Bezovta yurak to’liq malumot oling

Bezovta yurak to’liq malumot oling

Jazirama. Kun lovullab yonmoqda. Mening yuragim ham xuddi quyosh kabi butun tanamni kuydirmoqda. Uni ovutishga qancha urinmay, so’zimga quloq solmaydi.

Tun. Shaharda goh-gohida mashinalarni ovozi eshitilmasa, jimjitlik. Yuragim yana ko’ksimni yorib chiqquday uradi.

Yuragim, ayt, sen nimadan bezovtasan, nimadan bunchalar xijilsan? Atrof qop-qorong’i. Odamlar rohatbaxsh uyquda. Faqat men yuragimni tinchlantira olmayman. Uni tonggacha ovutdim, ammo yig’lashdan to’xtamaydi…

Subhidam. Hali-zamon bezovta yurak. Ayt, seni nima qilay? Axir men bu dunyoda sen bilan hayotman. Agar meni tark etsang, yashashimda ne ma’no? Yuragim, yomon kimsalar so’zlaridan yiroq yur, ularga e’tibor berma. Ikkalamiz bir bo’lib orzularimiz maskaniga yetamiz, manzil esa yaqin. Kurashdan tolmay, taslim bo’lmasdan armonlar ildiziga bolta urishimiz lozim. Ana o’shanda bizdan baxtiyor odam topilmaydi bu yorug’ olamda. Buning uchun esa ikkimiz birdek kurashishimiz darkor.

Tong. Yuragim orzular og’ushida yostiqqa bosh qo’ydi…

Hikoyalar
Bezovta yurak