Biologiya 9Sinf Video Darslik

Biologiya 9Sinf Video Darslik

Bu usulda 1-qatorning ikki o’quvchisi juftlikda ishlab, savolga javob yozishadi. 2-qatorning ikki o’quvchisi juftlikda ishlab, savolning javobini tekshirib berishadi. 3-qatorning ikki o’quvchisi juftlikda ishlab javobni baholashadi.

все посты BIOLOGIYA (M.Orolov shaxsiy kanali)

Davomi: Inson tanasi har xil turdagi hujayralardan iborat bo’lib, ular o’ziga xos tarzda organlarni hosil qiluvchi, ular orasidagi bo’shliqni to’ldiradigan yoki tashqi qismini qoplaydigan to’qimalarga birlashtirilgan. Hujayralar ularning mexanik ta’minotini ta’minlaydigan va kimyoviy moddalarni tashishni amalga oshiradigan hujayralararo modda bilan o’ralgan. Ularning eng qisqa umr ko’radiganlari (1-2 kun) ichak epitelial hujayralaridir. Ushbu hujayralarning taxminan 70 milliardi har kuni nobud bo’ladi. Boshqa qisqa umr ko’radigan hujayralarga eritrotsitlar misol bo’la oladi – ularning 2 milliardga yaqini har kuni o’ladi. Ammo shunday hujayralar ham mavjud (masalan, neyronlar, skelet mushak tolalari hujayralari), ularning umr ko’rish davomiyligi organizmning hayotiga to’g’ri keladi. Manba:#bio_olam_kanali https://t.me/biologiya_biolog

Показать полностью .
247 135 54.22%
Скопировано!
#sitologiya Inson hujayrasining tuzilishi Manba:#bio_olam_kanali https://t.me/biologiya_biolog

file

247 135 54.22%
Скопировано!

#Кун_мотивацияси Ўзбекистон фуқароси биринчи марта IELTS 9.0 дан максимал балл олди Бекзод Мираҳмедов инглиз тилини билиш имтиҳонидан муваффақиятли ўтиб, 9 балли имкониятдан 9 балл тўплади. Қайд этиш керакки, бу Ўзбекистонда биринчи марта кузатилмоқда. https://t.me/biologiya_biolog

247 135 54.22%
Скопировано!

Hujayra markazi (sentriolasi) Hujayra markazi 2 ta silindr shakldagi kichik tanachalardan tashkil topgan boʻlib, ular bir-biriga nisbatan toʻgʻri burchak hosil qilib joylashadi va ular sentriola deyiladi. Har bir silindr 9 ta uchlik (triplet) bogʻlamdan iborat boʻlib, 2 ta silindrda 18 ta bogʻlam boʻladi. Har bir bogʻlam 3 ta mikronaychaning tripletidan tashkil topgan. Har bir slindirda 9 ta bogʻlam boʻlsa, 27 ta mikronaycha boʻladi. Demak 1 ta hujayra markazi 18 ta bogʻlam, 54 ta mikronaychadan iborat. Sentriola sitoplazmaning oʻzidan oʻzi koʻpayadigan organoidi hisoblanadi. Hujayra markazi hujayra boʻlinishida muhim ahamiyatga ega. Hujayraning boʻlinish vaqtida interfazaning G¹ davrida hujayrada sentriolalar soni 2 ta boʻladi. Sintez (S) davrida hujayra markazi 2 barobar ortadi va 4 ta sentriola paydo boʻladi. Bu vaqtda bogʻlamlar soni 36 ta, mikronaychalar soni esa 108 taga koʻpayadi. Bu esa hujayra boʻlinish jarayonida sentriolalar 2 qutbga tomon tarqalib boʻlinish urchugʻi shakllanishida va boʻlinish urchugʻi mikronaychalari qisqarishi natijasida xromasomalarni hujayra qutblariga tomon tortilishini taʼminlaydi. Manba:#fast_education_biology #QUIZ_TESTLAR_UZ https://t.me/biologiya_biolog

Показать полностью .
BIOLOGIYA (M.Orolov shaxsiy kanali)

BIOLOGIYAGA OID VIDEOLAR✔️ AUDIODARSLIK❌ QUIZ TESTLAR✔️ ️ MASALALAR ISHLANISHI✔️ QIZIQARLI MAʼLUMOTLAR✔️ FOYDALI POSTLAR✔️ DTM SAVOLLARI✔ Aloqa: @biologiya_biolog_bot

9 sinf biologiya video darslik

Biologiya 9Sinf Video Darslik

Аркадий Паровозов Спешит На Помощь Незнакомец На Улице Мультики Детям

Twinkle Twinkle Sentino

Lost Dreams Henri Poch

Ххахахахаахахах Лошара Ебаная Я Тебе В Кодык Срал

Alone Feat Joey Mmi Swattrex Svig Slem B

Aunque Es De Noche Rosalía

Cutting Pattern Step 1

Девченка Девченочка Тёмные Ночи

You Are Pearl Jam

Puggle Dj Cutman Rushjet1

Qora Hijob Haqida Shayx Sodiq Samarqandiy Hafizahulloh

Insane 1 Million Cash Code In Adventure Simulator All New Update 3 Codes Roblox

Tommy Berndtsson 50 Ways To Leave Your Lover

И Вот Рассвет Встречаем Мы В Парке Вдвоем Slowed

State To State Paul Wall

We Are Bulletproof The Eternal Bts

Ирина Романовская И Владимир Карачевский С Песней Лодочка

King Arthur Act 3 What Power Art Thou Bass Les Arts Florissants Petteri Salomaa William Christie

Bill Wyman S Rhythm Kings You Never Can Tell Live

Bes Mr Ethiopian

Butterfly Cover Jason 姚智鑫

Hell In The Club Devil On My Shoulder Null

I Am Back N H S Deno

Elephant Seal Colony Nature Sounds

Ян Гиллан Лучшее

Farhod Hakimov Muhabbat

Biologiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish

Bobonorova Zulayxo Qudratovnaning ish tajribasidan.Biologiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish.Umumta’lim maktablarining biologiya fani o’qituvchilari uchun uslubiy ko’rsatma. – Samarqand , 2015, 24 bet.
Tuzuvchilar: Z.Bobonorova -Samarqand shahar 14-umumta’lim maktab biologiya fan o`qituvchisi

N.Yunusova –Samarqand VXTXQTMOI

“ Tabiiy va aniq fanlar ta’limi” kafedrasi assistenti

Mas’ul muharrir: S.Yuldosheva-VXTXQTMOI “Til va adabiyot ta’limi” kafedrasi dotsenti
Taqrizchilar: Z.F.Xalimov-SamDU tabiiy fanlar fakulteti dotsenti
F.Batirova -VXTXQTMOI Tabiiy va aniq fanlar ta’limi kafedrasi katta o’qituvchisi
Quyida tavsiya etilayotgan qo’llanma biologiya fani o’qituvchilari foydalanishlari uchun mo’ljallangan.

Uslubiy korsatma institut imiy kengashining 2016-yil ……………… -sonli yig`ilish qarori bilan nashr etishga ijozat berilgan.
BOBONOROVA ZULAYXO QUDRATOVNA
Bobonorova Zulayxo Qudratovna 1981-yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tavallud topgan. Hozirda Samarqand shahar 14-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilariga biologiya fanidan dars berib kelmoqda.

Zulayxo Bobonorova izlanuvchan, intiluvchan, o’z ishiga sidqidildan yondashadi.O’qituvchining ish faoliyatidagi shiori – “Dars – muqaddas, uning bir daqiqasi ham qadrli, uni san’at asari darajasiga yetkazish lozim”.

Bugungi kun ta’limi o’qituvchilardan kompitentli bo’lishni talab qilar ekan, Z.Bobonorova ana shunday o’qituvchilardan biri. O’qituvchi darsda yangi pedagogik texnologiyalardan juda samarali va o’rinli foydalanadi. Darslarda ko’rgazma qurollar bilan bir qatorda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ham foydalanadi. Dars jarayonida o’qituvchi nazariy bilimlarni shunchaki tushuntirib emas, balki ko’rsatib, bajarib ko’rsatib, tirik tabiat ob’ektlarining o’zini ko’rsatib tushuntirib berishga harakat qiladi. O’qituvchi har bir darsni noan’anaviy usulda tashkil etib, o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishini yanada oshirishga harakat qiladi.Bundan tashqari o’qituvchi o’quvchilarning ijodiy izlanishiga ham alohida e’tibor qaratadi, qo’shimcha manbalar bilan ishlashga undaydi, o’quvchi shaxsining har bir harakatini ijobiy rag’batlantiradi. Z.Bobonorova shahar, viloyat miqyosida o’tkazib kelingan turli tanlov, tadbirlarda faol qatnashib keladi. Bir necha yillardan beri o’qituvchi Viloyat xalq ta’liml xodimlarini qayta taqyyorlash va ularning malakasini oshirish instituti biologiya kursi tinglovchilariga ochiq darslar, tadbirlar namoish etmoqda va me’yoriy hujjatlar bo’yicha o’z tavsiyalarini berib kelmoqda. Ish faoliyati davomida ko’plab shogirdlarga ustozlik qildi, o’z ustida tinmay izlanadi, ota-onalar va shogirdlar hurmatiga sazovor bo’ldi.

Taqdim etilayotgan bu uslubiy qo’llanmada biologiya darslarida qo’llaniladigan samarali interfaol usullar, tadbir va ochiq dars ishlanmalaridan namunalar keltirilgan bo’lib, bu jamlanma biologiya fani o’qituvchilari uchun xizmat qilsa ajab emas.

Yunusova N.A.

Samarqand VXTXQTMOI

Tabiiy va aniq fanlar ta’limi”

kafedrasi assistenti

BIOLOGIYA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

1.“Kamalak” usuli .

Bu usulni biror bob yoki bo’lim yuzasidan o’tkazish mumkin.Bunda birinchi ustindagi asosiy tushunchalar har xil ranglarda beriladi. Jadvalning qolgan qismlarida so’zlar aralash yozilgan bo’ladi. O’quvchilar ushbu tushunchalarni asosiy tushuncha ranglariga mos ranglarda ifodalahslari shart.Bunda jadval bo’yatiladi yoki yopishuvchi rangdor qog’ozlar to’plamidan foydalanib to’ldiriladi. Bu usulning afzalligi shundan iboratki, bir paytning o’zida 9 nafar o’quvchining bilimi sinab ko’riladi.

Bu usulni biror bob yoki bo’lim yuzasidan o’tkazish mumkin.Bunda o’quvchilar atama yoki biologiya faniga oid so’zning oxirgi harfiga keyingi so’zni bog’laydi.Masalan:

Amyoba-askarida-ayiq-qo’ng’iz-zigota va hokoza.
3.”Pochta qutisi”usuli.

Bu usulni guruhlarda ham, kichik juftliklarda ham qo’llash mumkin.Bunda o’quvchilarga turli mavzular yuzasidan aralash atama va tushunchalar aralash holatda beriladi. Pochta qutisi berilgandan so’ng o’quvchilarga quti ichidagi so’z yoki atamalarni mos tarzda ajratishi aytiladi.Masalan:

Tobulg’i, archa, vergin, savr, maymunjon, itsigak, bo’ritaroq, afsonak, yeryong’oq, talg’ir lola, qarag’ay, sarvi archa.

Bunda ochiq urug’li va yopiq urug’li o’simliklarni ajtaring deb topshriq beriladi. Topshiriqni bajarish uchun so’zlar soniga qarab vaqt beriladi.Bundan tashqari ikki oila o’rtasida(6-sinflarda), ikki sinfni , turkumni(7-sinflarda), ichki, tashqi, aralsh bezlarni, odam organizmidagi organlarni(8-sinflarda) bir biridan ajratib olishida ham qo’llash mumkin.

4.”Matn+test” usuli.

Bunda o’quvchilarga matn o’qib beriladi yoki ovozli moslama yordamida matn eshittiriladi. O’quvchilar diqqat bilan tinglaydi va quyida beriladigan testlarning yechimini topishadi.Bu usul orqali o’quvchilarning diqqat va xotirasi mustahkamlanadi.Bu usul butun sinf bilan ishlaganda qo’llanadi.

Bir tup o’simlik ildizining tukchalari bir-biriga ulab chiqilsa, uzunligi 20 kmga yetishi mumkin.Ildiz tukchalarining faoliyati 10-20 kun davom etadi.Ildizning po’st hujayralari tirik, yumaloq va yupqa qobiqli bo’ladi.Makkajo’xorining 1 mm 2 so’rish qismida 700 ta ildiz tukchalari bo’ladi.G’o’za nihollarining ildizi bir kecha kunduzda 2-3 sm o’sadi.

1.Bir tup o’simlik ildizining tukchalari bir-biriga ulab chiqilsa uzunligi qancha bo’ladi?

a)10 km b)20 sm d)20 km

2.Ildiz tukchalarining faoliyati necha kun davom etadi.

a)10-20 kun b)20-31 kun d)18-48 kun

3.Ildizning po’st hujayralari qanday tuzilgan?

a)o’lik, yumaloq, yupqa qobiqli

b)tirik, yumaloq, yupqa qobiqli

d)tirik, cho’ziq, qalin qobiqli

4.Makkajo’xorining 1mm 2 so’rish qismida qancha ildiz tukchalari bor?

a)700 ta b)500 ta d)300 ta

5.Go’za nihollarining ildizi bir kecha kunduzda qancha o’sadi?

a)5 sm b)10-20 sm d) 2-3 sm
5.”Ertak matn”usuli.

Ertak-matn usulida o’quvchilar diqqati oshadi.Sababi matn ichida noto’g’ri fikrlar, atamalar berilgan bo’ladi.To’g’ri javobni topish uchun o’quvchi matnni diqqat qilib tinglashi shart.

Bir bor ekan, bir yo’q ekan.O’zbekiston degan yurt bor ekan.Tabiati xushhavo, maydoni bisyor ekan.Ana shunday dalalardan biri Bilmasvoyning e’tiborini tortibdi.Bu dala ikki urug’pallali o’simlik bo’lgan bug’doy dalasi ekan.

-Boy, buning oltinday qovoq mevasini-ey-debdi.

Uzoq sayrdan so’ng Bilmasvoy taassurotlarini bobosiga quyidagicha so’zlab beribdi.

-Bobojon, oltin boshoq o’simlikni ko’rdim.Barglaridagi tomirlari to’rsimon ekan, ildizi uzun o’q ildiz bo’lsa kerak-a, bobo, siz bu o’simlikni taniysizmi?-so’rabdi Bilmasvoy.

Shunda bobosi Bilmasvoyga bilganlari haqida quyidagicha so’zlab beribdi.

Qani bolalar, siz nima deb o’ylaysiz, bobosi Bilmasvoyga nimalar haqida so’zlab berdi.

6.”Topib ko’rchi”usuli.

Bunda o’quvchilardan bir nafari doskaga chiqadi.Fanga oid rasmlardan birini doskadagi o’quvchi orqasidan o’tirganlarga ko’rsatadi.O’tirgan o’quvchilar shu rasmga tegishli tushunchalarni ayta boshlaydi.Doskadagi o’quvchi rasmda nima tasvirlanganligini topadi.

7. “Hayvonlar xaritasi”usuli

Bu usul hayvonlar yoki o’simliklarning tarqalish joylarini eslab qolishlari uchun qo’llaniladi.Bunda o’quvchilarga “xarita” va hayvonlar nomlari yozilgan varaqchalar beriladi.O’quvchilar hayvon yoki o’simliklarni ular taqalgan xududlarga joylashtirib chiqishadi.

Qora dengiz-lansetnik, ildizog’iz medusa

O’rta Osiyo, Kavkaz, Qrim-qoraqurt

Yaponiya –Tut ipak qurti

Zarafshon –mo’ylov baliq

8.”Masalalar yechish” usuli

Bu usulda o’quvchilarda matematik kompitensiyalar shakllantiriladi, masalalar yechimi topish yo’llarini izlashga undaydi, topqirlik va ziyraklini oshiradi.

1) 1 tup makkajo’xori yoz davomida 200 l, shirinmiya 600 l suvni bug’latishi hammaga ma’lum.1 gektar maydonda 40 tup makkajo’xori, 18 tur shirinmiya o’sgan bo’lsa, hammasi bo’lib qancha suv bug’latiladi?

1) 1 gektar maydonda tugunak bakteriyalar 200 kg azotni to’plasa, 11.000 kv.m maydonda qancha azot to’planadi?

2) Bir dona kungaboqar urug’i tarkibida 1 gr moy mavjud.1 kgmida 1000 dona kungaboqar bo’ladigan bo’lsa, undagi moyning miqdorini toping.

3) No’xat urug’i tarkibida oqsil ko’p bo’lishi ma’lum.Bitta no’xat tarkibida 2,5 gr oqsil bor.Yarim kgmida 5000 dona no’xat bo’lsa, undagi oqsil miqdorini hisoblang.

1)Tuyaqush tuxumining og’irligi 100 grammdan 1.5 kg gacha keladi.1 ta 30 talik feykaning 3/1 qismiga 100 gli, 3/1 qismiga 1 kg li, qolgan qismiga 1.5 kg li tuyaqush tuxumlari joylashtirilgan bo’lsa, fleykadagi jami tuyaqush tuxumlarining og’irligi qancha?

2)Ot sutemizuvchi hayvon.Undan bir kecha kunduzda o’rtacha 500 ml ter ajraladi.Ot yugurganda bu ko’rsatkich 1.5 baravar oshadi.Ot yugurganda ajraladigan ter necha ml?

3)500 ml ter tarkibida 10 ml tuz ajraladi deb faraz qilsak, ot yugurganda ajralgan terning terning tarkibida qancha tuz ajraladi?

1)Berilganlarni sonlarga aylantiring.

Nafas havosi + qo’shimcha havo +rezerv havo=o’pkaning tiriklik sig’imi

1)180 gr glyukozaning C, H, O atomlari orasidagi bog’larda to’plangan potensial energiya miqdori 2800 kj ga teng.540 gr glyukozaning C, H, O atomlari orasidagi bog’larda to’plangan potensial energiya miqdori qancha?

9. Zig-zag usuli

Bu usulda 1-qatorning ikki o’quvchisi juftlikda ishlab, savolga javob yozishadi. 2-qatorning ikki o’quvchisi juftlikda ishlab, savolning javobini tekshirib berishadi. 3-qatorning ikki o’quvchisi juftlikda ishlab javobni baholashadi.

Sutemizuvchilarning ter bezlari tana harorati doimiyligini saqlash bilan birga yana qanday vazifa bajaradi.
Bajaruvchi: ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
10. Shaxmat jadvali

Bunda o’quvchilar “oq” kataklarga “qora” kataklardagi belgi va xususiyatlarga tegishli javoblarni yozishadi.

11.”Bir savolda ikki test” usulida test sinovi

Bu usulda raqamlangan javoblar bir marta yoziladi.O’quvchilar bir nechta savolga javobni shu raqamlardagi javoblardan mosini tanlab belgilashadi.Bunda o’quvchilarda axborot bilan ishlash kompitensiyalari shakllantiriladi..

1.O’rta ichak epiteliysi. 2.Hazm bezlari. 3.O’pka epiteliysi. 4.Muskul to’qimasi. 5.Biriktiruvchi to’qima. 6.Yurak-qon tomir sistemasi. 7.Ayirish sistemasi. 8.Jabra epiteliysi.

1.Mezodermadan qanday organlar rivojlanadi?

A)1, 2, 3, 8 B)4, 5, 6, 7 D)1, 3, 5, 7 E)2, 4, 6, 8

2.Endodermadan qanday organlar rivojlanadi?

A)1, 2, 3, 8 B)4, 5, 6, 7 D)1, 3, 5, 7 E)2, 4, 6, 8

Qiziqarli malumotlar
Biologiya 9Sinf Video Darslik