Bezorilik to’liq malumot oling

Bezorilik to’liq malumot oling

bezorilik 1

Mayda bezorilik, ya’ni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik — jarima solishga yoki ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Bezorilik — jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga engil shikast etkazish yoki o‘zganing mulkiga shikast etkazish yoxud nobud qilish ancha zarar etkazish bilan bog‘liq holda sodir etilsa — jarima yoki majburiy jamoat ishlari yoxud axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Bezorilik:
badanga o‘rtacha og‘ir shikast etkazib:
bir guruh shaxslar tomonidan;
sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast etkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoxud qo‘llab;
o‘z mazmuniga ko‘ra umum e’tirof etgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi o‘taketgan behayolik bilan;
yosh bola, qariya, nogiron yoki ojiz ahvoldagi shaxslarni xo‘rlab;
ko‘p miqdorda zarar etkazib, birovning mulkini nobud qilib yoki unga shikast etkazib sodir etilgan bo‘lsa, 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Agarda bezorilik:
takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
o‘qotar qurolni namoyish qilib, uni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoki qo‘llab;
ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan vaqtda;
jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etilgan bo‘lsa, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan havolada tanishing.

Foydali Maslahatlar
BEZORILIK