BIOGIDROAKUSTIKA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BIOGIDROAKUSTIKA haqida malumot bilib oling.

BIOGIDROAKUSTIKA (bio…, gidro… va akustika,) biologik gidroakustika—suvdagi organizmlar chiqaradigan tovushlarni oʻrganadigan fan. B. 2-jahon urushida texnik gidroakustika (shovqin pelengatori, exolokatsiya va b.) vositalaridan koʻp foydalanish munosabati bilan vujudga kelgan. Koʻpchilik suv hayvonlari (baliklar, sut emizuvchilar va qisqichbaqasimonlar) tovush chiqaradi. Aksariyat baliqlar tovushi faqat ayni turga xos boʻladi. Shu asosda baliklarning turi va yoshini aniklash mumkin. Biogidroakustika maʼlumotlari kitsimonlar (kitlar va delfinlar)ning akustik organlarini oʻrganish uchun ham ancha muhim. Bu hayvonlarning oʻziga xos baʼzi xususiyatlari, chunonchi gidroakustik impulyelar yuborish va qabul qilish yoʻli b-n oʻzlariga oziq boʻladigan narsalarni topishi yoki xavfdan qochishi Biogidroakustika yordamida aniqlangan.

Ensiklopediya.uz
BIOGIDROAKUSTIKA