BILGA XOQON BITIKTOSHI haqida malumot bilib oling.
BILGA XOQON BITIKTOSHI — marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi. Bilga xoqon sharafiga qoʻyilgan (735-y.). Ulan Batordan 400 km jan. dagi Qorabalgʻasun sh. ning xarobalaridan taxm. 40 km shim. da joylashgan. Boʻyi 3 m 45 sm, eni 1 m 74 sm, kalinligi 72 sm. Bilga xoqon bitiktoshi 80 satrdan iborat: 41 satri toshning yuz tomoniga, 15 satrdan 30 satr ikki yon tomoniga, 7 satr orqa tomoniga, 2 satr toshning tarashlangan 2 qirrasiga yozilgan. Mazkur bitiktoshni Kultegin bitiktoshi bilan birga 1889-y. rus olimi N. M. Yadrinsev Moʻgʻulistonning Kosho Saydam vodiysida Koʻkshin Urxun daryosi boʻyidan topgan. Yodgorlik matni nemis, fransuz, dan, ingliz, rus tillariga tarjima qilingan, turk va uzbek tillarida tavsif etilgan.
Ad.: Malov S. Ye., Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti, M., 1951; Abdurahmonov F., Rustamov A., Qadimgi turkiy til, T., 1982.
Ensiklopediya.uz
BILGA XOQON BITIKTOSHI