BIDL haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BIDL haqida malumot bilib oling.

BIDL (Beadle) Jorj Uels (1903 1989) — amerikalik genetik. Sitologiya va genetika, shuningdek metabolizmning genetik nazorati, irsiyatning fizik va kimyoviy asoslari sohasida tadqiqotlar olib borgan, genlarning tabiati va funksiyalarini har tomonlama oʻrgangan. «Bir gen — bir ferment» konsepsiyasining mualliflaridan biri (har bir gen fakat bitta ferment sinteziga javob beradi, 1941). Nobel mukofoti laureati (1958; E. Teytem bilan hamkorlikda).

Ensiklopediya.uz
BIDL