.Umumta’lim maktablarining biologiya fani o’qituvchilari uchun uslubiy ko’rsatma. – Samarqand , 2015, 24 bet.
Tuzuvchilar: Z.Bobonorova -Samarqand shahar 14-umumta’lim maktab biologiya fan o`qituvchisi
N.Yunusova –Samarqand VXTXQTMOI
“ Tabiiy va aniq fanlar ta’limi” kafedrasi assistenti
Mas’ul muharrir: S.Yuldosheva-VXTXQTMOI “Til va adabiyot ta’limi” kafedrasi dotsenti
Taqrizchilar: Z.F.Xalimov-SamDU tabiiy fanlar fakulteti dotsenti
F.Batirova -VXTXQTMOI Tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasi katta o’qituvchisi
Quyida tavsiya etilayotgan qo’llanma biologiya fani o’qituvchilari foydalanishlari uchun mo’ljallangan.
Uslubiy korsatma institut imiy kengashining 2016-yil ……………… -sonli yig`ilish qarori bilan nashr etishga ijozat berilgan.
BOBONOROVA ZULAYXO QUDRATOVNA
Bobonorova Zulayxo Qudratovna 1981-yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tavallud topgan. Hozirda Samarqand shahar 14-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilariga biologiya fanidan dars berib kelmoqda.
Zulayxo Bobonorova izlanuvchan, intiluvchan, o’z ishiga sidqidildan yondashadi.O’qituvchining ish faoliyatidagi shiori – “Dars – muqaddas, uning bir daqiqasi ham qadrli, uni san’at asari darajasiga yetkazish lozim”.
Bugungi kun ta’limi o’qituvchilardan kompitentli bo’lishni talab qilar ekan, Z.Bobonorova ana shunday o’qituvchilardan biri. O’qituvchi darsda yangi pedagogik texnologiyalardan juda samarali va o’rinli foydalanadi. Darslarda ko’rgazma qurollar bilan bir qatorda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ham foydalanadi. Dars jarayonida o’qituvchi nazariy bilimlarni shunchaki tushuntirib emas, balki ko’rsatib, bajarib ko’rsatib, tirik tabiat ob’ektlarining o’zini ko’rsatib tushuntirib berishga harakat qiladi. O’qituvchi har bir darsni noan’anaviy usulda tashkil etib, o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishini yanada oshirishga harakat qiladi.Bundan tashqari o’qituvchi o’quvchilarning ijodiy izlanishiga ham alohida e’tibor qaratadi, qo’shimcha manbalar bilan ishlashga undaydi, o’quvchi shaxsining har bir harakatini ijobiy rag’batlantiradi. Z.Bobonorova shahar, viloyat miqyosida o’tkazib kelingan turli tanlov, tadbirlarda faol qatnashib keladi. Bir necha yillardan beri o’qituvchi Viloyat xalq ta’liml xodimlarini qayta taqyyorlash va ularning malakasini oshirish instituti biologiya kursi tinglovchilariga ochiq darslar, tadbirlar namoish etmoqda va me’yoriy hujjatlar bo’yicha o’z tavsiyalarini berib kelmoqda. Ish faoliyati davomida ko’plab shogirdlarga ustozlik qildi, o’z ustida tinmay izlanadi, ota-onalar va shogirdlar hurmatiga sazovor bo’ldi.
Taqdim etilayotgan bu uslubiy qo’llanmada biologiya darslarida qo’llaniladigan samarali interfaol usullar, tadbir va ochiq dars ishlanmalaridan namunalar keltirilgan bo’lib, bu jamlanma biologiya fani o’qituvchilari uchun xizmat qilsa ajab emas.
Yunusova N.A.
Samarqand VXTXQTMOI
“ Tabiiy va aniq fanlar ta’limi”
kafedrasi assistenti
BIOLOGIYA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
1.“Kamalak” usuli .
Bu usulni biror bob yoki bo’lim yuzasidan o’tkazish mumkin.Bunda birinchi ustindagi asosiy tushunchalar har xil ranglarda beriladi. Jadvalning qolgan qismlarida so’zlar aralash yozilgan bo’ladi. O’quvchilar ushbu tushunchalarni asosiy tushuncha ranglariga mos ranglarda ifodalahslari shart.Bunda jadval bo’yatiladi yoki yopishuvchi rangdor qog’ozlar to’plamidan foydalanib to’ldiriladi. Bu usulning afzalligi shundan iboratki, bir paytning o’zida 9 nafar o’quvchining bilimi sinab ko’riladi.
Bu usulni biror bob yoki bo’lim yuzasidan o’tkazish mumkin.Bunda o’quvchilar atama yoki biologiya faniga oid so’zning oxirgi harfiga keyingi so’zni bog’laydi.Masalan:
Amyoba-askarida-ayiq-qo’ng’iz-zigota va hokoza.
3.”Pochta qutisi”usuli.
Bu usulni guruhlarda ham, kichik juftliklarda ham qo’llash mumkin.Bunda o’quvchilarga turli mavzular yuzasidan aralash atama va tushunchalar aralash holatda beriladi. Pochta qutisi berilgandan so’ng o’quvchilarga quti ichidagi so’z yoki atamalarni mos tarzda ajratishi aytiladi.Masalan:
Tobulg’i, archa, vergin, savr, maymunjon, itsigak, bo’ritaroq, afsonak, yeryong’oq, talg’ir lola, qarag’ay, sarvi archa.
Bunda ochiq urug’li va yopiq urug’li o’simliklarni ajtaring deb topshriq beriladi. Topshiriqni bajarish uchun so’zlar soniga qarab vaqt beriladi.Bundan tashqari ikki oila o’rtasida(6-sinflarda), ikki sinfni , turkumni(7-sinflarda), ichki, tashqi, aralsh bezlarni, odam organizmidagi organlarni(8-sinflarda) bir biridan ajratib olishida ham qo’llash mumkin.
4.”Matn+test” usuli.
Bunda o’quvchilarga matn o’qib beriladi yoki ovozli moslama yordamida matn eshittiriladi. O’quvchilar diqqat bilan tinglaydi va quyida beriladigan testlarning yechimini topishadi.Bu usul orqali o’quvchilarning diqqat va xotirasi mustahkamlanadi.Bu usul butun sinf bilan ishlaganda qo’llanadi.
Bir tup o’simlik ildizining tukchalari bir-biriga ulab chiqilsa, uzunligi 20 kmga yetishi mumkin.Ildiz tukchalarining faoliyati 10-20 kun davom etadi.Ildizning po’st hujayralari tirik, yumaloq va yupqa qobiqli bo’ladi.Makkajo’xorining 1 mm 2 so’rish qismida 700 ta ildiz tukchalari bo’ladi.G’o’za nihollarining ildizi bir kecha kunduzda 2-3 sm o’sadi.
1.Bir tup o’simlik ildizining tukchalari bir-biriga ulab chiqilsa uzunligi qancha bo’ladi?
a)10 km b)20 sm d)20 km
2.Ildiz tukchalarining faoliyati necha kun davom etadi.
a)10-20 kun b)20-31 kun d)18-48 kun
3.Ildizning po’st hujayralari qanday tuzilgan?
a)o’lik, yumaloq, yupqa qobiqli
b)tirik, yumaloq, yupqa qobiqli
d)tirik, cho’ziq, qalin qobiqli
4.Makkajo’xorining 1mm 2 so’rish qismida qancha ildiz tukchalari bor?
a)700 ta b)500 ta d)300 ta
5.Go’za nihollarining ildizi bir kecha kunduzda qancha o’sadi?
a)5 sm b)10-20 sm d) 2-3 sm
5.”Ertak matn”usuli.
Ertak-matn usulida o’quvchilar diqqati oshadi.Sababi matn ichida noto’g’ri fikrlar, atamalar berilgan bo’ladi.To’g’ri javobni topish uchun o’quvchi matnni diqqat qilib tinglashi shart.
Bir bor ekan, bir yo’q ekan.O’zbekiston degan yurt bor ekan.Tabiati xushhavo, maydoni bisyor ekan.Ana shunday dalalardan biri Bilmasvoyning e’tiborini tortibdi.Bu dala ikki urug’pallali o’simlik bo’lgan bug’doy dalasi ekan.
-Boy, buning oltinday qovoq mevasini-ey-debdi.
Uzoq sayrdan so’ng Bilmasvoy taassurotlarini bobosiga quyidagicha so’zlab beribdi.
-Bobojon, oltin boshoq o’simlikni ko’rdim.Barglaridagi tomirlari to’rsimon ekan, ildizi uzun o’q ildiz bo’lsa kerak-a, bobo, siz bu o’simlikni taniysizmi?-so’rabdi Bilmasvoy.
Shunda bobosi Bilmasvoyga bilganlari haqida quyidagicha so’zlab beribdi.
Qani bolalar, siz nima deb o’ylaysiz, bobosi Bilmasvoyga nimalar haqida so’zlab berdi.
6.”Topib ko’rchi”usuli.
Bunda o’quvchilardan bir nafari doskaga chiqadi.Fanga oid rasmlardan birini doskadagi o’quvchi orqasidan o’tirganlarga ko’rsatadi.O’tirgan o’quvchilar shu rasmga tegishli tushunchalarni ayta boshlaydi.Doskadagi o’quvchi rasmda nima tasvirlanganligini topadi.
7. “Hayvonlar xaritasi”usuli
Bu usul hayvonlar yoki o’simliklarning tarqalish joylarini eslab qolishlari uchun qo’llaniladi.Bunda o’quvchilarga “xarita” va hayvonlar nomlari yozilgan varaqchalar beriladi.O’quvchilar hayvon yoki o’simliklarni ular taqalgan xududlarga joylashtirib chiqishadi.
Qora dengiz-lansetnik, ildizog’iz medusa
O’rta Osiyo, Kavkaz, Qrim-qoraqurt
Yaponiya –Tut ipak qurti
Zarafshon –mo’ylov baliq
8.”Masalalar yechish” usuli
Bu usulda o’quvchilarda matematik kompitensiyalar shakllantiriladi, masalalar yechimi topish yo’llarini izlashga undaydi, topqirlik va ziyraklini oshiradi.
1) 1 tup makkajo’xori yoz davomida 200 l, shirinmiya 600 l suvni bug’latishi hammaga ma’lum.1 gektar maydonda 40 tup makkajo’xori, 18 tur shirinmiya o’sgan bo’lsa, hammasi bo’lib qancha suv bug’latiladi?
1) 1 gektar maydonda tugunak bakteriyalar 200 kg azotni to’plasa, 11.000 kv.m maydonda qancha azot to’planadi?
2) Bir dona kungaboqar urug’i tarkibida 1 gr moy mavjud.1 kgmida 1000 dona kungaboqar bo’ladigan bo’lsa, undagi moyning miqdorini toping.
3) No’xat urug’i tarkibida oqsil ko’p bo’lishi ma’lum.Bitta no’xat tarkibida 2,5 gr oqsil bor.Yarim kgmida 5000 dona no’xat bo’lsa, undagi oqsil miqdorini hisoblang.
1)Tuyaqush tuxumining og’irligi 100 grammdan 1.5 kg gacha keladi.1 ta 30 talik feykaning 3/1 qismiga 100 gli, 3/1 qismiga 1 kg li, qolgan qismiga 1.5 kg li tuyaqush tuxumlari joylashtirilgan bo’lsa, fleykadagi jami tuyaqush tuxumlarining og’irligi qancha?
2)Ot sutemizuvchi hayvon.Undan bir kecha kunduzda o’rtacha 500 ml ter ajraladi.Ot yugurganda bu ko’rsatkich 1.5 baravar oshadi.Ot yugurganda ajraladigan ter necha ml?
3)500 ml ter tarkibida 10 ml tuz ajraladi deb faraz qilsak, ot yugurganda ajralgan terning terning tarkibida qancha tuz ajraladi?
1)Berilganlarni sonlarga aylantiring.
Nafas havosi + qo’shimcha havo +rezerv havo=o’pkaning tiriklik sig’imi
1)180 gr glyukozaning C, H, O atomlari orasidagi bog’larda to’plangan potensial energiya miqdori 2800 kj ga teng.540 gr glyukozaning C, H, O atomlari orasidagi bog’larda to’plangan potensial energiya miqdori qancha?
9. Zig-zag usuli
Bu usulda 1-qatorning ikki o’quvchisi juftlikda ishlab, savolga javob yozishadi. 2-qatorning ikki o’quvchisi juftlikda ishlab, savolning javobini tekshirib berishadi. 3-qatorning ikki o’quvchisi juftlikda ishlab javobni baholashadi.
Sutemizuvchilarning ter bezlari tana harorati doimiyligini saqlash bilan birga yana qanday vazifa bajaradi.
Bajaruvchi: ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
10. Shaxmat jadvali
Bunda o’quvchilar “oq” kataklarga “qora” kataklardagi belgi va xususiyatlarga tegishli javoblarni yozishadi.
11.”Bir savolda ikki test” usulida test sinovi
Bu usulda raqamlangan javoblar bir marta yoziladi.O’quvchilar bir nechta savolga javobni shu raqamlardagi javoblardan mosini tanlab belgilashadi.Bunda o’quvchilarda axborot bilan ishlash kompitensiyalari shakllantiriladi..
1.O’rta ichak epiteliysi. 2.Hazm bezlari. 3.O’pka epiteliysi. 4.Muskul to’qimasi. 5.Biriktiruvchi to’qima. 6.Yurak-qon tomir sistemasi. 7.Ayirish sistemasi. 8.Jabra epiteliysi.
1.Mezodermadan qanday organlar rivojlanadi?
A)1, 2, 3, 8 B)4, 5, 6, 7 D)1, 3, 5, 7 E)2, 4, 6, 8
2.Endodermadan qanday organlar rivojlanadi?
A)1, 2, 3, 8 B)4, 5, 6, 7 D)1, 3, 5, 7 E)2, 4, 6, 8
Qiziqarli malumotlar
Biologiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish