BIBIXONIM MADRASASI haqida malumot bilib oling.
BIBIXONIM MADRASASI — Amir Temurning katta xotini Bibixonim (Saroymulk xonim) «oʻz onasi sharafi»ga (Klavixo) 14-a. oxirida Samarqandda qurdirgan Madrasa. Sayyoh, olim A. Vamberi taʼkidlashicha, bu madrasada 1000 ga yaqin talaba oʻqigan.
Bibixonim madrasasi Bibixonim jome mayejidinint kirish peshtogʻi qarshisida joylashgan. Lekin jome mayejididan oldin qurilgan. Saroy tarixchisi Gʻiyosiddin Alining «Amir Temur 1399-y. 10-mayda madrasada toʻxtab oʻtganligi» haqidagi maʼlumoti shundan dalolat beradi. Tarixnavis Fasih Havofiy (1375 — 1442) taʼkidlashicha, Amir Temur jome masjidi qurilishini kelib koʻrarkan, meʼmoriy majmuada mutanosiblik buzilganligi—Madrasa peshtogʻi va ayvoni jome mayejidga nisbatan balandroq va qiyaroq boʻlib qolganligi uchun dargʻazab boʻladi va meʼmorlar (Xoja Mahmud Dovud va Muhammad Jald)ni jazoladi. Arxeologik qazishlar ham shu nomutanosiblikni tasdiqlaydi. Bino peshtogʻi qanchalik mahobatli boʻlmasin, uning qarshisidagi binoga monand emasligi koʻzga tashlanib qolgan. Meʼmoriy uslub talabiga koʻra, nomaqbul tushgan Madrasa peshtogʻi buzib tashlashga mahkum boʻldi. Shuning uchun ham keyingi ayerlarda Madrasa qoldiqlari buzib tashlandi.
Bibixonim madrasasi yonida unga «qoʻsh» uslubda Tuman ogo xonaqohi qurilgan. Tarixiy manbalar bu xonaqoh ham 1399-y. dan oldin bunyod etilganligi haqida maʼlumot beradi. Chortokli keng xonaqoh, tepasi baland gumbaz bilan bogʻlangan. Devorlariga manzara naqshin gullar, serhasham bezaklar ishlangan. 4 tarafidagi keng derazalar—tobadonlar va eshiklar orqali xonaqoh juda yaxshi yoritilgan. Ostidagi tagxona—sardoba esa kichikroq boʻlib, devorlari yirik kulrang toshtaxtalar bilan bezatilgan. Tagxonada bir necha tosh tobutlar saqlangan. 1875-y. zilzilasi natijasida tagxona gumbazchasi oʻpirilib, pastda toshtobutlar borligi maʼlum boʻldi. Shu vaqgdan boshlab aholi orasida bu tobutlardan biri Bibixonimga tegishli degan ovoza tarkaldi. 1941-y. da oʻtkazilgan arxeologik tadqiqotlar goʻyo bu rivoyatni tasdiklagandek boʻldi. Shu sababli yaqingacha ushbu xonaqoh Bibixonim maqbarasi deb yuritilgan.
Keyingi tadqiqotlar bu muammoga aniklik kiritdi. Bibixonim (Saroymulk xonim) Amir Temur vafotidan keyingi boʻhron yillarida zaharlab oʻldirilgan. Bu binodagi ayol jasadi esa moʻmiyolangan (demak, uzoq joydan keltirilgan) va antropolog aniqlashicha, oʻrta yoshlardagi, sochlari qora va jingalak qandaydir boshqa ayol ekan.
Tuman ogʻo xonaqohi Amir Temur tavalludining 660-yilligi munosabati b-n 1996-y. da taʼmir etilgan.
Ad.: Zohi dov P., Temur davrining meʼmoriy qahkashoni. T., 1996.
Ensiklopediya.uz
BIBIXONIM MADRASASI