BIMETALLIZM haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BIMETALLIZM haqida malumot bilib oling.

BIMETALLIZMqiymat oʻlchovi (qonunlashtirilgap umumiy ekvivalent) vazifasini 2 nodir metall — oltin va kumush bajaradigan pul tizimi hamda shu ikki metalldan zarb qilingan tangalarning mamlakatda muomalada yurishi. Bimetallizm 16 — 19-a. larda Gʻarbiy Yevropada keng tarqalgan edi. Bimetallizmning 2 shakli mavjud boʻlgan. Bular:

1) oltin tangalar bilan kumush tangalarning birbiriga nisbati bozor qiymatiga qarab stixiyali ravishda belgilanadigan parallel valyuta. tizimi;

2) ikki metall qiymatlari oʻrtasidagi nisbat davlat tomonidan belgilanadigan qoʻsh valyuta tizimi. B. sharoitida qogʻoz pullar emissiya muassasalari xohishi b-n yo oltinga, yoki kumushga maydalangan, shuning uchun mamlakatning valyuta zaxirasi 2 metalldan iborat boʻlgan. Qoʻqon, Buxoro va Xiva xonliklaridagi pul tizimi Bimetallizmdan ham murakkabroq boʻlib, muomalada 2 emas, balki 3 metall: oltin («tilla»), kumush («tanga») va mis («pul») yurgan. Ularning qiymatlari oʻrtasidagi nisbat iktisodiy va siyosiy sabablar tufayli doimo oʻzgarib turgan. Bu esa tovar-pul munosabatlarini juda qiyinlashtirgan. Zotan Bimetallizm ham, muomalada 3 metall yurishi ham pulning umumiy yagona muqobil sifatidagi tabiatiga zid edi. Taraqqiy etgan mamlakatlar 19-a. oxirlariga kelib monometallizm (oltin) ga asoslangan pul tizimiga birinketin oʻtdilar. 20-a. ning 60-y. lar oxiridan qogʻoz pullarning oltin taʼminoti bekor qilinishi bilan monometallizm ham oʻz ahamiyatini yoʻqotdi.

Ensiklopediya.uz
BIMETALLIZM