Bilim haqida
Bilim haqida
DO`STLARGA ULASHING:
Yaxshi yashamoq uchun yaxshi ishlamoq zarur, shu zaminda dadil turmoq uchun ko‘p bilmoqlik darkor.
M. GORKIYBilimdan qudratliroq kuch yo‘q; bilim bilan qurollangan odam yengilmasdir.
M. GORKIYInson qanchalik ko‘p bilsa, u shu qadar kuchli.
M. GORKIYSiviliatsiya tarixini olti so‘z bilan ifodalash mumkin: qancha ko‘p bilsang, shuncha ko‘p qodirsan.
E. ABUBilimga intilish tuyg‘usidan ko‘ra tabiiyroq tuyg‘u bo‘lmasa kerak….
M. MONTEN
Bilim, faqat bilimgina insonni ozod va ulug‘vor qiladi.
D. I. PISAREVNarsalar qanday bo‘lmog‘i lozimligini bilish aqlli odamga xosdir; narsalarning haqiqatda qandayligini bilish tajribali odamga xos; narsalarni yanada takomillashtirishni bi-lish buyuk odamga xos.
D. DIDROSizni ulug‘likka undaydigan hech bir narsaga e’tiborsiz bo‘lmang.
STENDALBizning ishimiz — o‘qish va o‘qish, imkoni boricha ko‘proq bilimga ega bo‘lish uchun intilishdir, chunki jiddiy ijtimoiy yo‘nalishlar — bilim bor yerda, insoniyatning istiqbol baxti ham faqat bilimdadir.
A. P. ChEXOVAqlli, bilimli odamlar kerak; insoniyat porloq hayotga yaqinlasha borgan sayin, bunday odamlar aksariyatni tashkil etmaguniga qadar, ularning soni ko‘payib boraveradi.
A. P. ChEXOVHar kim otasi va bobosi ko‘rgan va bilganiga qaraganda ko‘proq ko‘rish va bilishga intilmog‘i lozim.
A. P. ChEXOVBilmaganni so‘rab o‘rgangan — olim,
Orlanib so‘ramagan — o‘ziga zolim.
A. NAVOIYOz-ozdan o‘rganib dono bo‘lur,
Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur.
A. NAVOIYYigitlikda yig‘ ilmning maxzani.
Qarilik chog‘i xarj qilgil ani.
A. NAVOIYO‘qish, o‘rganishda mardi maydon bo‘l! Sening qadr-qimmating — o‘z imkoniyatlaringdan to‘la foydalanib o‘qishingda. Er kishining izzat, sha’ni — tekinxo‘r, hamtovoq bo‘lmaslikda. Fikr yalqovligidan hazar qil!
V. A. SUXOMLINSKIYBilim — kuch, kuch esa bilimdadir.
F. BEKONBilim va qudrat — ikkovi egizak.
F. BEKONEng dovyurak odam ham toki unda qat’iy e’tiqod yo‘q ekan, nomardga aylanishi mumkin.
E. DELAKRUABilim — barcha kulfatlarga qalqon.
A. RUDAKIYBilim shunday kuchki, bu kuchga bizni qurshab turgan tabiat inerniyasi qarshi turolmaganidek, eng tosh qotgan yanglishishlar ham dosh berolmaydi.
A. I. GERSENOdamlar mehnati bilan yaratilgan, fanda jamlangan bilim tobora o‘sib, teranlashib, beqiyos tig‘nz bo‘lib bormoqda va bizning bilish qobiliyatimiz, njodiy quvvatimizning benihoya yuksalishi uchun tayanch xizmatini o‘tamoqda.
M. GORKIYInsonga bilimning zarurligini uqtirish, unga ko‘rishning ahamiyatini uqtirish bilan baravardir.
M. GORKIYRuhiyat ham tana singari muttasil ozuqlanishsiz yashay olmaslik qonuni izmidadir.
L. VOVENARGBilim — biz yashayotgan dunyoning mutlaq qimmatli boyligi. O‘qimoq zarur, bilmoq zarur. Bilib bo‘lmaydigan narsa yo‘q, biz bilib olinmagan narsalar xususidagina gap yuritishimiz mumkin.
M. GORKIYBilganlarimizning cheki bor, bilolmagan narsalarimizning esa had-chegarasi yo‘q.
LAPLASIlmdan bir shu’la dilga tushgan on
Shunda bilursankim, ilm bepoyon.
A. FIRDAVSIYBilim manbai behad: insoniyat bu yo‘lda qanchalik yutuqlarga erishmasin, barcha odamlarning izlanishi, kashfi va bilimi uchun o‘rin topiladi.
I. A. GONChAROVInson tushunib bo‘lmaydigan narsalarni ham tushunish mumkinligiga inonmog‘i lozim: aks holda, u bular haqida fikr yuritmay qo‘ygan bo‘lur edi.
I. GYoTEUmrning butun ma’nosi mavhumlikni to‘xtovsiz zabt etish, tobora va hamisha ko‘proq bilishga intilishdir.
E. ZOLYaInson dunyoni qanchalik bilsa, o‘zligini ham shunchalik anglaydn.
I. GYoTESiz nimani tushunmasangiz, u sizga begona.
I. GYoTEBilimsizlikdan hech qachon maqtanmaslik kerak: bilimsizlik — ojizlik.
N. G. ChERNIShEVSKIYBilimsizlik — kulfatdan qutulishning yomon vositasi.
SENEKABilmaslik — ulg‘aymaslik, harakatsizlik bilan baravar.
M. GORKIYBilim insonga hamma yo‘lida hamrohdir.
D. GURAMIShVILIO‘z turmushini yaxshilash ehtiyoji aqliy mehnatga intilish zaruriyatini tug‘diradi.
N. G. ChERNIShEVSKIYBilimga eltuvchi yagona yo‘l, bu — faoliyatdir.
B. ShOUInson bilimga intiladi va qachonki unda bilimga tashnalik so‘nsa, u insoniylikdan mahrum bo‘ladi.
F. NANSENNarsalarga qiziqishing yo‘qolsa, xotiringdan ham ayrilasan.
I. GYoTEHar qanday bilim bizni g‘ayratga undagan taqdirdagina qimmatlidir.
I. ETVESziyouz.uz
Bilim haqida